Yosh Kimyogarlar
Download 124.49 Kb.
|
kimyo togarak ishlanmasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- BILIB QO`YGAN YAXSHI. Kofe, kakao, shokolad va choy dog`ini tozalash.
Yanig darsning bayoni.
Stol ustida kichik kimyoviy stakanda yarim stakan ko`k siyoh turibdi. Ra'no ana shu siyoh bilan oppoq qog`ozga hat yozayotir. Yarim betcha xat yozgandan keyin yozishni to`xtatdi-da, stakandagi siyohni shtativ halqasi ustidagi asbestlangan to`r ustiga qo`ydi va uning ostidan spirt lampa bilan qizdira boshladi. Oradan 4—5 minut ham o`tmagan ediki, stakandagi siyoh rangsizlana borib, oxirida tamoman rangsiz suyuqlikka aylanib qoldi. Bu hodisa hammani ajablan-tirib qo`ydi.Ra'no stakanni shtativ halqasidan olib, kosadagi sovuq suvga botirib qo'ydi-da, oq qog`ozga yozgan xatini bolalarga ko`rsatdi. Ahmad xatni o`qib ham berdi. So`ngra Ra'no xat yozilgan qog`ozni stol ustiga qo`yib ro`molchasi bilan artgan edi, oppoq qog`oz qoldi-yu xatdan asar ham qolmadi. Buni ko`rgan kishilarning taajjubi yanada ortdi. Ra'no beparvolik bilan kosa ichidagi stakanni ko`targan edi, stakanda yana ko`k siyoh paydo bo`lib qolibdi. Bu mo`jiza-ku! — dedi o`tirganlardan biri Bunda hech qanday mo`jiza yo`q,— dedi .Ra'no, bu faqat moddalarning o`zgarishi natijasida yuz beradigan hodisadir. Ra'no qo`liga probirka olib, unga biroz kraxmal kleysteri quydi va ustiga yodning kaliy yodidagi eritmasidan ozroq quygan edi, suyuqlik ko`k tusga kirdi. Ko`ryapsizki, kraxmal yod bilan ko`k rangli murakkab organik kompleks birikma hosil qiladi. U qizdirish natijasida parchalanadi. Sovitilganda yana birikadi va hokazo.Ko`k rangdagi bu kompleks organik birikma bilan qog`ozga xat yozilsa, u suvda erimaydigan modda bo`lgani tufayli qog`ozga singib ketmaydi, faqat ho`llik vaqtidagina qog`oz betiga yopishib turadi va xat sifatida ko`rinadi. Ammo qurigandan keyin kraxmal yopishib tura olmagani kabi hosil bo`lgan kompleks organik birik-ma ham qog`ozga yopishib turolmaydi va qog`oz betidan tushib ketadi. Xat BILIB QO`YGAN YAXSHI. Kofe, kakao, shokolad va choy dog`ini tozalash. Dog` bo`lgan joyni hajm suv bilan bir hajm novshadil spirt aralashmasida ho`llangan latta bilan artiladi. Gazlama yupqa bo`lsa, lattaga 2—3 tomchi glitserin tomiziladi. Deyarli hamma jun gazlamalar bir chelak suvga bir osh qoshiq gorchitsa qo`shilgan erit-ma bilan yuviladi. Download 124.49 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling