Yоsh fiziologiyasi va gigiyenasi fanining vazifalari, rivojlanish tarixi. Odam organizmi rivojlanishining umumbiologik qonuniyatlari


O‘quv stol-stul (parta)larini sinf xonasida joylashtirish


Download 0.91 Mb.
bet103/107
Sana10.02.2023
Hajmi0.91 Mb.
#1184663
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   107
Bog'liq
Mustaqil ish matnlari 2023 (2)

Oquv stol-stul (parta)larini sinf xonasida joylashtirish. Stol va stul (parta)lar sinf xonasida 3 qator qilib joylashtiriladi. Partalar bilan derazalar o‘rtasidagi masofa 80-100 sm, sinfning ichki devori bilan partalar o‘rtasidagi masofa 50-60 sm, parta qatorlari o‘rtasidagi masofa 50-70 sm bo‘ladi.
Doska bilan birinchi qator partalari o‘rtasidagi masofa 2,5-3 metr bo‘ladi. Doska va partalar sinfda joylashtirilganda o‘quvchilarning derazaga nisbatan chap tomonlari bilan o‘tirishlari ta`minlanmog‘i lozim.
Har bir sinfda bo‘y usunligi turlicha bo‘lgan o‘quvchilar o‘qishi mumkinligini hisobga olgan holda, sinfda 3 xil o‘lchamdagi stol va stul (parta)lar joylashtiriladi.Kichik o‘lchamdagilar oldingi, o‘rtachalari sinf o‘rtasiga va katta o`lchamdagi partalar, oxirgi qatorlarga joylashtiriladi.
Oquvchilarni sinf xonasida joylashtirish. Bo‘yi past o‘quvchilar oldingi, bo‘yi baland o‘quvchilar esa oxirgi partalarga o‘tqaziladilar.Ko‘rish o‘tkirligi pasaygan o‘quvchilar deraza yaqiniga va oldingi qator partalarda, eshitish qobiliyati pasaygan o‘quvchilar o‘qituvchi stoliga yaqin partaga, angina, revmatizm, buyrak, nafas a`zolari yallig‘lanishi kasalliklarning surunkali kechuvchi shakllari bilan og‘rigan o‘quvchilar esa, yilning sovuq faslida isitish manbayiga yaqin partalarga o‘tqazilishlari tavsiya etiladi.
O‘quv yilining har choragida deraza yonida va sinfning ichki devori yonida o‘tirgan o‘quvchilarning joylari bir-birlari bilan almashtirilishi kerak. Aks holda sinfning ichki devori yonida o`tirgan o`quvchilarning ko`zi xiralashib qolishi mumkin.
Oquvchilarning partaga o‘tirish qoidalari. O‘quvchilar stol va stul (parta)da quyidagi gigiyenik qoidalarga amal qilgan holda o‘tirishlari tavsiya etiladi;
1.O‘quvchi gavdasini tik tutgan holda, boshini biroz oldinga egib, o‘tiradi. Uning ikkala yelkasi bir tekislikda bo‘lsin.
2.O‘quvchi ko‘kragi bilan stol qirrasi o‘rtasidagi masofa uning kafti kengligida bo‘lsin.
3.O‘quvchining beli stul suyanchig‘iga tegib (suyanib) tursin.
4.O‘quvchining oyoqlari tizza bo‘g‘imida to‘g‘ri burchak hosil qilib bukilishi va oyoqlarining pastki yuzasi yoppasiga polga tegib tursin.
5.O‘quvchi ko‘zi bilan daftar-kitob o‘rtasidagi masofa, uning 2 qarichiga teng bo‘lsin.Yuqori sinf o‘quvchilari va katta odamlar uchun bu masofa 40 smga teng, ya`ni ularning ham ikki qarichiga teng bo`ladi.

Download 0.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   107




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling