Yosh Kimyogarlar
Download 124.49 Kb.
|
kimyo togarak ishlanmasi
Yanig darsning bayoni.
Mana bu oq qog`ozlarni diqqat bilan ko`zdan ke-chiring. Ularda bitta qora nuqtadan boshqa hech narsani ko`rmayotgan bo`lsangiz kerak. Ana shu nuqtaga yog`och tayoqchaning cho`g`-langan uchini tegizsam, qog`ozlarning har birida har xil rasmlar — birida yugurib borayotgan quyoncha, birida tuya, yana birida otning rasmi paydo bo`ladi. Bu rasmlarni qaysi rassom chizdi? Nega rassom ko`rinmaydi.Bu rasmlar oldindan chizib qo`yilgan edi, albatta. Ammo ular rang bilan emas, balki boshqa rangsiz modda bilan chizilganidan ko`rinmayotgan edi.Chinni kosachaga stakanga bir qoshiq chamasi qaynoq suv solinadi, unda oz-ozdan kaliy nitrat tuzini eritib (shisha tayoqcha bilan aralashtirib), to`yingan eritma hosil qilinadi. Uchi ingichka qilib yonilgan cho`pni shu eritmaga botirib olib, rasm chiziladi. Rasm chizganda shunga e'tibor berish kerakki, rasm chiziqlari bir-biri bilan kesishmasin, eritma tegmay uzilib qolgan joy bo`lmasin, chiziqning boshlangan joyi bilan tamom bo`lgan joy ham bir-biri-ga qo`shilib ketmasin.Rasm boshlangan yoki tugagan joyga qalam bilan nuqta qo`yiladi. So`ngra qog`ozlar quritiladi. Qurigandan keyin qog`oz betida nuqtadan boshqa hech narsa ko`rinmaydi. Eritmaning suvi bug`lanib ketib, kaliy nitrat tuzining juda mayda .kristalchalari qog`oz ustiga o`tirib qoladi. Nuqtaga uchi chog`langan cho`p tegizilganda ana shu kristalchalar o`zidan juda kichik uchqunlar chiqarib, qog`ozni kuydira boshlaydi. Chunki issiqlik ta'sirida kaliy nitrat tuzi parchalanib o`zidan bir atom kislorod ajratadi.KNO3 = KNO2 + O. Bu reaksiya natijasida hosil bo`ladigan issiqlik ta'sirida qog`ozning beti kuyib, qora iz qoldiradi. Download 124.49 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling