Kafedrasining yig’ilishi qarori №__ _____2022 yil
Fiziologiya kafedrasi mudiri: dots.I.Cho’liyev
Fakultet kengashi qarori №__ _____2022 yil
Fakultet kengashi raisi: _____L.Kamolov
Unversitet kengashi qarori №__ _____2022 yil
Unversitet O’UBB _____P.Qurbonov
Kirish
Ushbu dastur Yosh fiziologiyasi va gigiyena fani predmeti, tarixi, maqsadi va vazifalari, fanning tadqiqot uslublari, yosh fiziologiyasi va gigiyena fanining biologik va boshqa fanlar bilan o’zaro bog’liqligi, hozirgi zamon yosh fiziologiyasi va gigiyena fanining asosiy metodologik aspektlari, fanning ishlab chiqarishdagi muammolarni yechishdagi o’rni, fanning nazorat turlari va baholash mezonlari, yosh fiziologiyasi va gigiyena fanining Filologoya va tillarni o’qitish (nemis, fransuz, ingliz tili, Xorijiy til va adabiyoti) yo’nalishidagi bakalavr mutaxassislar tayyorlashdagi o’rni kabi masalalarni qamrab oladi.
O’quv fanining maqsadi va vazifalari.
Yosh fiziologiyasi va gigiyena – odam va hayvonlar fiziologiyasi fanining ajralmas bir qismi bo‘lib, organizmning ontogenetik taraqqiyoti turli davrlaridagi fiziologik jarayonlarni u yashab turgan sharoitga bog‘lab o‘rganadigan fan hisoblanadi. Bu fan yosh organizmning umumiy tuzilishi va asosan funksiyalari, o’sish va rivojlanish qonuniyatlari, yosh organizmning o’ziga xos xususiyatlarini o’rganadi va talabalarga bu boradagi tushuncha va tasavvurlarni hosil qilishda muhim o’rin tutadi.
Shuningdek, maktab gigiyenasi – maktab, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun tegishli gigiyenik talab va me’yorlarni o‘rganadi, shu yo’l bilan yosh organizmning sog‘lig‘ini himoya qilishga yordam beradi. Ta’lim-tarbiya jarayonini sifat jihatidan rivojlantirishiga yaqindan ko’maklashadi.
Yosh fiziologiyasi va gigiyena fanini o’rganishdan maqsad – yosh avlodning sihat-salomatligini muhofaza qilish, yosh avlodni har tomonlama sog’lom va barkamol, etuk shaxs qilib tarbiyalash masalalarini biologik nuqtai-nazardan o’rganish va tahlil qilish.
Do'stlaringiz bilan baham: |