Yosh fiziologiyasi va gigiyena


Kerakli asbob va materiallar


Download 1.36 Mb.
bet47/86
Sana09.06.2023
Hajmi1.36 Mb.
#1473292
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   86
Bog'liq
Ёш ФГ УУМ 2022.doc.yangi

Kerakli asbob va materiallar:
1. Bo’y uzunligini o’lchash uchun rostometr.
2. Tana og’irligini o’lchash uchun meditsina tarozisi.
3. Ko’krak qafasi aylanasini o’lchash uchun santimetrli lenta.
4. O’pkaning tiriklik sig’imini aniqlash uchun spirometr asbobi.
5. Qo’l va bel muskullari kuchini aniqlash uchun dinamometrlar.


Ishni bajarish tartibi:
1. Guruh talabalari 4 kishidan kichik guruhlarga bo’linadi.
2. Har qaysi kichik guruh talabalari bir-birlarini jismoniy rivojlanish ko’rsat-kichlarini aniqlaydi.
3. Olingan natijalar Tajriba kartasiga yoziladi va baholanadi.

Jismoniy rivojlanishning normal ko’rsatkichlari.


Bo’y uzunligi. Bir yoshlik bolani bo’y uzunligi normada 75 sm. ikki yoshdan to o’n besh yoshgacha bo’lgan bolalar va o’smirlar har yili o’rtacha 5 sm o’sadi. 2 yoshdan 15 yoshgacha bo’lgan bolalarni o’rtacha bo’y uzunligi normada qancha bo’lishi quyidagi formula bilan aniqlanadi: Bo’y uzunligi-75-(5 x P).
-75 sm - bir yoshlik bolaning bo’y uzunligi;
-5 sm - 2 dan 15 yoshgacha bo’lgan bolalarni bir yilda bo’yini o’sishini o’rtacha ko’rsatgichi;
-P - bolaning yoshi.
Masalan: 10 yoshlik bolaning bo’y uzunligi o’rtacha quyidagicha bo’lishi mumkin- 75- (5 x 10)- 125 sm.
Katta kishilarni o’rtacha bo’y o’zunligi 170 sm deb qabul qilingan. Bo’y uzunligi rostometr asbobi bilan o’lchanadi.
Tana og’irligi. Bir yoshlik bolani tana og’irligi o’rtacha 9 kg 250gr bo’ladi. Ikki yoshdan to o’n besh yoshgacha bo’lgan bolalarni tana og’irligi har yili o’rtacha 2 kg ko’payadi. 2 dan 15 yoshgacha bo’lgan bolalarni tana og’irligi o’rtacha qancha bo’lishi quyidagi formula bilan aniqlanadi:
Tana og’irligi - 9 kg.250 gr –(2 kg x P).
-9 kg 250 gr- bir yoshli bolani o’rtacha tana og’irligi;
-2 kg - 2 dan 15 yoshgacha tana og’irligini har yili o’rtacha ko’payishi;
- P - bolaning yoshi.
Masalan: 10 yoshlik bolani o’rtacha tana og’irligi quyidagicha bo’ladi - 9 kg 250 gr- (2 x 10)- 29 kg 250 gr.
Katta kishilarni o’rtacha tana og’irligi 70 kg deb qabul qilingan. Tana og’irligi meditsina tarozi bilan o’lchanadi.
Ko’krak qafasining aylanasi. Bir yoshli bolaning ko’krak qafasini aylanasi normada o’rtacha 48 sm bo’ladi, 5 yoshda - 55 sm, 10 yoshda 63 sm, 15 yoshda - 75-78 sm bo’ladi. ko’krak qafasini aylanasi qancha ko’p bo’lsa jismoniy rivojlanish shuncha deb baholanadi. Ko’krak qafasini aylanasi santimetrli lenta bilan o’lchanadi. Lenta orqa tomondan ko’krakni pastki qirrasini ostidan, oldindan erkaklarda ko’krak bezini ustidan, ayollarda ko’krak bezini ostidan quylishi kerak.
O’pkaning tiriklik sig’imi (O’TS). O’pkaning tiriklik sig’imi spirometr asbobi bilan aniqlanadi. Spirometr suvli va havoli bo’ladi. Tekshiriluvchi oldin 2 marta nafas olib chiqaradi, so’ng chuqur nafas olib spirometr nayiga sekinlik bilan to nafasini oxirigacha puflaydi. Tiriklik sig’imi belgilab kartaga yozadi.
Sakkiz yoshli o’g’il bolada o’pkaning tiriklik sig’imi o’rtacha - 1680 ml, qiz bolada – 1480 ml, 10 yoshlik o’g’il bolada - 2000 ml, qiz bolada – 1900 ml, 15 yoshlik o’g’il bolada 3000-3500 ml, qiz bolada 2500-3000 ml, katta kishilar (erkaklar) da 3000-3500 ml, chiiqqan bo’lsa o’pkaning tiriklik sig’imi shunchalik ko’p bo’ladi. Sportchilarda o’pkaning tiriklik sig’imi 5000-8000 ml.gacha bo’ladi.
Qo’l muskullarining ko’chi. Bu dinamometr asbobi bilan o’lchanadi. Dinamometrni qo’l kaftiga qo’yib barmoqlar bilan qattiq qisiladi. O’ng va chap qo’l kuchi alohida o’lchanadi. Muskul kuchi kilogramm bilan ifodalanadi.
Sakkiz yoshli o’g’il bolaning o’ng qo’lini kuchi o’rtacha - 16.4 kg, chap qo’lini kuchi – 15.5 kg, qiz bolada – 13.8 va 12.9 kg, 10 yoshlik yigitni o’ng qo’lini kuchi – 47 kg, chap qo’lini kuchi – 40.6 kg, shu yoshdagi qizlarda – 29 kg va 26 kg.

Bel muskullarini kuchi. Bu ham dinamometr asbobi bilan o’lchanadi va kilagramm bilan ifodalanadi. Dinamometr pastki qismi ikki oyoq ostiga olinib, yuqori qismini ikki qo’l bilan ushlab bor kuch bilan yuqoriga tortiladi. Sport bilan shug’ullanuvchi talaba yigitlarda bel kuchi o’rtacha 170 kg, sport bilan shug’ullanuvchi talaba qizlarda – 110 kg bo’ladi.



Download 1.36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   86




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling