Yosh futbolchilarni tayyorlashning


I-BOB. FUTBOLCHILARNI TAYYORLASHNI O’ZIGA XOS HUSUSIYATLARI


Download 93.46 Kb.
bet4/16
Sana19.12.2022
Hajmi93.46 Kb.
#1032388
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
Futbolchilarni tayyorlashda jismoniy tayyorgarlik usullari

I-BOB. FUTBOLCHILARNI TAYYORLASHNI O’ZIGA XOS HUSUSIYATLARI
1.1. Futbolchilarni tayyorlash uslubiyoti
Futbolchilarda ko’nikma va malaka sport tayyorgarligi jarayonida hosil qilinadi. Bunga esa mashqlarni qayta-qayta takrorlash orqali erishiladi, takroriylik, o’z navbatida, butun a’zo va sistemalar faoliyatiga ta’sir etadi. Sport tayyorgarligi

  • bu barcha omil (vosita, uslub, sharoit) lardan birgalikda izchil foydalanish bolib, futbolchining sport muvaffaqiyatlariga erishishdagi tayyorgarligini ta’minlaydi.

Sport tayyorgarligining butun jarayonini shartli ravishda ta’lim va mashg’ulotga bo’lish mumkin.
Ta’lim degada shug’ullanuvchilar bilim, malaka va ko’nikmalarining muayyan sistemasining boshlang’ich bosqichini egallab olishini tushunish kerak. Ta’limning asosiy mazmuni – o’yinning tehnik elementlarini, taktikadan oddiy individual va guruh harakatlarini egallab olish, harakat malakalarini shakllantirishdan iborat.
Mashg’ulot – bu olingan bilim, ko’nikma va malakalarni mustahkamlash va takomillashtirishga qaratilgan tayyorgarlikning keyingi bosqichi. Mashgulotning asosiy mazmuni- tehnik usullarni, taktikadan individual, guruh va jamoa harakatlarini takomillashtirishdan, jismoniy, axloqiy va irodaviy hislatlarni rivojlantirishdan iborat. Sport mashg’ulotchisi bu boshqarish uslubi asosida sistemali tarzda sportchilarlar tayyorlashdir.
Ta’lim va mashg’ulot mahsus tashkil ko’p yillik yagona pedagog jarayon deb qarash zarur. Ularni bir-biridan keskin suratda ajiratib bo’lmaydi, chunki ta’lim bera turib, mashg’ulot qildiramiz va ayni chog’da mashg’ulot qildira turib ta’lim beramiz.
Ta’lim va mashg’ulotni tushuncha sifatida ajiratish tushuncha sifatida o’quv- mashg’ulot ishining o’ziga hos vazifalari borligini ravshanroq aniqlash imkonini beradi. Futbolchi tayyorlashning turli bosqichida ta’lim va mashg’ulotning salmog’I o’zgarib turadi.
Ta’lim va mashg’ulot jarayoni tarbiyaviy harakter kasb etishi darkor. Shunga ko’ra o’quv-mashg’ulot mashg’ulotlariga katta talablar qo’yilmoqda. Mashg’ulotlar shunday tartibda yurutilishi kerakki, bu mashg’ulotlar shug’ullanuvchilarni yuksak dunyoqarashi ruhida tarbiyalasin va ularda uzviy ravishda zarur malaka hamda ko’nikmalarni rivojlantirsin.
Ta’lim va mashg’ulot vazifalarini muvaffaqiyatli hal qilishi eng avvalo, murabbiyning shahsiga bog’liq, chunki u oquv-mashg’ulot jarayonida markaziy shahs hisoblanadi. Trener mahsus bilimlarini muntazam ravishda takomillashtirib, g’oyaviy-siyosiy saviyasini oshirib borishi, ilm-fan va amaliyotdagi ta’lim va mashg’ulot jarayonida joriy eta bilishi kerak.Futbolda tashkil qilingan mashg’ulotlar jismoniy tarbiya tizimi oldida turgan vazifalarni hal qilishga qaratilgandir. Mashg’ulotning asosiy mazmuni kishini mutanosib kamol toptirish, uning ijodoy mehnat qilish va Vatanni himoya qilish uchun zarur bo’lgan ma’naviy hamda jismoniy qobilyatini har tomonlama rivojlantirishdan iborat bo’lishi kerak.
Biroq futbol amaliyotida ba’zan yuksak natijalar ketidan quvib, ta’lim va mashg’ulotning sog’lomlashtirishga yo’naltirilgandek tomoni, ya’ni tarbiyaviy harakter kasb etishi sedan chiqarib qo’yiladi. Mashg’ulotga bunday bir tomonlama yondashish, odatda nohush oqibatlarga olib keladi.
Futbolchining nihoyatta sog’lom, jismonan yahshi rivojlanganligi yuksak ahloqiy-irodaviy fazilatlari futbol mahoratini egallab olishda asosiy omil bo’lib hizmat qiladi.
Futbolchilarning ta’lim va mashg’ulot jarayonida quyidagi vazifalarni hal etishi lozim:

  1. sportchilar organizmining ( nafas olish, yurak qon-tomir, va boshqa sistemalar) funksional imkoniyatlarini kengaytirish;

  2. sportchining ishchanlik qobilyatini saqlash va oshirish;

  3. sport sohasiga oid bilimni kengaytirish hamda gigiena va o’z-o’zini nazorat qilish malakalarini hosil qilish;

  4. mehnatsevarlik, intizomlilik, onglilik, faollik hislatlarini tarbiyalash.

Mashg’ulot jarayonida bu vazifalarni izchillik bilan hal qilish yuksak sport natijalarga erishish uchun inson oganizmining g’oyat katta imkoniyatlaridan to’laroq foydalanish imkonini beradi.
Raqobatchi jamoalar mahorati darajasining uzluksiz o’sib borishi futbolchilar tayyorlashga bo’lgan talablarni yil sayin har tomonlama oshirib boorish zaruratini tug’dirdi. Futbolchilar tayyorlashga qo’yilayotgan yuksak talablarning to’la-to’lis bajarilishi mashg’ulotning pedagogic prinsplarini izchil amalgam oshirish va birinchi navbatda, uning jarayonlarini ilmiy boshqarish qonuniyatlariga og’ishmay amal qilish yo’li bilan ta’minlanadi.

Download 93.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling