Yosh fiziologiyasi va gigiyena


Download 1.36 Mb.
bet37/86
Sana09.06.2023
Hajmi1.36 Mb.
#1473292
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   86
Bog'liq
Ёш ФГ УУМ 2022.doc.yangi

Tayanch tushunchalar
O`pka, gazlar almashinuvi, xiqildoq, traxeya, bronxlar, alviolla, ventilyatsiya

Tirik organizm nafas olish jarayoni tufayli, atrof muhitdan kislorodni olib, korbanat angidrid gaz va suvi parlarini tashqariga chiqarib turadi.


Odam organizmida sodir bo’ladigan oqsidlanish jarayonlarinig asosiy qismi kislorod ishtirokida yuzaga keladi. Shuning uchun xayotning davomiyligi, organizmga doimo kislorod kirib turishi bilan bog’liqdir. Parchalanish jarayonlarining maxsuloti karbonat angidriddir, u jarayonlarning davom etishi uchun tashqariga chiqib turishi shart. Ana shu jarayonni nafas olish organlari yuzaga keltiradi. Kislorodni o’pka dan to’qimalarga, karbonat angidridni tuqimalardan o’pkaga qon tashib beradi.
Shunday qilib, organizmda gazlar almashinuvi uchta jarayondan iborat:
1.Tashqi nafas yoki o’pka nafasi- organizm bilan tevarak muxit o’rtasida o’pka orqali gazlar almashinuvi.
2.Ichki nafas yoki to’qimalar nafasi- xujayralarda ro’y beradigan jarayonlarni o’z ichiga oladi
3.Qonning gazlari tashishi, ya‘ni qon orqali o’pka da tuqimalarga kislorod va to’qimalardan o’pka ga karbonat angidrid yetkazib berilishi.
Odam nafas olganda havo buringa, so’ngra burun xalqumiga, xiqildoqqa, traxeyaga, bronxlarga va bronxiollalarga va nixoyat alviollarga kiradi.
Burun bo’shlig’i. Kichik yoshdagi o’quvchilarning burni ancha kichik bo’ladi. Taxminan bola besh yoshga borganda burun ko’tarmasi yo’qolib ketadi. Burun bo’shlig’ini tashkil topishida burun suyaklari tog’aylar qatnashadi.
Burun bo’shlig’ining ichki shilliq yuzasini ko’pchilik qismida ko’p yadroli tukli tsilindrik epiteliya bilan qoplangan bo’lib, bu qismida shilliq ishlab chiqaruvchi bezlar joylashgan bo’ladi. Burun bo’shlig’ida shuningdek xid bilish retseptorlari joylashgan bo’ladi. Burun bo’shlig’idagi tuklar havo bilan kirgan changlarni ushlab qolib tashqariga chiqarib tashlaydi.
Bundan tashqari, burun bo’shligi kapilyar qon tomirlari bilan yaxshi ta‘minlangan bo’lib, tashqaridagi burin bo’shlig’i orqali o’pkaga o’tayotgan havo ilib o’tadi.
Xiqildoq- bir-biriga birikkan xarakatchang tog’aylardan iborat bo’ladi. Bolalarda xiqildoq tana uzunligiga nisbatan kattalarga qaraganda uzunroq bo’ladi. Xiqildoq bolaning besh yoshida va jinsiy balog’at davrida intensiv rivojlanadi. Qizlarning 3 yoshida xiqildoq, shu yoshdagi o’g’il bolalarga nisbatan kichikroq va torroq bo’la boshlaydi. Ayollar xiqildog’i, erkaklarnikiga nisbatam 1G’4 qismga kichikroqdir. Xiqildoqning o’sishi odamning 20-30 yoshigacha davom etadi. Yosh bolalarda ovoz yorig’i tor, hiqildoq va ovoz boylamlari mustaqil ovoz muskullari intensiv ravishda rivojlana boshlaydi. O’g’il bolalarning 12 yoshidan boshlab qizlarga nisbatan ovoz boylamlar tori uzunroq bo’la boshlaydi . Shuning uchun o’g’il bolalarda ovoz pastrok bo’ladi.
Traxeya- buyinning oldingi qismida joylashgan bo’lib, xiqildoqning paska qarab yunalgan davomi hisoblanadi. Uning pastki uchi 5-6 kukrak umirtqasi damiga kelib, ikkita bronxga bo’linadi.
Traxeya tutashmagan tog’ay xalkalardan tashkil topgan, ularning uchlari orasiga biriktiruvchi to’qima pardasi tortilgan. Kichik yoshdagi o’quvchilarda bu parda, kattalardagiga qaraganda kengrok bo’ladi, chunki xalqalarning tog’ayi to’la rivojlanmagan bo’ladi.
Traxeyaning ichki tomonidan nozik shilliq parda bilan qoplangan. Uning yo’li shu qadar torki, shilliq pardasi yallig’langanda yoki traxeya ichiga yot jismlar tushib qolganda nafasning qiyinlashib qolishiga sabab bo’ladi.
Traxeyaning uzunligi yangi tug’ilgan bolalarda 3-4 sm., 5 yoshda 5-6 sm., 10 yoshda 6,3sm., 15yoshda 7,5 sm, kattalarda esa 9-12 sm.ga to’g’ri keladi. Bolalarda traxeyaning shilliq
qavati nozik, qon va limfa tomirlari bilan juda yaxshi ta‘minlangan. Shuning uchun ba‘zida kattalarga nisbatan chang zarralari mikroblar bola traxeyasining shilliq qavatiga tez urnashib qoladi. Bronxlar-traxeya 2 ta o’ng va chap bronxga bo’linadi. O’ng bronx o’z navbatida 3 bo’linsa, chap bronx esa 2 bo’lakka bo’linadi. O’ng tomondagisi guyo traxeyaning davomi bo’lsa, chap tomondagisi, utni burchak ostida chiqadi. O’ng bronx ikkinchisidan kaltarok bo’ladi. Yot jismlar ko’pincha o’ng bronxga tushib koladi.
Kichik yoshdagi o’quvchilarning bronxlari tor, tog’aylari yumshoq muskul va elastik tolalari ancha sust rivojlangan bo’ladi. Bronxlarni qoplab turgan shilliq parda, qon bilan mul-ko’l ta‘minlanadiyu, lekin bir muncha quruq turadi. Bronxlarning o’sishi kichik maktab davrida sekin boradi va 13 yoshidan keyin ancha tezlashadi.
Bronxlar mayda bronxchalarga, undan so’ng esa bronxiollalarga bo’linib, har bir bronx bronx daraxtini hosil qiladi. Bronxiollalar tarmoqlanib oxirida o’pka xujayralari alviollalar bilan tugaydi.
O’pka -ko’krak qafasining tegishli yarmida joylashgan bo’lib, o’ng va chap o’pkadan iborat bo’ladi. Har bir o’pka konussimon bo’lib, ustki qismi uchi, pastki qismi esa asosi deyiladi. Bolalarning yoshi orta borishi bilan o’pkaning og’irligi va xajmi ortib boradi. Yangi tug’ilgan bolalarda ikki o’pkaning og’irligi 50-57 g., 1-2 yoshda 225g., 5-6 yoshda 350g., 9-10 yoshda 395g., 15-16 yoshda 690-700g., kattalarda esa 1000g. bo’ladi. O’pka xajmi yangi tugilgan bolalarda 70sm3 , 1 yoshda270 sm3, .8 yoshda 640 sm3, 12 yoshda 680sm3, katta odamda esa 1400 sm3 bo’ladi.
O’pkaning o’sishi asosan, alviolla xujayralarining ortib borishi hisobiga bo’ladi. Bu nafasi va gaz almashinuviga ta‘sir qiladi.
Alviollalar- devorlari yupqa bo’lishi va ularning qon kopilyarlar turi bilan o’ralib turishi qon gazlari bilan o’pka gazlari orasida almashinuv jarayonlari yuzaga chiqishida imkon beradi.
Yangi tug’ilgan bolalarda alviollalarning soni katta odamlarnikiga qaraganda 3 marta kam bo’ladi. Alviollalarning intensiv o’sishi ayniksa bolaning 12 yoshidan boshlanadi. Bu esa o’pkaning yuzasini ancha ortishiga sabab bo’ladi, chunki bolalarda gaz almashinuvi intensiv kechib, bola tez o’sib rivojlanadi.
Yangi tug’ilgan bolalarda alviollalarning xajmi 0,05 mm, 3-4 yoshda 0,2 mm, 15 yoshda 0,17 mm keladi. Yangi tug’ilgan o’g’il va qiz bolalarda nafas olish qorin tipida, ya‘ni asosan diofragma xisobiga bo’ladi. Kukrakning yuqori qismlari xarakati juda-kam bo’ladi. Bola 2 yoshdan tik yura boshlashi bilan ko’krak qafasi vertikal xolatda ko’proq bo’lib, bolada ko’krak tipidagi nafas olish taraqqiy eta boshlaydi. Bolaning 3 yoshidan boshlab kukrak tipidagi nafas olish yaqqolroq vujudga kela boshlaydi. Volalarda nafas olish kattalarga nisbatan tez va yuzaki bo’ladi. Bolaning yoshi ortishi bilan o’pkaning havo sig’imi ortib boradi. Bolaning nafas olishi tez bo’lgani uchun o’pkaning ventilyatsiyasi yuqori bo’ladi.
Yosh bolalarda organizmning kislorodga bo’lgan talabi juda yuqoridir, chunki bolalarda energiya va moddalar almashinuvi juda intensiv ravishda kechadi. M-n:1 kg. Bola organizmi kislorod bilan normal ta‘minlanishi uchun, o’pkasidan 1 minutda 1400-1500sm3 havo o’tishi kerak. Katta odamning 1 kg. tirik massasining kislorodga bo’lgan extiyojini qondirish uchun esa 300-400sm3 havo o’tishi kerak. Bolalarning tinch xolatida va ayniqsa muskul ishida kattalarga nisbatan tez-tez nafas oladi. Agarda bolalar sistematik ravishda jismoniy mashq, bilan, ayniqsa qayiqda suzish, voleybol, yengil atletika, suzish sporti bilan shug’ullansa, o’pkaning tiriklik sig’imi ortadi. Bo’nga asosiy sabab, jismoniy mashqlanish jarayonida organizmni kislorodga bo’lgan extiyoji ortadi, natijada o’pkaning nafasda ishtiroq etadigan yuzasi ham asta-sekin kattalashib boradi. Shu bilan birga tomirlardan vaqt birligi ichida o’pkaga oqib keladigan qon miqdori ham ko’payib boradi, bu esa bolalarda gazlar uchun ancha qulay sharoitlarni yaratadi.
O’pka maxsus parda yoki plevra bilan qoplangan bo’ladi. Plevraning bir varag’i ko’krak nafasi bilan diafragmaning ichki tomondan qoplab tursa, ikkinchi varag’i o’pkani urab turadi va bu varaqlar o’pka ildi yonida bir-biri bnlan bilinmay qo’shilib ketadi. Yopiq turadigan varaqlar orasida tirqishsimon bo’shliq, plevra bo’shlig’i bo’ladi, unda bir oz miqdorda suyuklik bo’ladi, shu suyuqlik varaqlarni namlab turadi va bir-biriga ishqalanishga yo’l qo’ymaydi.
Nafas xarakatlarining boshqarilishi uzunchoq miyadagi bir gurux nerv xujayralarining faoliyati nafas muskullarining qisqarishiga sabab bo’ladi. Shu xujayralar nafas markazi deb ataladi. Nafas markazi xujayralari uzunchoq miyaning o’ng va chap yarmida joylashgan va miyaning biror tomonidagi markaz faoliyatining tuxtashi faqat tegishli tomondagi nafas muskullar ishini to’xtatishiga sabab bo’ladi. Nafas markazida faqat nafas olishni yoki faqat nafas chiqarishni ta‘minlaydigan neyronlar bor. Ammo uzunchoq miya butunligicha saqlanib qolsa-yu, uning yuqorida yotgan bosh miya bo’limlari bilan, xususan miya po’stlog’i bilan aloqa buzilsa nafas ham izdan chiqadi. Nafas xarakatlari reflektor yo’li bilan boshqariladi. Tanamizning boshqa qismlari tasvirlanganda ham nafas refchektor ravishda o’zgaradi. Masalan, cho’milish vaqtida suvga tushish nafasni qisqa vaqt tuxtab qolishiga sabab bo’ladi.
Xiqildoq nervi uchlarining nafas yo’llarida chang yoki shilimshiq bilan ta‘sirlanishi yutalga sabab buladi. Burun -xalqumning chang yoki shilimshiq bilan ta‘sirlanishi aks urishga sabab bo’ladi.
Sog’lom organizmda nafas oraliq miya va bosh miya pustlog’i ishtirokida boshqarilib boradi. Katta yoshli odam va katta yoshli bolalar uz ixtiyori bilan nafas tezligini va chuqurligini uzgartirishi mumkin.
Bundan tashkari, nafas tezligi uning emotsional xolatiga bog’liq bo’ladi. Bosh miya katta yarim sharlarining peshona bo’laklarini ta‘sirlash nafas xarakatlarining o’zgarishiga sabab bo’ladi. Sportchida start olidan, o’quvchining ekzamen oldidan, ishchini mehnat jarayoni boshlanishi oldidan nafasini tezlashishi xam shartli refleksdir.
Nafas olish gigienasi deganda tug’ri nafas olishni ta‘minlash tushuniladi. Nafas jarayonida atmosfera xavosi burun bo’shlig’iga kirib isiydi, namlanadi, ancha changdan tozalanadi. Burun bo’shlig’ida tukchalarning bo’lishi bunga yordam beradi. Demak burun bilan nafas olish gigienik jihatdan maqsadga muvofiq hisoblanadi. Og’iz bilan nafas olganda kalla suyagining yuz qismi va kukrak qafasi rivojlanishida kamchiliklar yuz beradi. Tez-tez shamollash xalkum va traxeyaning shilliq qavatining yallig’lanishiga olib keladi. Ammo gapirganda, ashula aytilganda og’iz bilan nafas olishga majbur bo’linadi. Shuning uchun ashula darslari utkaziladigan xonalar ozoda, havosi esa iliq bo’lishi kerak.
Bolalarga to’g’ri nafas olishni o’rgatish fizkultura mashqlari utkazish aqtida pedagoglar bajaradigan ishlardan biridir. Ular yurish, yugurish va boshqa turdagi faoliyat vaqtida, shuningdek, utirganda to’g’ri nafas olishni bolalarga o’rgatish kerak. Bizni qurshab turgan havonish tarkibi normal sharoitda ancha doimiy bo’ladi. Kislorod 20,94%, karbonat angidrid gazi 0,03% va azot 79,03% bo’ladi.
O’quvchilarni toza havo bilan ta‘minlash uchun sinflarda xar bir o’quvchiga 16 kub/m dan to 20 kub/m gacha, sanitariya normalariga muvofiq esa 4,5 kub/m dan 5 kub/m gacha ega bo’lishi kerak.



Download 1.36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   86




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling