BILIB QO`YGAN YAXSHI. Chinnini yopishtiruvchi zamazka.
100 g qizil tusli qo`rg`oshin (II)-oksid (glyot)ni temir plastinka ustida 300 gradus issiqlikda bir necha minut qizdirib,
so`ngra sovitiladi. Sovigandan keyin 25 ml suvsiz glitseringa aralashtiriladi, bunda yumshoq plastik massa hosil bo`ladi.
Bu zamazka bilan chinni idislilar sinig`ini bir-biri-ga yopishtiriladi. Zamazka ishqor va kislota ta'siriga chidamli bo`lib,
250 gradusgacha issiqlikka bardosh bera oladi.
Mustaqil yechish uchun masalalar.
1. 25 %-li natriy gidroksid eritmasi tayyorlash uchun 200 g suvga qancha massa 35 %-li eritmadan qo‘shish kerak? (J: 500 g).
2. 0,0403 massa ulushli eritma tayyorlash uchun zichligi 1,32 g/ml bo‘lgan 0,3303 massa ulushli KOH eritmasidan 300 ml suvga qancha hajm qo‘shish kerak? (Javob: 31,58 ml).
3. 2,0 kg massali 35 %-li (=1,26 g/ml) eritma tayyorlash uchun 70 % (=1,61 g/ml) li va 20 % (=1,14 g/ml) li eritmalardan qancha hajmdan aralashtirish kerak? (Javob: 372,7 ml va 1228 ml).
4. 1,4 kg 30 %-li (=1,18 g/ml) fosfat kislota eritmasini tayyorlash uchun 400 g massali 80 %-li (=1,627 g/ml) eritmaga 10 %-li (1,053 g/ml) eritmadan qancha hajm qo‘shish kerak? (Javob: 949,7 ml).
5. 700 g massali 20 %-li kalsiy xlorid eritmasi tayyorlash uchun CaCl2·6H2O kristalgidrati va tarkibida 7 % kalsiy xlorid bo‘lgan eritmadan qancha massadan olish kerak?
Do'stlaringiz bilan baham: |