Yosh fiziologiyasi va gigiyena


Download 1.36 Mb.
bet23/86
Sana09.06.2023
Hajmi1.36 Mb.
#1473292
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   86
Bog'liq
Ёш ФГ УУМ 2022.doc.yangi

Ranglarni sezish. Ko’z balan ko’riladigan narsalarning hammasi ranglidir. Narsalarning turli uzunlikdagi yorug’lik to’lqinlarini yutishiga yoki aks etishiga qarab, ularning rangini sezamiz. Spektrda 7 xil rang bo’lib, bularning orasida juda ko’p oraliq ranglar bor. Bizning ko’zimiz 200 ga yakin oralik rangni ajratadi. Spektrdagi hammasi to’lqinlarning aks etishi oq rang sezgisini keltirib chiqaradi, narsa hamma ranglarni yutganda esa, qora rangli bo’lib ko’rinadi. Tur pardaning rang sezuvchi xujayralari kolbochkalardir. Bular 6-7 mln. bo’lib, kunduzi ko’radi. Tayoqchalar narsaning rangini sezmaydi, ular faqat kechasi va g’ira-shirada qo’zg’aladi. Shuning uchun kechasi narsalar bir hilda qo’l rang bo’lib ko’rinadi. Ranglarni- sezmaslikni birinchi bo’lib Dalton, aniqlagani uchun bu kasallikni Daltonizm kasalligi deb ataladi. Tur pardada kolbochkalar qizil, yashil va ko’k ranglarni, qabul qiladi. Bu uchta rang asosiy deb ataladi. Ikki ko’z bilan ko’rish charchashni kamaytiradi chunki narsani turli- nuqtalari bir gruppa retseptorlar yordamida kuriladi, shu vaqtda bioximik reaktsiya qayta tiklanadi. Narsalarni ikki ko’z bilan ko’rish bir ko’z bilan ko’rish
maydoniga nisbatan kengroq bo’ladi. Iqki ko’z bilan ko’rishda ko’zning o’tkirligi ortadi.
Kishi ikki ko’z bilan ko’rganda, qaralayotgan narsaning tasviri har bir kuzning tur pardasiga tushadi. odam ko’zining ko’rish o’tkirligini o’lchash uchun maxsus tablitsadan foydalaniladi. Bu tablitsalarda harflar yoki boshqa belgilar bo’ladi.
Bolalarning ko’zi katta odamning ko’z tuzilishidan farq qiladi. Bolalarda ko’z kosa chuqurligi va ko’z soqqasi tanasiga nisbatan kattalarga qaraganda kattaroq bo’ladi. Sklera va tomirli pardalar yupqarok shox parda esa qalinroq bo’ladi. Ko’z soqqasi bola hayotining birinchi yilida bir muncha tez usadi, so’ngra o’sishi sekinlashib boradi. Yangi tug’ilgan bala ko’zi qisqa vaqtda ochiladi, qovoqlarning kelishilgan harakati bolaning bir oyligidan boshlanadi, bolaning 2 oyligidan esa ko’z soqqasi turli predmetlarga va yorug’likka nisbatan xarakatlanadi. 2 oylikdan boshlab yaltiroq narsalarga qaray boshlaydi. Ko’zning koordinatsiyalashgan xarakati mashq qilish gufayli bolaning 6 oyligidan yoki 1 yoshidan boshlanadi. Ko’rish analizatorining avval pereferik so’ng markaziy qismi taraqqiy etadi. Yangi tug’ilgan bolaning ko’ruv nervi tolalari kam differentsiyalashgan bo’ladi. Ko’ruv nervining mielinlashuvi bolaning 11,5 yoshigacha davom etadi.
Bolalardagi yaqindan va uzoqdan kurish, yaxshi ko’raolmaslik kasalligi har xil sabablarga ko’ra paydo bo’ladi. Maktab yoshigacha bo’lgan bolalarda uzoqdan ko’rish kasalligi, maktab yoshidagi bolalarda esa yaqindan ko’rish kasalligi uchraydi. Bu kasallik yotib o’qish, yorug’likning kam bo’lishi tufayli vujudga keladi. Chunki sistematik ravishda yotib o’qishda, ko’zga qon tulishi ortadi, bosim ko’tariladi, fokus raligi o’zgaradi. Bu kasallikning oldini olish uchun sinf xonalari, sinf doskasi, partalar, stollar yaxshi yoritilishi, darsliklar aniq shriftda bo’lishi, tug’ri yozish, o’qish va yozishda har soatdan so’ng 15-20 minut tanaffus bo’lishi, darsliklarning umumiy sonini kamaytirish va boshqa gigienik qoidalarga amal qilish kerak.
Narsalarning qog’ozdagi tasvirini anglash, bolaning 3-4 oyida vujudga keladi. Bolalarda ranglarni sezish asta-sekii taraqqiy etadi. Avval sariq rangga nnsbatan sezish shakllanadi. Yashil, ko’k ranglarning sezish chegarasi 12-13 yoshgacha davom etadi. Bog’cha bolalari narsani avval shakliga, so’ng o’lchamiga oxiri rangiga ahamiyat beradi. Rang ajratish qobilyati 25 yoshgacha ortib boradi. Qiz bolalarda rang ajratish qobiliyati o’g’il bolalarga nisbatan yaxshi rivojlangan bo’ladi. Ko’rish o’tkirligi bolalarda kattalarga nisbatan yuqori bo’ladi. Kitob bilan ko’z orasi 30-35 sm dan kam bo’lmasligi kerak.
Eshitish analizatori.
Eshituv organi tovushlarni eshitish va muvozanat funktsiyasini bajaradi. Eshitish analizatori 3 qismga- tashqi, o’rta va ichki qismga bo’linadi. Tashqi quloq, quloq suprasi va tashqi eshituv yo’lidan iborat. Quloq suprasi tovushni tutish va yunalishini bilishga xizmat qiladi.
Tashqi eshituv yo’lining uzunligi 2,5 sm. Eshituv yo’li devorchalarida maxsus bezchalar bo’lib ular yopishqoq moddani ishlab chiqaradi. Tashqi quloq bilan o’rta quloq o’rtasida 0,1 mm qalinlikdagi nog’ora parda joylashgan. Uning shakli ovalsimon, bo’lib elastikdir. Nog’ora parda xavo to’lqinlarining ta‘sirida tebranib bu tebranish eshituv suyakchalari yordamida o’rta quloqqa o’tkaziladi. O’rta quloq nog’ora bo’shlig’idan, eshituv suyakchalaridan ya‘ni-bolg’acha, sandon va uzangi va yevstaxiydan iborat. O’rta quloq bo’shliq yevstaxiy nayi yordamida burun xalq tutashadi. Eshituv suyakchalari nog’ora pardasidagi barcha tebranishlarni takrorlab uni 50 martaga ko’paytiradi. O’rta quloq bo’shlig’idagi bosim tashqi, bosimga barobar bo’lgandagina nog’ora pardasi normal ravishda tebranadi. O’rta quloq bo’shlig’i yevstaxiy nayi orqali burun xalqumiga tutashganligi tufayli nog’ora pardasining ikki tomonidagi bosim muvozanatlanib turadi. Bosim farq
qiladigan bo’lsa, eshitish utkirligi buziladi. Nog’ora pardasining ikki tomonidagi bosim haddan tashqari ko’p farq qiladigan bo’lsa parda yirtilib ketishi mumkin. Ichki quloq chig’anoq yarim aylana kanallar-labirint va daglizdan iborat. Labirint ichida endolimfa suyuqligi bor. Bu yerda gavda holatini sezuvchi nerv uchlari joylashgan. Bu yer muvozanat organi hisoblanadi. Bolalarda muvozanat organi ba‘zan qo’zg’aluvchan bo’lib, buning natijasida dengiz kasalligi vujudga keladi.

Download 1.36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   86




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling