Yosh Kimyogarlar


Download 124.49 Kb.
bet41/54
Sana08.01.2022
Hajmi124.49 Kb.
#238268
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   54
Bog'liq
kimyo togarak ishlanmasi

Yanig darsning bayoni.

Stolga pushti va yashil ikkita qog`oz qo`yilganDilbar qog`ozlarni qo`liga oldi-da: «Mana shu qog`ozlarga bir qarang-a, ularga xat yozilgan, dedi. Lekin biz qog`ozlarni qo`limizga olib, uning orqasiga va oldiga har qancha qaramaylik, baribir ularda hech qanday xatdan asar ham yo`q edi.Dilbar biroz jilmaydi-da, spirt lampasini yoqdi va pushti qog`ozni alangadan ancha balandda biroz tutib turdi. Qarab tursak, pushti qog`ozda ko`k rang (havo rang) bilan chiroyli qilib yozilgan «yashasin tinchlik!» so`zlari paydo bo`ldi. Dilbar qo`lidagi qog`ozning xatli tomonini pastga qaratib shtativ halqasiga qo`ydi-da, yashil qog`ozni alanga ustiga tutdi, qog`ozda sariq rangli xatlar ko`rina boshladi. Shundan keyin shtativ halqasidagi qog`ozni olib, uning o`rniga yashil qog`ozni qo`ydi, lekin pushti qog`ozdagi haligi xatdan nom-nishon qolmagan edi.Sal fursatdan keyin yashil qog`ozdagi xat ham o`z-o`zidan uchib ketdi. Bu qanday hodisa? Xatlar nega paydo bo`ladi-yu, nega yashirinadi.Pushti qog`ozga oldindan kobalt (II)-xlorid tuzining eritmasi bilan, yashil qog`ozga esa nikel (ll)-xlorid eritmasi bilan xat yozib qo`yilgan edi. Odatdagi temperaturada kobalt (II)-xlorid tuzining bir molekulasi 6 molekula suvni biriktirib olib pushti rangli kristallgidrat — CoCI2-6H2O ga aylanadi. Bu qog`ozning rangi bilan qo`shilib ketadi.

U qizdirilganda kristallizatsiya suvini osonlikcha chiqarib yuborib, ko`k rangli suvsiz kobalt (II)-xlorid CoCI2 ga aylanadi, xatlar ko`rinadi. Qizdirish to`xtatilsa, yana asta-sekin havodan 6 molekula suvni biriktirib olib, pushti rangga aylanadi, xat yo`qola-di. Agar havo qanchalik ham bo`lsa, xat shuncha tezroq yo`qola-di. Xat yo`qolishini tezlatish uchun shtativ halqasi ostidagi stakan-ga qaynoq suv solib qo`yilgan edi. Bundan kocproq suv bug`i ko`tarilib, xatni tezroq rangsizlantirdi.Yashil qog`ozga esa nikel (II)-xlorid tuzining eritmasi bilan xat yozib qo`yilgan edi. Bu tuzning bir molekulasi odatdagi tem-peraturada 6 molekula suvni biriktirib yashil tusli kristallgidrat NiCI,- 6N2O ga aylanadi. Qizdirilganda bu tuz ham kristallizatsiya suvini yo`qotadi, lekin sariq tusga kiradi.Bu hodisani quyidagi tajribada ham ko`rish mumkin. Uchta probirkaga kobalt (II)-xloridning to`yingan eritmasidan oz-ozdan quyib, ularning biriga bir bo`lak suvsiz qattiq kalsiy xlorid CaCI2, ikkinchisiga konsentrlangan xlorid kislota, uchinchisiga spirt qo`shilsa, uchala probirkadagi pushti rangli eritma shu ondayoq ko`k tusga kiradi. Chunki, qo`shilgan uchala modda ham kristall-gidratdagi suvni tortib oladi.


Download 124.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling