Yosh fiziologiyasi va gigiyena


Download 1.36 Mb.
bet48/86
Sana09.06.2023
Hajmi1.36 Mb.
#1473292
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   86
Bog'liq
Ёш ФГ УУМ 2022.doc.yangi

6-Amaliy mashg’ulot.
Maktabda dars jadvallarini tuzish va gigiyenik baholash


Mavzuning ahamiyati:
Dars jadvalini gigiyenik qoidaga asosan to’g’ri tuzilishi, o’quvchilar ish qobiliyatini yuqori darajada bo’lishiga, dars materiallarini yaxshi o’zlashtirilishiga sharoit yaratadi. Bundan tashqari o’quvchilarni dars vaqtida charchab qolishini oldini oladi va ularning sog’lig’ini mustahkamlash omillaridan biri bo’lib hisoblanadi.
Ishning maqsadi:
1.Talabalarga dars jadvalini gigiyenik nuqtai nazardan to’g’ri tuzilganligini analiz qilish va baholash usullarini o’rgatish.
Kerakli materiallar: Analiz qilish uchun maktab dars jadvali.
Ishni bajarish tartibi:

  1. Guruh talabalari 3 kishidan kichik guruhlarga bo’linadi.

  2. Har qaysi kichik guruh talabalari bitta sinfning bir haftalik dars jadvalini analiz qiladi va gigiyenik nuqtai-nazardan baholaydi.

Dars jadvalini analiz qilinuvchi masalalar. Dars jadvalini analiz qilishda quyidagi masalalarga e’tibor beriladi.
1. Sinflarning bir kunlik va xaftalik o’quv yuklamasi. O’rta maktablarning o’quv rejasida turli sinflarni haftalik o’quv yuklamasi quyidagicha:
1-2 sinflarda - 24 soat
3 - sinfda - 26 soat
4 - sinfda - 29 soat
5-8 sinflarda - 30 soat
9-10 sinflarda - 32 soat
Dars jadvalida haftalik dars soatlari yuqoridagi miqdorlardan oshmasligi kerak.
2. Maktabda dars boshlanish vaqti. Agar maktab bir smenalik bo’lsa darslar ertalab soat 8.30 da, 2 smenali bo’lsa darslar ertalab 8:00 da boshlanishi kerak. Darslarni yuqorida ko’rsatilgan vaqtlardan oldin boshlanishi o’quvchilarni ertalab shoshiltirib qo’yadi: ular ertalabki gimnastikani bajarishga ulgurmaydilar, bahurja nonushta qila olmaydilar. Natijada maktabda tez charchab qoladilar, asta-sekin bu holat ularning sog’lig’iga salbiy ta’sir ko’rsatishi mumkin.
3. Maktabda o’tiladigan fanlarni o’zlashtirilishi qiyin yoki osonligiga qarab taqsimlanishi. O’zlashtirilishining qiyinligi yoki osonligiga qarab fanlar 3 guruhga bo’linadi.
1.Qiyin fanlarga: matematika, chet tillari, rus tili va adabiyoti, fizika, kimyo.
2. O’rtacha qiyinlikdagi fanlar: jamiyatshunoslik, geografiya, ona tili va adabiyoti, tarix, chizmachilik, biologiya fanlari.
3. Yengil fanlar: jismoniy tarbiya, mehnat, rasm ashula.
Agar 10 ballik sistema bo’yicha taqqoslanadigan bo’lsa o’zlashtirilishi qiyinligi yoki osonligiga qarab turli fanlar taxminan quyidagi ballarga ega bo’lishi mumkin.

  1. Matematika - 10 ball;

  2. Chet tillari, rus tili - 9 ball;

  3. Fizika, kimyo - 8 ball;

  4. jamiyatshunoslik, geografiya, biologiya - 7 ball;

  5. Ona tili va adabiyoti, tarix - 6 ball;

  6. Chizmachilik - 5 ball

  7. Jismoniy tarbiya - 4 ball;

  8. Mehnat - 3 ball;

  9. Rasm - 2 ball;

  10. Ashula - 1 ball.

4. Fiziologik va gigiyenik nuqtai nazardan turli fanlarni dars jadvaliga joylashtirish tartibi.
Ertalab, uyqudan so’ng, ayniqsa, kichik va o’rta sinf o’quvchilarining nerv sistеmаsini, ish qobiliyati nisbatan pastroq bo’ladi. Ikkinchi va uchinchi dars sostlarida ish qobiliyati yuqori darajada bo’ladi. To’rtinchi dars soatida charchashning belgilari pastda bo’la boshlaydi.
Organizmning yuqoridagi fiziologik holatlarini hisobga olib birinchi smenani dars jadvaliga fanlar quyidagicha joylashtirilishi tavsiya etiladi: Birinchi soatga o’rtacha qiyinlikdagi fanlar, 2-3 soatlarga qiyin fanlar, 4-soatga yengil fanlar, 5-6 soatlarga o’rtacha qiyinlikdagi fanlar.
Ikkinchi smenani dars jadvaliga fanlar quyidagicha joylashtirilishi mumkin: birinchi va ikkinchi soatlarga qiyin fanlar, 3-soatga o’rtacha qiyinlikdagi fanlar, 4-5 soatlarga engil fanlar, 6-soatga o’rtacha qiyinlikdagi fanlar.
Agar analiz qilinadigan dars jadvalida yuqorida ko’rsatilgan gigiyenik qoidalarga amal qilinmagan bo’lsa, bunday dars jadvali gigiyenik nuqtai-nazardan noto’g’ri deb baholanadi.



Download 1.36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   86




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling