Yosh Kimyogarlar


Download 124.49 Kb.
bet48/54
Sana08.01.2022
Hajmi124.49 Kb.
#238268
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   54
Bog'liq
kimyo togarak ishlanmasi

Yanig darsning bayoni.

Mavjuda kabinetga kirib kelganda Gulsum qo`lida-gi shisha tayoqcha bilan qog`oz ustiga nimalarnidir chizib o`tirgan edi.Nima ish qilayotirsiz, o`rtoqjon? deb so`radi.Mavjuda xat yozayotirman, — dedi Gulsum. Mavjuda xaholab kulib yubordi.Qalamingiz shisha tayoq, siyohingiz suvqog`ozga «xat» yozasiz, agar qog`ozning o`rniga taxtami, bo`yrami olsangiz, afsonalardagidek xat yozish bo`lar edi, o`zingiz ham afsonalardagi qahramonlardan bo`lar edingiz, — deb kuldi.Mavjuda o`zingiz bilmaysiz-u, birovlarga ta'na qilishga tilingiz chaqqon. — Gulsum so`z bilan chimchilab oldi. Suv bilan xat yozib bilimdon bo`ladigan bo`lsam, bo`lmay qoya qolay, — deb qoshlarini chimirdi-yu, tezdan qiyofasini o`zgartirib: — kimga qanaqa xat yozdingiz donocha? Xatingizni o`qib ko`rsam maylimiMavjuda erkalangansimon Gulsumning orqasidan kelib yelkasiga qo`lini qo`ydi va iyagini uning o`ng yelkasiga tiragan boshini betiga suykagan holda Gulsum yozgan xatga tikila boshladi. Ammo qog`ozda hech qanday xat ko`rmadi. Ko`z oynagingiz uyda qolmagan bo`lsa o`qib ko`ring Qog`ozga suv bilan xat yozildi nima-yu, muzga xat yozildi nima. Issiqlikda muz suvga aylangani kabi, qog`ozdagi suv bug`lanib ketadi, xatdan asar ham qolmaydi. Bir emas, ikkita ko`zoynak taqqanda ham ko`rib bo`ltnaydi, — dedi Mavjuda Gulsum gugurt chaqib, spirt lampasini yondirdi va qo`lidagi qog`ozni spirt lampasining alangasidan 20— 25 sm balandroqda tutib turdi-da, qog`ozga qarab Ko`rin. Mavjuda opangga ko`rina qol, — dedi. kulimsirab. Oradan bir necha sekund o`tgan ediki, qog`o zda qora dog`lar ko`rina boshladi. NihoyatBu qanaqa bo`ldi?



Qani endi bu hodisaning sirini menga tushuntirib bering, donocha! — dedi. Stakandagi suv emas, — deb so`z boshladi Gulsum. Balki suyultirilgan (1:5) sulfat kislota eritmasidir. Suyultirilgan sulfat kislota qog`ozga hech qanday ta'sir qilmaydi. Uni qizdira boshlasak, kislotadagi suvlar bug`lanib ketib, konsentrlangan kislota qoladi. Bu esa, qog`ozni ko`mirlantiradi. Shuning uchun qog`ozning o`sha joylari qorayib, xat paydo bo`ladi. Nega qog`oz ko`mirlanadi? — so`radi MavjudaQog`oz asosan selyuloza (C6H10O5)n dan iborat. Konsentrlangan sulfat kislota esa, organik birikmalardagi vodorod va kislorodni ajratib, suv hosil qilib o`ziga biriktirib oladi. Uglerod esa ko`mir tarzida ajralib qoladi. (C6H1005)n = 6nC + 5nH20

Download 124.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling