Yosh Kimyogarlar
Download 124.49 Kb.
|
kimyo togarak ishlanmasi
Darsning jihozi: Kimyo faniga oid rasmlar, slaydlar va o’quv darsligi.
Yanig darsning bayoni. Stol ustiga grafin qo`yilgan. Grafin ustida uning og`ziga sig`maydigan tuxum turibdi. Salima tuxumni oldi-da, bir probirkadagi suyuqlikni grafmga quydi. U tuxumni yana joyiga qo`ygan edi grafin tuxumni yuta boshladi.Tavba, shisha tuxum yutishini tushimda ham ko`rmagan edim, — deb qo`ydi kimyo kechasida o`tir-gan Karimning onasi. Qani, bir o`ylab ko`ring-chi, grafin qanday qilib tuxumni yutdi? Bu qanday kimyoviy reaksiyaga asoslangan.Tajribani quyidagicha bajarasiz. Bir probirkada o`yuvchi kaliyning konsentrlangan eritmasidan tayyorlab qo`ying, so`ngra yaxshi pishirilgan tuxumning po`chog`ini ehtiyotlik bilan archib tashlang. Bunda tuxumning ba'zi joylari buzilsa, yirtilsa, shu-ningdek, havo pufagi tuxumning o`rta beliga to`g`ri kelib qolgan bo`lsa tajriba chiqmay qolishi mumkin. Olgan tuxumingizda shun-day nuqsonlar bo`lgan taqdirda uni boshqasi bilan almashtirish zarur.Endi suv solib qo`yiladigan odatdagi grafin yoki og`zi kengroq 1-1,5 litr sig`imli kolba oling-da, Kipp apparatidan chiqayotgan uglerod (IV)-oksid gazi bilan to`ldiring va grafin og`ziga archilgan tu-xumni qo`ying. Tuxumning diametri grafin og`zining diametridan ancha katta bo`lgani uchun uning og`ziga qopqoq bo`lib qoladi.Shundan keyin grafin og`zidagi tu-xumni olib, grafin ichiga probirkadagi o`yuvchi kaliy eritmasidan quyiladi va grafm og`ziga darhol tuxum qo`yiladi. Shu ondayoq tuxum ingichkalashib cho`zilib grafin ichiga kirib keta boshlaydi va bir necha sekund ichida grafin ichiga tushib ketadi. Xo`sh grafin tuxumni nega yutdi. .Bunga sabab shuki, grafinga o`yuvchi kaliy eritmasi quyilgan-da u karbonat angidrid bilan reaksiyaga kirishadi, natijada grafin-da bosim kamayadi. Download 124.49 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling