Yosh Kimyogarlar


Download 124.49 Kb.
bet53/54
Sana08.01.2022
Hajmi124.49 Kb.
#238268
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   54
Bog'liq
kimyo togarak ishlanmasi

Yanig darsning bayoni.

1. Ikkita ishqoriy metallning 30,4 g aralashmasi suv bilan to‘liq ta’sirlashganda 3.36 l gaz ajralib chiqqan bo‘lsa, aralashmadagi ishqoriy metallarni va ularning massa ulushlarini toping.

2. 1,40 g massali ishqoriy metall va uning oksidi aralashmasi suv bilan reaksiyaga kirishganda 1,79 g ishqor hosil bo‘lgan. Aralashmaning sifat va miqdor tarkibini aniqlang.

3. 14,15 g massali uchta tuz aralashmasi kuydirilganda 2,24 l (n.sh) gaz hosil bo‘lgan. Shu gazda 4,8 g magniy yondirilishi mumkin. Birinchi tuzda 31,84 % kaliy va 28,98 % noma’lum element va kislorod bor. Ikkinchi tuzda azot o‘zining yuqori oksidlanish darajasida, undagi kaliyning massa ulushi 38,614 %. Bundan tashqari tuz tarkibida kislorod ham bor. Uchinchi tuzning massasi olingan gazning massasidan 2,735 marta engil, unda 60,683 % noma’lum galogen va natriy bor. Boshlang‘ich aralashmadagi tuzlarning massalari va miqdorlari topilsin.

4. Ekvimolekulyar miqdorlarda olingan ikki valentli metallar karbonatlaridan tayyorlangan aralashma qizdirilganda aralashmaning massasi boshlang‘ich massasiga ko‘ra 32,33 % ga kamaygan. Qaysi metallarning karbonatlari olingan bo‘lishi mumkin?

5. Birikmalarida +2 va +3 oksidlanish darajalariga ega bo‘lgan ikkita metall aralashmasining 11,9 g massasi mo‘l xlorid kislotada eritilganda 8,96 l gaz ajralgan. Agar metallardan birining atom massasi ikkinchisinikidan 2,4 marta katta va

aralashmadagi ular atomlari soni nisbati 2:1 bo‘lsa, aralashma tarkibidagi metallarni aniqlang.



6. Tarkibida 31,58 % kislorod bo‘lgan 50 g metall oksidi vodorod atmosferasida qizdirilganda 38 g qoldiq qolgan. Reaksiya uchun qaysi metall oksidi olingan? Qoldiqning tarkibi qanday?

7. Kristall holdagi mineral tarkibida 52,684 % alyuminiy, 46,786 % kislorod, 0,419 % xrom, 0,079 % kremniy, 0,009 % kalsiy, 0,0043 % natriy; 1,1·10-4 % berilliy, 7,4·10-5 % temir va juda oz miqdorlarda boshqa elementlar bo‘lsa, mineralning eng oddiy formulasi qanday bo‘ladi?

8. Eng yuqori oksidlanish darajasiga ega bo‘lgan metall oksidi tarkibida 49,55 %, quyi oksidlanish darajasiga ega bo‘lgan oksidi tarkibida 22,54 % kislorod bo‘lsa, metallning nisbiy atom massasini toping.


Download 124.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling