Yosh fiziologiyasi va gigiyena


Сангвиник Флегматик


Download 1.36 Mb.
bet45/86
Sana09.06.2023
Hajmi1.36 Mb.
#1473292
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   86
Bog'liq
Ёш ФГ УУМ 2022.doc.yangi

Сангвиник

Флегматик

Холерик

Меланхолик

1

1.2

1.2

1.1

1.4

2

2.1

2.2

2.4

2.3

3

3.4

3.1

3.3

3.2

4

4.4

4.3

4.2

4.1

5

5.2

5.4

5.1

5.3

6

6.1

6.3

6.4

6.2

7

7.3

7.1

7.2

74

8

8.4

8.2

8.3

8.1

9

9.2

9.4

9.1

93

1

10.1

10.3

10.4

10.2

1

11.3

11.1

11.2

11.4

1

12.4

12.2

12.3

12.1



Manba: Рогов Е.И. Настольная книга практического психолога: Учеб. Пособие, В 2кн. – З – е. – М.: Гуманитар. Изд. Центр ВЛАДОС, 2000. – Кн. 1: Система работы психолога с детьми разного возраста. 346 – 353 б.


4-amaliy mashg’ulot. Ko`rish o`tkirligini aniqlash.

Mashg’ulot turi: Amaliy


Mashg’ulot vaqti: 2 akademik soat
Mashg’ulot o’tish joyi: Auditoriya xonasi


Darsning maqsadi:
1.Talabalarning ko’rish analizatorini funksiyasi to’g’risidagi nazariy bilimlarni mustahkamlash.
2. Ko’rish o’tkirligini aniqlash va baholash usullarini o’rganish.
3. Maktabdagi ta’lim-tarbiya ishlari (o’qish, yozish, mehnat darslari ) ning ko’z o’tkirligiga ijobiy va salbiy ta’siri haqida tushuncha berish.


Ish uchun kerakli asbob va materiallar:
1.Ko’z o’tkirligini aniqlash uchun S.S.Golovin,A.Sivkovlar tablitsasi.
2.Ko’rsatkich tayoqcha.


Ishni bajarish metodi:
1.Talabalar 3-4 kishidan kichik guruhlarga bo’linadi.
2.Har bir kichik guruhdagi talabalar bir-birlarini ko’z o’tkirligini aniqlaydi.
3.Olingan natijalarni yozish uchun tablitsa tayyorlanadi (ilovada).
4.Ko’rish o’tkirligini aniqlash uchun Golovin tablitsasi devorga (doskaga) osiladi.
5. Tekshiriluvchi talaba tablitsadan 5 metr masofada, tablitsa to’g’risiga tik turib tablitsaga qaraydi. U oldin chap ko’zini biror daftar yoki kitob bilan yopib o’ng ko’zi bilan tablitsaga qaraydi. So’ngra o’ng ko’zini yopib chap ko’zi bilan tablitsaga qaraydi.
6. Tekshiruvchi talaba tablitsa yoniga turib tayoqcha bilan tablitsa harflarini ko’rsatadi. Oldin tablitsaning yuqori qatoridagi harflardan 2-3 tasi ko’rsatiladi. Tekshiriluvchi yuqori qatordagi harflarni to’g’ri aniqlagan sari pastki qatordagi harflar ko’rsatiladi.
7. Bir talabaning ikki ko’zini ham ko’rish o’tkirligi aniqlanib, tablitsaga yozilgandan so’ng, kichik guruhni ikkinchi, so’ng uchinchi talabalarni ko’rish o’tkirligi aniqlanadi.
8. Olingan natijalar quyidagicha baholanadi:
a) agar tekshiriluvchi tablitsaning 10-qatoridagi xarflarni to’g’ri ko’ra olsa (aniqlasa), uning shu ko’zini (o’ng yoki chap) ko’rish o’tkirligi 1.0 deb baholanadi. Bu normal ko’rish o’tkirligidir.
b) agar tablitsaning 11-qatoridagi harflarni aniqlay olsa, ko’rish o’tkirligi 1.5 deb baholanadi. agar 12-qatorning harflarini ham ko’ra olsa, ko’rish o’tkirligi 2.0 deb baholanadi. Bu juda yuqori, ya’ni yaxshi deb baholanadi.
9. Agar tablitsaning 10-qatoridagi harflarni aniqlay olmasa, 10-qatordan yuqori turgan har bir qator uchun ko’rish o’tkirligi 0.1 ga kamayadi. Masalan: 9-qator – 0.9; 8 -qator -0.8; 7 -qator – 0.7 va hokazo. Birinchi qator – 0.1 bo’ladi.
c) agar 5 metr masofadan 1-qatorni xarflarini ham aniqlay olmasa, 3 metr masofadan tablitsaga qaraydi. SHunda u 1-qatorni harflarini ko’rsa, uning ko’rish o’tkirligi quyidagicha bo’ladi:
3:50 – 0.06.

  • 3 metr – bu tablitsaga qaragan masofa;

  • 50 metr – bu ko’rish o’tkirligi normal bo’lgan kishi tablitsaning 1-qatorini 50 metrdan ko’ra oladi.

IZOH:
1. Ko’rish o’tkirligi 0.7 va undan past bo’lgan kishilar ko’z oynakdan foydalanishlari kerak.
2. Ko‘rish o‘tkirligini pasayishi 2 gruppa sabablar natijasida yuzaga keladi.
- birinchi guruh sabablar-endogen faktorlar bo’lib, nasldan-naslga berilishidir;
- ikkinchi guruh sabablar-ekzogen faktorlar bo’lib, bularga quyidagilar kiradi;
a) parta va stolda noto’g’ri o’tirib o’qish va yozish;
b) daftar, kitob, ish buyumlarini ko’zga juda yaqin masofada tutish. Normada o’qish, yozish va mayda buyumlar bilan ishlaganda, ular bilan ko’z orasidagi masofa 40-45 santimetr bo’lishi kerak;
v) o’qish, yozish, mayda buyumlar bilan ishlaganda har 15-20 minutdan keyin ko’zga 1-2 minut dam berilishi zarur. Bu vaqtda deraza orqali uzoq-uzoqdagi daraxtlar, binolarga qaralishi kerak. SHunda ko’z ichidagi bosim pasayib, ko’z dam oladi;
d) kundalik ovqatlar tarkibida yetarli miqdorda vitaminlar, ayniqsa “A” vitamini etmasligi (bu vitamin tuxum sarig’i, sabzi, baliq moyi, sariyog’, qaymoq kabilarni tarkibida bo’ladi).
YUqoridagi gigiyenik qoidalarni buzilishi ko’z o’tkirligini pasayishiga sabab bo’ladi, shuning uchun maktab o’qituvchilari, bola-bog’cha tarbiyachilari oldiga bolalarni o’qitish va tarbiyalashda gigiyena qoidalariga amal qilish vazifasi qo’yiladi.

Download 1.36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   86




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling