Yosh Kimyogarlar


Mustaqil yechish uchun masalalar


Download 83.93 Kb.
bet33/36
Sana27.02.2023
Hajmi83.93 Kb.
#1234296
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   36
Bog'liq
Kimyo to\'garak

Mustaqil yechish uchun masalalar.


1.Proton nazariyasiga ko‘ra quyidagi NH3, CH3NH2, CH3OH, KNH2, HCl, HNO3, NaCl, NH4OH moddalardan qaysilari asos hisoblanadi?
(Javob: NH3, CH3NH2, KNH2, NH4OH).
2.. Proton nazariyasiga ko‘ra quyidagi NH3, H2SO4, CH3NH2HClO4, CH3OH2+, KHSO4, MgOHCl, NH4NO3, NaCl, (NH4)2SO4 moddalardan
qaysilari kislota hisoblanadi? (Javob: H2SO4, CH3NH2HClO4, CH3OH2+, KHSO4, NH4NO3, (NH4)2SO4).
3. Elektron nazariyasiga ko‘ra quyidagi FeSO4, Al(ClO4)3, K2SO4, MgCl2, NH3, BCl3, NH4OH moddalardan qaysilari asos hisoblanadi?
(Javob: NH3, NH4OH).
4. Elektron nazariyasiga ko‘ra quyidagi FeSO4, Al(ClO4)3, K2SO4, MgCl2, FeCl3, NH3, BCl3 moddalardan qaysilari kislota hisoblanadi?
(Javob: FeSO4, Al(ClO4)3, FeCl3, BCl3).
5.20 g massali oltingugurt 30 g massali kislorodga to‘g‘ri kelsa, shu oksidning eng oddiy formulasi qanday bo‘ladi?
Uyga vazifa: berilgan masalalarni yechib kelish.
17-To`garak mashg`uloti.


Sana: ______________ Kuni: _____________________


Mavzu: Tuxumxo`r grafin. Mendeleyev zamazkasi. Mustaqil yechish uchun masalalar.


Darsning maqsadi:
1. Ta`limiy maqsad: Suvda sut hosil qilish. Zang dog`ini tozalash haqida ma’lumotlar berish;
2.Tarbiyaviy maqsad: O’quvchilarga mavzuda keltirilgan misollar asosida nutqini oshirish va tarbiya berish;
3.Rivojlantiruvchi maqsad: O’quvchilarni ongini tafakkurini o’stirish, dunyoviy bilimlarini rivojlantirish.
Darsning turi: Amaliy mashg`ulot . Yangi materialni o’rganuvchi dars.
Darsning usuli: Tushuntirish. Savol- javob va masalalar yechish
Darsning jihozi: Kimyo faniga oid rasmlar, slaydlar va o’quv darsligi.
Yangi darsning bayoni.
Stol ustiga grafin qo`yilgan. Grafin ustida uning og`ziga sig`maydigan tuxum turibdi. Salima tuxumni oldi-da, bir probirkadagi suyuqlikni grafmga quydi. U tuxumni yana joyiga qo`ygan edi grafin tuxumni yuta boshladi.Tavba, shisha tuxum yutishini tushimda ham ko`rmagan edim, — deb qo`ydi kimyo kechasida o`tir-gan Karimning onasi. Qani, bir o`ylab ko`ring-chi, grafin qanday qilib tuxumni yutdi? Bu qanday kimyoviy reaksiyaga asoslangan.Tajribani quyidagicha bajarasiz. Bir probirkada o`yuvchi kaliyning konsentrlangan eritmasidan tayyorlab qo`ying, so`ngra yaxshi pishirilgan tuxumning po`chog`ini ehtiyotlik bilan archib tashlang. Bunda tuxumning ba'zi joylari buzilsa, yirtilsa, shu-ningdek, havo pufagi tuxumning o`rta beliga to`g`ri kelib qolgan bo`lsa tajriba chiqmay qolishi mumkin. Olgan tuxumingizda shun-day nuqsonlar bo`lgan taqdirda uni boshqasi bilan almashtirish zarur.Endi suv solib qo`yiladigan odatdagi grafin yoki og`zi kengroq 1-1,5 litr sig`imli kolba oling-da, Kipp apparatidan chiqayotgan uglerod (IV)-oksid gazi bilan to`ldiring va grafin og`ziga archilgan tu-xumni qo`ying. Tuxumning diametri grafin og`zining diametridan ancha katta bo`lgani uchun uning og`ziga qopqoq bo`lib qoladi.Shundan keyin grafin og`zidagi tu-xumni olib, grafin ichiga probirkadagi o`yuvchi kaliy eritmasidan quyiladi va grafm og`ziga darhol tuxum qo`yiladi. Shu ondayoq tuxum ingichkalashib cho`zilib grafin ichiga kirib keta boshlaydi va bir necha sekund ichida grafin ichiga tushib ketadi. Xo`sh grafin tuxumni nega yutdi. .Bunga sabab shuki, grafinga o`yuvchi kaliy eritmasi quyilgan-da u karbonat angidrid bilan reaksiyaga kirishadi, natijada grafin-da bosim kamayadi.



Download 83.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling