Fan bo’yicha bilim, ko’nikma va malakaga qo’yiladigan talablar.
Yosh fiziologiyasi va gigiyena o’quv fanini o’zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida bakalavr yosh fiziologiyasi va gigiyena fanining asoslarini mukammal bilishlari, yosh organizmning tuzilishi, ishlashi, funksiyalari, o’sish va rivojlanish qonuniyatlari, yosh organizmning o’ziga xos xususiyatlari, yosh avlodni sog’lom, har tomonlama barkamol va etuk shaxs qilib tarbiyalash masalalarini chuqur anglab etmog’i va uning mohiyatini to’la tushunib olishi lozim.
- talaba yosh organizmning tuzilishi, ishlashi, funksiyalari, o’sish va rivojlanish qonuniyatlari, yosh organizmning o’ziga xos xususiyatlarini to’la o’rganishi, yosh fiziologiyasi va gigiyena fanida hozirgi kunda qo’llaniladigan zamonaviy tadqiqot uslublarini bilishi va ulardan foydalana olish ko’nikmalariga ega bo’lishi kerak.
- talaba yosh avlodning sihat-salomatligini muhofaza qilish, yosh avlodni har tomonlama sog’lom va barkamol, etuk shaxs qilib tarbiyalash masalalarini o’rganishi va tahlil qilishi, bu muammoning yechimlarini amalda qo’llash malakalariga ega bo’lish lozim.
Fanning o’quv rejadagi boshqa fanlar bilan o’zaro bog’liqligi va uslubiy jihatdan uzviy ketma-ketligi.
Yosh fiziologiyasi va gigiyena fani matematik va tabiiy-ilmiy fanlar blokiga kirib, u barcha yo’nalishlarda I-semestrda o’qitiladi. Bu fan o‘z oldiga qo‘ygan vazifalari nuqtai nazaridan tabiiy va ijtimoiy fanlar bilan o‘zaro bog‘liqdir. Organizmning o‘sish va rivojlanishi, organlarda kechayotgan funksional jarayonlarni o‘rganishda tabiiy fanlar usullaridan, asbob va materiallardan atroflicha foydalanadi. Organizmga tashqi muhitni ta’sirini o‘rganishda tabiiy fanlar yutuqlariga tayanadi.
Yosh fiziologiyasi va gigiyena fani pedagogika, psixologiya, biologik fanlardan anatomiya, gistologiya, odam va hayvonlar fiziologiyasi va ayniqsa, tibbiyot fanlari usulladiran atroflicha foydalanadi va ular bilan chambarchas bog’liq holda ish ko’radi.
Do'stlaringiz bilan baham: |