Yоsh fiziologiyasi va gigiyenasi fanining vazifalari, rivojlanish tarixi. Odam organizmi rivojlanishining umumbiologik qonuniyatlari
Sangvinik- tanada qizigan qoni ko’paygan kishidir. Flegmatik-
Download 0.9 Mb.
|
Mustaqil ish matnlari 2023
- Bu sahifa navigatsiya:
- Odamni oliy nerv faoliyatini o’ziga xos xususiyatlari.
- Nutq.
Sangvinik- tanada qizigan qoni ko’paygan kishidir.
Flegmatik- tanada sovuq shilimshiq modda ko’p, sovuqqon osoyishta tip bo’ladi. Xolerik- organizmda achchiq safrosi ko’paygan, o’zini ushlab olmaydigan tipga mansub bo’ladi. Melanxolik-kuchsiz, tanasida qoraygan safro bo’lgan odamlarga xosdir. Ko’rinib turibdiki, Gippokratning sangvinik, flegmatik, xolerik va melanxolik tiplari I.P. Pavlov ko’rsatgan oliy nerv faoliyatining to’rtta tipiga muvofiqdir. Gippokrat va I.P. Pavlov tasniflari solishtirgandan keyin osonlikcha quyidagi atamalar juftlarini tuzish mumkin: kuchli, muvozanatlashmagan tip- xolerik; kuchli muvozanatlangan, harakatchan tip- sangvinik; kuchli muvozanatlangan, inert tip- flegmatik, kuchsiz tip- melanxolik. Odamni oliy nerv faoliyatini o’ziga xos xususiyatlari. Odam hayvonlardan farqli o’laroq tabiatning faqat biologik emas, balki ijtimoiy mahsuli ham, shuning uchun uning oddiy nerv faoliyati o’ziga xos bo’lgan xususiyatlarga ega. Oliy nerv faoliyatidagi odam va hayvonlar uchun umumiy bo’lgan narsa-konkret signallarni analiz va sintez qilinishidir. Nutq. Odam va hayvonlar uchun taxminan bir xil bo’lgan tashqi va ichki ta’sirlarni (yorug’lik, tovush, mexanik ta’sirlar, bosim va boshqalar) I.P.Pavlov birinchi signallar tizimi deb atagan. Faqat insonda bu signallarni nutq orqali ham ifodalash mumkin bo’lganligi uchun I.P. Pavlov nutqni signallarning signali yoki ikkinchi signal tizimi deb atagan. Nutq umumlashgan tasnifga ega bo’lib, mavhum mushohada qilish imkoniyatini beradi. Nutq tufayli insonda 20 tagacha yuqori tartibli shartli reflekslarni hosil qilsa bo’ladi. Nutqni ifodalashda harakat, imo-ishoralar muhim ahamiyatga ega. Aynan shu narsa nutqning paydo bo’lishini tezlashtirgan. Nutq bu so’zlar yig’indisi emas, balki ma’lum bir ma’noni anglatgan tovushlar, yozuvlar va harakatlardir. Nutqning shakllari ham bir necha xilga ajratiladi. Nutqning akustik shakli. So’zlarni ovoz yordamida ifodalanishi. Ovoz nutq uchun eng muhim tarkibiy elementlardan biridir. Eshitganda xotirada o’rtacha har bir so’zning 10 ms dan to’xtalib o’tishi so’zning ma’nosini tushunishga yordam beradi. Nutqning kinestetik shakli ovoz chiqarayotgan paytda og’iz, til, jag’, lab apparatlarining harakatida namoyon bo’ladi. Ovoz chiqarmasdan ham ushbu a’zolar yordamida gapirish mumkin. Bu a’zolarda odam qiyin bir masalani yechayotgan paytda biotoklar kuchayganli aniqlangan. Soqov odamlar gapirayotganda lablardan kura qo’lda bioelektrik faollik ortiq bo’ladi. Nutqni optik shakli. Nutqni nafaqat eshitib emas, balki ko’rib ham tushinish mumkin, bu yozilgan nutq yoki uning optik shaklidir. Nutq individual hayot va jamiyat rivojlangani sayin boyib boradi. Jamiyatdan tashqari nutq rivojlanmaydi. Ijtimoiy jamiyatda nutq bir necha funksiyalarni bajaradi. Muloqot funksiyasi. Nutq ikki va undan ortiq odamlar o’rtasida muloqot vazifasini o’taydi. Yozma nutq orqali muloqot turli avlodlar o’rtasida ham vositachi bo’lib xizmat qiladi. Oddiy tovushlar yordamida muloqotda bo’luvchi hayvonlar ham bor. Nutqning ma’no funksiyasi. Har bir nutq ma’lum bir ma’noni so’zlayotgan sub’ektdan eshitayotgan sub’ektga uzatadi. Natijada turli xulosalar, harakatlar paydo bo’ladi. So’z orqali elementar sezishdan mavhum mushohadaga o’tish tezlashadi. Nutqning boshqarish funksiyasi. Nutq tufayli yurak, qon tomirlari, buyrak, modda almashinuvlarning o’zgarishi laboratoriya sharoitida aniqlangan. Nutq tarixan kishilarning bir-biri bilan aloqasi tufayli hosil bo’lgan. Jamoasiz nutq bo’lishi mumkin emas. Jamiyatdan ajralgan kishilarda nutq rivojlanmaydi. Yoshligida buri, sher, yo’lbars va boshqa hayvonlar tomonidan olib qochilgan va hayvonlar bilan qolgan bolalar o’sib-ulg’ayib, odamlar jamoasiga qo’shilgandan keyin ham so’zlasha olmaganlar. Uzoq muddat davomida yolg’iz qolgan shartli reflekslar mustahkam bo’ladi. Bolalar og’ir-vazmin, ko’pincha, yaxshi o’qiydi. Qiyinchiliklarni yengishda yetarlicha tirishqoq bo’lishadi. Berilgan topshiriqni puxtalik bilan bajarishga harakat qilishadi. Murakkab topshiriqlarni bajarishga loyiq. Flegmatiklar ravon, lekin sekin nutqga ega, ularda yetarlicha so’z boyligi mavjud, ko’proq eshitadi, kam gapirsa ham, o’rinli so’zlashadi. Ularni shoshiltiryb bo’lmaydi, chunki, shoshiltirganda ular butunlay ishini tashlab ketishlari mumkin. Bu tipdagi bolalarda shartli reflekslar sekin paydo bo’ladi, lekin shartli reflekslarning o’chishi ham sekin bo’ladi. Download 0.9 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling