Yosh fiziologiyasi va gigiyena


Download 1.36 Mb.
bet22/86
Sana09.06.2023
Hajmi1.36 Mb.
#1473292
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   86
Bog'liq
Ёш ФГ УУМ 2022.doc.yangi

Ko’rish analizatori.
Ko’rish analizatori tashqi dunyodagi narsalarni rangi, shakli haqida tasavvur hosil qilishimizga yordam beradi. Ko’zning bevosita ta‘sirlovchisi yorug’lik bo’lib, yorug’lik ko’z retseptorlariga ta‘sir etib kuruv sezgisini hosil qiladi. Kuruv organi bolaning 11-12 yoshigacha rivojlanib boradi.
Ko’z ning tuzilishi. Ko’z soqqasi va uni urab turgan apparatdan tashkil topgan. Ko’z sokqasi sharga uxshash bo’lib, ko’z kosasida joylashgan. Ko’z soqqasining devori uch qavatdan: tashqi oqsil parda (sklera) o’rta-tomirli parda va ichki-tur pardadan iborat. Oqsil pardaning rangi oq bo’lib uning bir qismi ko’rinib turadi. Skleraning orqa tomonidagi qismi teshikdir, kuruv nervi shu yerdan o’tadi. Skleraning oldingi qismi tiniq qavariq bo’lib shox pardani hosil qiladi. Shox pardada qon tomirlar bo’lmaydi. Tashqi pardaning ichki kismida tomirli parda bor. Bu pardada qon tomirlar va pigment ko’p. Pigment miqdori xar xil bo’ladi. Tomirli parda oldingi rangdor o’rta-kipriksimon tana va orka xususiy tomirli qismiga bo’linadi. Rangdor pardada radial va xalqa shaklidagi silliq muskullar joylashgan bo’lib, xalka mo’skullari qisqarganda ko’z qorachig’i torayadi, radial muskullari qisqarganda ko’z qorachig’i kengayadi. Rangdor pardaning o’rtasi teshik bo’lib unga ko’z korachig’i deyiladi. Ko’z soqqasining ichki pardasi ya‘ni tur parda murakkab tuzilgan bo’lib,
taraqqiy etish jihatidan kuruv nervi bilan bir butun xisoblanadi. Tur parda ko’zning butun bushlig’ini qoplab turadi. To’r pardaning retseptorlari bo’lib 130 mln. tayoqcha va 7 mln. kolbochka shaklidagi bir necha qavat xujayralar hisoblanadi. Rangdor pardaning orqasida tiniq ikki tomoni qavarik linza-gavhar joylashgan. Gavxar yarim suyuk modda bo’lib, yupqa tiniq kapsula ichida joylashgan. Unda qon tomirlari bo’lmaydi. Shox parda bilan rangdor pardaning o’rtasida kichkina bushliq bo’lib, bunga ko’zning oldingi kamerasi deyiladi. Rangdor parda bilan gavxarning o’rtasida ham bo’shliq bo’lib bunga ko’zning orqadagi kamerasi deb ataladi. Har bir kuruv nervida 1 mln. ga yakin nerv tolalari bor. To’r pardada kuruv nervining kirish joyi - ko’r dog va narsalarni yaxshiroq ko’radigan sariq zor, dog’ning markazida chuqurcha bo’lib, bunga markaziy chuqurcha deyiladi. Ko’zning ayrim qismlari -shox parda, gavhar, ko’zning shishasimon qismi o’zidan o’tuvchi yorug’lik nurlarini sindira oladi. Ko’zga yorug’lik nurlari ta‘sir etganda radopsin va idopsin moddalari parchalanib ximiyaviy reaktsiya vujudga keladi. Ko’zning nur sindiruvchi qismlariga shoh parda, suvsimon suyuqlik, ko’zning oldingi kamerasi, gavxar va shishasimon qism kiradi. Ko’zning nur sindirish kuchi ko’prok shox parda va gavxarni nur sindirishiga bog’liq bo’ladi. Nur sindirish dioptriya bilan ulchanadi. Bir dioptriya deganda fokus oralig’i 1 m bo’lgan linzaniig nur sindirish kuchi tushiniladi. Agarda nur sindirish kuchi oshsa fokus oralig’i qisqaradi.
Ko’z akkomodatsiyasi. Akkomodatsiya (ko’zning moslanishi) bu ko’zni turli uzoqlikdagi narsalarni aniq ajratish qobiliyatidan iboratdir. Ko’z akkomodatsiyasi ko’z soqqasini xarakatga keltiruvchi nervini parasimpatik tolalari bilan taminlangan, kizriksimon muskullarni reflektor qisqarishi natijasida gavxarni elastikligi o’zgarishi bilan vujudga keladi. Odam yaqindan narsalarga qaraganda gavxar qavariqroq bo’ladi, uzoqdan narsalarga qaraganda esa yassiroq bo’ladi.
Yaqindan va uzoqdan ko’rish yaqindan va uzoqdan kurish tug’ma bo’lishi shuningdek, hayot davrida ortirilishi mumkin. Normal ko’rishda narsalarning tasviri to’r pardada hosil bo’ladi. Yaqindan kurishda esa narsalarning tasviri to’r, pardaning, oldida hosil bo’ladi. Uzoqdan kurishda esa narsalarning tasviri to’r pardaning orqasida hosil bo’ladi. Yaqindan kuruvchi kishilar narsalarni ravshan ko’rishlari uchun ikki tomoni botik ko’zoynak taqishlari kerak. Uzoqdaq ko’radigan kishilarga esa ikki tomoni qavariq ko’zoynak taqish tavsiya etidadi: Bunday linzalar ko’z gavxarini qo’shimcha ravishda nur to’plash kuchini orttiradi. Keksa kishilarda gavxarning elastikligi va akkomodatsiyasi yo’koladi. Natijada ko’z uzoqdan ko’radigan bo’lib qoladi.
To’r pardaning yorug’lik tasirini sezadigan xujayralari tayoqchalar bilan kolbachalardan iborat. Tayoqchalar tur pardaning chetlarida, kolbachalar esa markazida joylashgan.bo’ladi.

Download 1.36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   86




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling