Yosh Kimyogarlar


Download 124.49 Kb.
bet15/54
Sana08.01.2022
Hajmi124.49 Kb.
#238268
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   54
Bog'liq
kimyo togarak ishlanmasi

5-To`garak mashg`uloti.
Sana: ______________ Kuni: _____________________
Mavzu: Olov sochuvchi ajdar. Kinolenta yelimi. Mustaqil yechish uchun masalalar.

Darsning maqsadi:

1. Ta`limiy maqsad: Olov sochuvchi ajdar. Kinolenta yelimi. haqida ma’limotlar berish;

2.Tarbiyaviy maqsad: O’quvchilarga mavzuda keltirilgan misollar asosida nutqini oshirish va tarbiya berish;

3.Rivojlantiruvchi maqsad: O’quvchhilarni ongini varafakkurini o’stirish, dunyoviy bilimlarini rivojlantirish.

Dasrning turi: Amaliy mashg`ulot . Yangi materialni o’rganuvchi dars.

Darsning usuli: Tushuntirish. Savol- javob va masalaar yechish

Darsning jihozi: Kimyo faniga oid rasmlar, slaydlar va o’quv darsligi.

Yanig darsning bayoni.

Ilhomjon loydan yasalgan badbashara hayvonni stol ustiga qo`yib, tinglovchilarga uni «ajdar» deb ta-nishtirdi. «Ajdar»ning katta ochilgan ko`rimsiz og`zi tepaga qarab turardi. Yana bir ko`raylik, deb qichqirib yubordi. Ajdar bo`lganda ham oddiy ajdar emas, balki afsonalardagi ajdarlar singari og`zidan olov sochuvchi «ajdar», dedi Ilhomjon.Ammo har vaqt olov sochavermaydi, faqat uning og`ziga suv tomizil-gandagina qattiq jahli chiqib og`zidan olov sochadi, — dedi-da qo`liga uzun shisha nay olib, uni qandaydir suyuqlikka botirdi. Nayning ikkinchi uchini barmog`i bilan berkitgan holda suyuqlikdan bir-ikki tomchi olib, «ajdar»ning og`ziga tomizgan edi, shu ondayoq «ajdar» og`zidan pishillagan tovush bilan ko`zni qamashtirarli darajada oq yorug` alanga otilib chiqdi. Shu paytda Ilhomjonning «ajdari» afsonalardagi ajdar-dan ham dahshatliroq, shu bilan birga juda qiziq bo`lib ko`rindi. Azimjon. U suv tomizilaversa, ajdar o`t sochaveradi. deb tushundi shekilli Yo`q, «ajdar»ning jahli bosildi. Endi qancha suvtomizsang ham o`t sochmaydi, — dedi Ilhomjon. Loydan «ajdar» yasalganda uning og`iz bo`shlig`iga kichkina angishvona o`rnatilib quritilgan (kattaroq angishvona qo`ysa ham bo`ladi).

Tajribadan ilgariroq bir xovonchada bertole tuzini, yana bir hovonchada qandni maydalab, ularning kukunlari qog`oz usti-da cho`p bilan yaxshilab aralashtiriladi. «Ajdar» og`zidagiangishvonaga shu aralashmalar to`ldiriladi. Shundan keyin aralashmaga bir tomchi kon-sentrlangan sulfat kislota tomizilsa, aralashma o`t olib «ajdar»ning og`zidan kuchli alanga otilib chiqadi.Bunga sabab shuki, bertole tuzining sulfat kislotaga ta'siridan xlor (IV)-oksid va atomar kislorod hosil bo`ladi. 2KCIO3 + H2SO4= K2SO4+ 2HCIO3 2HCIO3 = H2O + 2CIO2 + O2 . Xlor (IV)-oksid kuchli oksidlovchi bo`lganidan qandni oksid-laydi va ko`p issiqlik ajralib qand yonib ketadi . 12 CIO2+ C12H22O11 = 12CO2+11 N2O + 6CI2Reaksiya mahsulotlarining hammasi ham gazsimon (suv ham bug`ga aylanadi) bo`lganidan ular katta kuch bilan otilib chiqadi.


BILIB QO`YGAN YAXSHI. Kinolenta yelimi.
2 protsentli ishqor eritmasiga kinolentani tushirib tozalanadi. So`ngra uni atseton yoki etilatsetat efirda eritilsa,
yelim tayyor bo`ladi. U bilan sellyuloidlar va plastmassadan bo`lgan narsalar yelimlanadi.

Download 124.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling