Bilib qo`ygan yaxshi. Dog`larni kaliy permanganat eritmasi bilan tozalash.
Ikkita idishga bir litrdan suv solib, har ikkisi ham qaynatiladi. Qaynab turgan idishning biriga yupqa qilib maydalangan 20 g sovun solib eritiladi. Qaynab turgan ikkinchi idishga esa kaliy permanganat kristal-laridan bir necha dona solib, pushti rangli (binafsha rangli emas) eritma tayyorlanadi.So`ngra har ikkala qaynoq eritma bir idishga qu-yilsa, marganets (IV)-oksidning qoraqo`ng`ir tusli kol-loid eritmasi hosil bo`ladi. Qaynoq aralashmani ko`p miqdor ko`pik hosil bo`lguniga qadar tayoqcha bilan tez aralashtirib, unga dog`li material botiriladi va 6— 8 soat qoldiriladi. So`ngra materialni sovuq suv bilan chayib quritiladi. Bu aralshma zang, moy, siyoh, ko`kat va boshqalardan bo`lgan dog`larni tozalaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |