MUSTAQIL YECHISH UCHUN MASALALAR.
1. Katodda 17,8 g natriy ajratish uchun natriy xlorid suyuqlanmasidan 15 min davomida qancha tok o‘tkazish kerak? (Javob: 83 A).
2. Elektroliz natijasida anodda 830 ml (n.sh.) kislorod ajralib chiqqan bo‘lsa, kumush nitratning suvdagi eritmasidan 8 min 35 sek davomida
qancha tok o‘tgan? (Javob: 27,8 A).
3. Agar rux sulfat eritmasi 16,5 min davomida elektroliz qilinganda anodda 4,65 l (n.sh.) kislorod ajralib chiqqan bo‘lsa, eritmadan qancha tok
o‘tgan? (Javob: 80,9 A).
4. Mis kuporosi eritmasidan 2 soat mobaynida elektr toki o‘tkazilganda katodda 3,8 g mis ajralib chiqqan bo‘lsa, eritmadan o‘tgan tok kuchining
qiymatini toping. (Javob: 1,59 A).
5. Katodda 19,3 g qalay ajralishi uchun qalay (II) xloridning suyuqlanmasidan 19 min davomida qancha tok o‘tkazish kerak? (Javob: 27,5 A).
Do'stlaringiz bilan baham: |