Yosh fiziologiyasi va gigiyena
Download 1.36 Mb.
|
Ёш ФГ УУМ 2022.doc.yangi
Tayanch tushunchalar
Analizator, rangdor parda, tur parda, gavxar, kuz akkomodatsiyasi, yaqindan va uzoqdan kurish, nogora pardasi, uzangi, sandon, bolg’acha, yevstaxiy nayi, yarim aylana kanallar, skelet, muskul, umurtqa pog’onasi, skolioz, jismoniy charchash Tashqi dunyodan ta‘sirotlarni, qabul qiluvchi organlarga sezgi organlari deb ataladi. Oliy nerv faoliyatini o’rganish mobaynida analizatorlar xaqida tasavvurlar vujudga kelgan. I.P.Pavlov ta‘limoticha analizatorlar uch, qismdan: analizatorlarning retseptor qismi, o’tkazuvchi qism; markaziy yoki markaziy qismdan tashkil topgan yagona funksional sistemadir. Bosh miya yarim sharlari po’stlog’ida har bir analizatorning oliy markazi joylashgan bo’ladi. Pereferik qism - ma‘lum turdagi ta‘sirlovchilarni qabul qiladi. O’tkazuvchi qism qo’zg’alishlarni markaziy nerv sistemasiga o’tkazadi. Retseptorlar turli xil bo’ladi: fotoretseptorlar, termoretseptorlar, mexanoretseptorlar. Analizatorlarga: 1.Teri analizatorlari. 2. Hid bilish analizatorlari. 3. Eshitish analizatori. 4. Ko’rish analizatori. 5. Maza bilish apalizatori. Har bir organ ma‘lum ta‘sirotni qabul qiladi. Teri analizatorlari. Tashqi dunyoni sezishda teri analizatori muhim rol o’ynaydi. Terida taktil, og’riq va temperatura ta‘sirotlarini qabul qilib oluvchi retseptorlar joylashgan. Teri analizatorining nerv markazi bosh miya yarim sharlar po’stlog’ining orqa markaziy chukurligida joylashgan bo’ladi. Teri sezgisi: og’riq, issiq, sovuq, tegish va bosim turlariga bo’linadi. Taktil sezgisi tegish va bosim sezgilaridir. Taktil retseptorlari barmoq uchlarida, kaftning ichki yuzasida, oyoq panjasi tagida, tilning uchida ko’proq joylashgan. Terida xammasi bo’lib 500.000 retseptorlar bor. Yangi tug’ilgan bolalarda taktil sezgisi yaxshi rivojlangan. Ularda va ko’krak yoshidagi bolalarda og’iz, ko’z, lab, kaftning ichki yuzasi, oyoq tagi sezgirroq bo’ladi. Odamning 35-40 yoshida sezgirligi eng yuqori bo’lib, so’ng kamaya boradi. Teridagi temperatura o’zgarishlari ikki xil retseptorlar bilan qabul qilinadi. Terida sovuqni sezuvchi retseptorlarga nisbatan issiqni sezuvchi retseptorlar ko’proq joylashgan.Xar bir kv.sm. teri sathida o’rtacha 6-23 ta sovuqni sezuvchi retseptorlar va 30 ta issiqni sezuvchi retseptorlar joylashgan. Temperatura o’zgarishlarini qabul qiluvchi retseptorlarning umumiy soni 280.000 bo’lib, bulardan 30.000 issiq 250.000 sovuq ta‘sirotlardan qo’zg’aladi. Tananing ochiq qismlari (yuz, buyin, qo’l barmoqlari) sovuqqa tananing berkitilgan qismlariga nisbatan kam sezgirroq bo’ladi. Yangi tug’ilgan bolaning temperatura sezgirligi yaxshi taraqqiy etgan. Terining xar bir, 1m kv. sm. ga og’riqni sezuvchi 100 ta retseptor to’g’ri keladi. Yangi tug’ilgan bola turli mexanik tasirlar – nina bilan ukol qilish, chimchilash kabi tasurotlarga yaxshi javob reaktsiyasini beradi. Ta‘m bilish analizatorlari. Og’iz bushlig’idagi shilliq qavatning epiteliyasida yumaloq yoki ovil shaklidagi ta‘m sezish piyozchalari joylashgan. Xar bir piyozchada 2-6 ta ta‘m bilish hujayralari o’rnashgan. Katta odamda piyozchalarning umumiy soni 9 minggacha boradi. Ta‘m bilish piyozchalari tilning shilliq qavatidagi surg’ichlarda joylashgan. Xar bir tam bilish piyozchasidan ikki-uch nerv tolalaridan markazga intiluvchi impulslar o’tadi. Tilda shirin, achchiq nordon va shurni sezuvchi ta‘m bilish analizatorlari joylashgan. Shiringa tilning uchi, achchiqqa asosi, nordonga ikki yon kismi shurga uchi va asosi sezgir bo’ladi. Sho’r uchun 0,12 sek., achchiq uchun 0,22 sek. vaqt ketadi. Bolaning 9—10 kunlaridan boshlab shirin modda-larga adekvat reaktsiya vujudga keladi. Bola 4 oyligidan boshlab shakar va tuzni tuyingan yoki tuyinmaganligini ajrata oladi. Masalan, 0,4% osh tuzini 0,2% lidan, 2% qand eritmasini 1% lidan farq qiladi. Bolaning bir yoshidan olti yoshigacha ta‘m bilish retseptorlarining sezgirligi ortib boradi. Hid bilish analizatori. Turli moddalarning xid burunning yuqori chig’anoqlarining o’rta qismi va burun tusig’ining shilliq pardasidagi maxsus retseptorlar yordamida bilinadi . Shilliq pardadagi usiklar xidlov nervini hosil qiladi. Odamda xid biluvchi nerv xo’jayralari 60 mil. ortiq. Xid sezgisi nihoyatda utkir va nozik hisoblanadi. Bir litr havoda 1:100000 gramm efir bo’lganda odam uning hidini sezadi. Yangi tug’ilgan bola ba‘zi bir noxush xidlarga nisbatan yuz mimikasini o’zgartirish, nafas olish va pulsning o’zgarishi bilan javob beradi. Hidlarni to’lik ajrata olish 4 oylikdan boshlanadi. Download 1.36 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling