Yоsh fiziologiyasi va gigiyenasi fanining vazifalari, rivojlanish tarixi. Odam organizmi rivojlanishining umumbiologik qonuniyatlari


-mavzu: Maktabda ta’lim-tarbiya jarayoni gigiyenasi


Download 0.91 Mb.
bet100/107
Sana10.02.2023
Hajmi0.91 Mb.
#1184663
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   107
Bog'liq
Mustaqil ish matnlari 2023 (2)

15-mavzu: Maktabda ta’lim-tarbiya jarayoni gigiyenasi.
Rеja:
1. Maktab yer maydoni va binosi gigiyenasi.
2. Sinf xonasi gigiyenasi.
3. O`quvchilarni partalarga joylashtirish.
3. Maktab ustaxonasi gigiyenasi.
4. Maktabda ta’lim-tarbiya jarayoni gigiyenasi.
5. Maktabda haftalik dars jadvalini tuzishga gigiyenik talab
6. Maktabda ta’lim-tarbiyaning muhim vosita ekani.
7. Aqliy faoliyat gigiyenasi
8. Jismoniy faoliyat gigiyenasi.


Maktab yer maydoni va binosi gigiyenasi. Gigieyna talablariga ko‘ra maktab katta savdo inshootlari, kinoteatr, katta transport qatnovi bo‘lgan ko‘cha, zavod, fabrika, ferma, garaj, bozor kabilarning yaqiniga joylashmasligi kerak.Bu qoidalarga amal qilish maktabni shovqindan, ortiqcha ifloslanishdan, o`quvchilar o`rtasida yuqumli kasalliklarning tarqalishidan, transport harakati yo`lida shikastlanishlardan himoya qiladi.
Shahar va tuman markazlarida aholi yashaydigan hudud bilan maktab o‘trasidagi masofa 1-1,5 km dan uzoq bo‘lmasligi tavsiya etiladi.
Maktab yer maydoni 1,5-3,0 gektargacha bo‘lishi maqsadga muvofiq.
Maktabning yer maydoni shartli ravishda 6 ta zonalarga bo‘linadi:
1.Maktab binosi joylashgan zona.Bu yerning tuprog‘i quruq, u atrofdagi maydonlarga nisbatan biroz balandroq bo‘lishi kerak.Bu yomg‘ir, qor suvlarini atrof maydonlarga oqib ketishiga, binoning zaxlamasligiga imkon beradi.
2.Dam olish zonasi – maktab binosi yonida joylashadi. Bu zonaga o‘rindiqlar, suv ichadigan idishlar o‘rnatiladi.
3.O‘quv-tajriba zonasi -maktab binosidan chetroqda ko‘kalamlashtirilgan joyga geografiya, botanika, zoologiya, fizika kabi fanlarning burchaklari tashkil etiladi.
4.Jismoniy tarbiya va sport zonasi – maktab yer maydonining markaziy qismida joylashgan bo‘lib, o‘rtasida futbol maydoni, atrofida yugirish yo‘lagi, uning chekkasida voleybol, basketbol, tennis va boshqa sport maydonchalari joylashadi.
5.Xo‘jalik zonasi-maktab binosidan kamida 25-30 metr chetroqda bo‘lib, xojatxona, o‘tin-ko‘mir, omborxona, transport vositalari joylashadi.U pastroq devor va darvoza bilan chegaralangan bo‘ladi.
6.Himoya zonasi - maktab binosi bilan ko‘cha o‘rtasidagi kengligi 20-30 metr maydon bo‘lib, unga chinor, terak kabi baland o‘sadigan daraxtlar ekiladi. Daraxtlar maktab binosini shamoldan, o`ta o`tkir quyosh nuridan, ko‘cha shovqini va changdan to‘sib turadi. Daraxtlar ekiladigan maydon cheti bilan maktab binosi o‘rtasida 6-8 metr oraliq bo‘lishi kerak. Bu daraxtlar sug‘orilganda bino poydevorini zahlashdan saqlaydi.

Download 0.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   107




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling