Yosh mutahassisni ish bilan ta'minlashga ko'maklashish to'
II. Tomonlarning huquq va majburiyatlari
Download 79.5 Kb.
|
2023-2024 o\'quv yil 4 2 amalyot shartnomasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qabul qilivchi muassasa
II. Tomonlarning huquq va majburiyatlari
Universitet 2.1. amaliyotga ketayotgan talabalarga oldindan amaliyot o‘tkazish tartiblari, xavfsizlik texnikasi haqida zarur ko‘rsatmalar va yo‘l-yo‘riqlar ko‘rsatish; 2.2. zaruriyatga muvofiq qabul qiluvchi tashkilotga amaliyot boshlanishidan oldin borib, talabalar kelishiga zaruriy tayyorgarlik ishlarini tashkil etish; 2.3 amaliyotning butun davri uchun talabalarga amaliyot dasturi asosida reja-jadvalini tuzish, qabul qiluvchi tashkilotdan amaliyot rahbari bilan birgalikda ishning hajmi va tarkibini belgilash; 2.4. talabalarni amaliyot reja-jadvali va dasturi hamda kundalik bilan ta’minlash; 2.5. talabalarning amaliyot o‘tash joyiga yetib borishi va qaytishini nazorat qilish; 2.6. qabul qiluvchi tashkilotdan amaliyot rahbari bilan talabaning amaliyotni o‘tashi holati bo‘yicha muntazam ravishda aloqada bo‘lish; 2.7. amaliyot muddatlariga rioya qilinishini, shuningdek, amaliyot reja-jadvali va dasturi bajarilishini hamda kundalikni har kunlik to‘ldirishini nazoratini olib borish, uslubiy yordam ko‘rsatish ishlarini, zarur hollarda, talabalarning amaliyot o‘tash joylariga borib ko‘rish yo‘li bilan amalga oshirish; 2.8. talabalarning amaliyot hisobotini yozishga ko‘rsatma va tavsiyalar berish; 2.9. talabalarning amaliyot bo‘yicha hisobot himoyasida ishtirok etish va baholash; 2.10. amaliyotni o‘tashni takomillashtirish yuzasidan zarur hollarda o‘z taklif va mulohazalarini kafedra mudiriga (fakultet va Universitet Kengashida ko‘rib chiqish uchun) taqdim etish; 2.11. Amaliyot o‘taydigan talabalarning ro‘yxatini shartnomaga ilova qilish. Qabul qilivchi muassasa 2.12. universitet bilan talabalar amaliyotni o‘tashi to‘g‘risida shartnomalar tuzadi; 2.13. amaliyotni o‘tash davrida talabalarga amaliyotchi maqomini beradi; 2.14. amaliyotni tashkil etishga ko‘maklashadi, malakali va tajribali mutaxassislar orasidan amaliyotchi bilan ishlash ko‘nikmasiga ega bo‘lgan amaliyot rahbarini tayinlaydi; 2.15. qabul qiluvchi tashkilot ma’muriyati yoki biriktirilgan rahbar tomonidan amaliyotchi talabalarning amaliyotga kelishi va topshiriqlarni bajarishi yuzasidan nazorat qilish mexanizmi joriy qilinadi. 2.16. amaliyotchilar uchun ish joyi va amaliyot davrida foydalanish uchun zaruriy materiallar ajratilishini tashkil etadi, faoliyati doirasida amaliyotchi talabalarga oylik maoshlar belgilashi mumkin; 2.17. hayot faoliyati va texnika xavfsizligi bo‘yicha zaruriy ko‘rsatmalar beradi, zarur bo‘lgan hollarda talabalarga mehnatning xavfsiz usullarini o‘rgatadi va bu haqda tegishli hujjatlarni rasmiylashtiradi; 2.18. amaliyot dasturiga muvofiq talabalarga joriy qilinadigan shart-sharoitlarni yaratadi; 2.19. talabalarga mavjud adabiyotlar, texnik va boshqa hujjatlardan foydalanish imkoniyatlarini beradi; 2.20. amaliyot samaradorligini oshirish maqsadida dasturda maktab rahbariyati uchun ajratilgan ballarni talabalarning amaliyot davrdagi faolliklari va oʻzlashtirish koʻrsatkichlariga muvofiq baholaydilar; 2.21. amaliyotchiga amaliyot davri davomida moliyaviy imkoniyat doirasida ish haqi to‘lanadigan lavozimga ishga qabul qilish masalasini hal qiladi; 2.22. tashkilotning ichki mehnat intizomini buzgan talaba haqida qabul qiluvchi tashkilot Universitet rektori (direktori)ga xabar qiladi; 2.23. talaba amaliyotni o‘tash davrida amaliyot o‘tash joyida baxtsiz hodisaga uchragan holatlar bo‘yicha javobgarlik masalalarini qonunchilik hujjatlari asosida ko‘rib chiqadi; 2.24. amaliyotchi-talabani amaliyot davrida bitiruv malakaviy ishi yuzasidan aprobasiyasini oʻtkazishga amaliy yordam berish; 2.25. qabul qiluvchi tashkilot rahbari talaba ta’lim olayotgan yo‘nalishi (mutaxassisligi) bo‘yicha bo‘sh ish joylari mavjud bo‘lgan taqdirda, uni vaqtinchalik ish xaqi to‘lanadigan lavozimga tayinlashi hamda talaba o‘qishni bitirgandan so‘ng to‘liq ish bilan ta’minlashi mumkin. Download 79.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling