Yosh mutahassisni ish bilan ta'minlashga ko'maklashish to'


Download 79.5 Kb.
bet1/4
Sana18.09.2023
Hajmi79.5 Kb.
#1680507
  1   2   3   4
Bog'liq
2023-2024 o\'quv yil 4 2 amalyot shartnomasi


СHIRCHIQ DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI TALABALARINING “4+2” TARTIBI BOʻYICHA MALAKAVIY AMALIYOT O‘TASH TOʻG‘RISIDA
_________-sonli SHARTNOMA


202_ y. ____- ____________ Chirchiq shahri

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 11-maydagi “2022-2026 yillarda xalq ta’limini rivojlantirish bo‘yicha milliy dasturni tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-134-son Farmoni hamda 2022 yil 21 iyundagi “Pedagogik ta’lim sifatini oshirish va pedagog kadrlar tayyorlovchi oliy ta’lim muassasalari faoliyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-289-son qaroriga muvofiq pedagog kadrlar tayyorlovchi oliy ta’lim muassasalari kunduzgi ta’lim shaklida tahsil olayotgan 2-4 bosqich talabalari uchun haftalik o‘quv mashg‘ulotlari “4+2” tartibida maktabgacha va umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida amaliyot o‘tishini ta’minlash maqsadida Chirchiq davlat pedagogika universiteti (keyingi oʻrinlarda Universitet, deb yuritiladi) nomidan taʼlim muassasasi Ustavi hamda malakaviy pedagogik amaliyot Nizomiga asoslanib, ish yurituvchi rektor Muxamedov Gafurjon Isroilovich, bir tomondan, nomidan tashkilot Ustaviga asoslanib ish koʻruvchi _____________________________________________________ (keyingi oʻrinlarda Qabul


(korxona, tashkilot rahbari familiyasi, ismi, otasining ismi)
qiluvchi muassasa, deb yuritiladi) ikkinchi tomondan ushbu shartnomani quyidagilar haqida tuzdilar.

  1. SHARTNOMANING PRЕDMЕTI

1.1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 11-maydagi “2022-2026 yillarda xalq ta’limini rivojlantirish bo‘yicha milliy dasturni tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-134-son Farmoni hamda 2022 yil 21 iyundagi “Pedagogik ta’lim sifatini oshirish va pedagog kadrlar tayyorlovchi oliy ta’lim muassasalari faoliyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-289-son qaroriga muvofiq pedagog kadrlar tayyorlovchi oliy ta’lim muassasalari kunduzgi ta’lim shaklida tahsil olayotgan 2-4 bosqich talabalari uchun haftalik o‘quv mashg‘ulotlari “4+2” tartibida maktabgacha va umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida amaliyot o‘tishini tashkil etish hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 27-iyuldagi PQ-3151-son va 2018-yil 5-iyundagi PQ-3775 qarorlari ijrosini ta’minlash maqsadida amaliyotchi-talabaning malakaviy amaliyot oʻtashi, oliy maʼlumotga ega boʻlgan yosh mutaxassis (bakalavr)larning intellektual salohiyatidan unumli foydalanish va ularni mavjud ish oʻrinlari bilan ta’minlashga koʻmaklashiladi.
1.2.“4+2” tartibdagi amaliyot pedagogika oliy ta’lim muassasalarida uzluksiz ta’limga hozirgi kunning zamonaviy talablariga javob beradigan yetuk mutaxassislarni tayyorlash tizimining samaradorligi va sifatini oshirish uchun ikkinchi kursdan boshlab ta’lim yo‘nalishlari mutaxassislik fanlaridan amaliy mashg‘ulotlarni o‘quv darslariga muvofiq tashkil etishni belgilaydi.
1.3. “4+2” tartibidagi malakaviy amaliyot 2-kurslarda ─ “Oʻquv tanishuv” amaliyoti, 3-kurslarda ─ “malakaviy oʻquv” amaliyoti va 4-kurslarda ─ “Malakaviy pedagogik” amaliyot tarzida tashkil etiladi.
1.4.“4+2” tartibidagi amaliyot bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari o‘quv rejalariga muvofiq ikkinchi kursdan boshlab tizimli ravishda oliy ta’lim muassasasi tomonidan ishlab chiqiladigan hamda qabul qiluvchi tashkilot bilan kelishib tasdiqlanadigan amaliyot dasturi asosida amalga oshiriladi.
1.5. bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha pedagogik mutaxassislar tayyorlashning muhim qismi bo‘lgan amaliyot ta’lim-tarbiya jarayoniga zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalarini muvaffaqiyatli qo‘llayotgan, bu borada yetarli darajada ish tajribalariga ega bo‘lgan, o‘quv-moddiy ta’minoti bugungi kun talabalariga javob beradigan uzluksiz ta’lim tizimining maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta-maxsus, maxsus maktab internatlar, akademik litsey va kasb-xunar ta’limi muassasalarida o‘tkaziladi.

Download 79.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling