Yosh fiziologiyasi va gigiyena


Download 1.36 Mb.
bet62/86
Sana09.06.2023
Hajmi1.36 Mb.
#1473292
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   86
Bog'liq
Ёш ФГ УУМ 2022.doc.yangi

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA‘LIM VAZIRLIGI


QARSHI DAVLAT UNIVERSITETI


KIMYO-BIOLOGIYA FAKULTETI


FIZIOLOGIYA KAFEDRASI
YOSH FIZIOLOGIYASI VA GIGIYENASI
fanidan


G L O S S A R I Y

Qarshi – 2022




Akseleratsiya – ma'lum ob'ektiv va sub'ektiv sabablarga ko‘ra yosh bolaning aqliy, jismoniy yoki ruhiy jihatdan tez o‘sib ketishi, o‘sishning tezlashishi.
Geteroxroniya – O‘sish va rivojlanishning notekis borishi. Yosh organizmning bir har bir davrda turlicha o‘sish stadiyasida bo‘lishi.
Antropometrik ko‘rsatkichlar – bo‘y uzunligi, tana massasi, ko‘krak qafasi aylanasi, tana tuzilishi kabi ko‘rsatkichlar.
Shartli reflekslar – hayot davomida o‘rganiladigan, hosil qilinadigan, takrorlanmasa, esdan chiqariladigan reflekslar.
Shartsiz reflekslar – tug‘ma, o‘rganilmaydigan, umr bo‘yi saqlanib qoladigan reflekslar.
Neyron – nerv hujayrasi.
Kkal (kilokaloriya) – energiya o‘lchov birligi bo‘lib, 1 kkal 1 g suvni 1 0S ga isitish uchun ketadigan energiyani ifodalaydi.
Qo‘zg‘alish – ma'lum to‘qimalarning ta'sirotlarga nisbatan javob reaksiyasi. Qo‘zg‘alish natijasida biror faoliyat amalga oshiriladi.
Dominanta – biror nerv markazining boshqasidan ustun bo‘lib turishi.
Dinamik stereotip – biror faoliyatni doimiy ravishda bajarish tufayli unga nisatan kuchli ko‘nikma hosil bo‘lishi.
Birinchi signal tizimi – tashqi dunyo bilan aloqa o‘rnatishda qatnashadigan barcha sezgi a'zolari.
Stress holat – har xil tashqi muhit omillari ta'sirida organizmda yuzaga keladigan holat. Stress holatlar va ta'sirotlar hazm jarayoniga salbiy ta'sir ko‘rsatadi.
Vatt – yorug‘lik kuchini va quvvatini ifodalovchi kattalik.
Fermentlar – oziq moddalarni yuqori birikma holidan kichik birikmalar holigacha parchalovchi moddalar bo‘lib, ular asosan oqsillardan tashkil topgan. Ovqatlanish va ovqat hazm qilish fiziologiyasi fanida asosan gidrolitik (parchalovchi) fermentlar o‘rganiladi.

Download 1.36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   86




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling