Yosh mutaxassislarni ish bilan ta’minlashga ko‘maklashish to‘g‘risida Shartnoma


Download 28.31 Kb.
Sana11.03.2023
Hajmi28.31 Kb.
#1259093
Bog'liq
Шартнома битирувчи-2023


Yosh mutaxassislarni ish bilan ta’minlashga ko‘maklashish to‘g‘risida


ShARTNOMA №_______

(______________________________ asosida bitiruvchi talaba, oliy ta’lim muassasasi


va ish beruvchi o‘rtasida tuziladi)

Namangan shahri “____”___________2023 yil


Namangan muhandislik - qurilish instituti (NamMQI) nomidan uning Ustaviga asoslanib ish yurituvchi rektor Sh.Ergashev bir tomondan, _________________________________________________________________________________­­­___nomidagi


(tashkilot nomi)
korxona Ustaviga asoslanib ish ko‘ruvchi ________________________________________________________
(tashkilot rahbari, F.I.Sh.)
ikkinchi tomondan (keyingi o‘rinlarda ”Ish beruvchi” deb nomlanadi) va NamMQIning ______________________________________________________________________________________ta’lim
yo‘nalishi, mutaxassisligi bo‘yicha 20__ yilda bitiruvchi______________________________________________
__________________________________________________________________________________________da
yashovchi____________________________________________________________________ (keyingi o‘rinlarda
(talabaning F.I.Sh.)
“Bitiruvchi” deb nomlanadi) uchinchi tomondan davlat granti va shartnoma asosida oliy ta’limga ega bo‘lgan yosh mutaxassis(bakalavr, magistr) larni ish bilan ta’minlash maqsadlarida ushbu shartnomani tuzdilar:



  1. SHARTNOMANING MAZMUNI

1.1. Davlat grantlari va shartnoma asosida Namangan muhandislik-qurilish instituti (NamMQI) ni bitiradigan yosh mutaxassis (bakalavr, magistr) larni intellektual salohiyatidan unumli foydalanish va ularni ish bilan ta’minlashda ko‘maklashish.




2. TOMONLARNING HUQUQLARI:
2.1. Namangan muhandislik-qurilish instituti:
2.1.1. Talabaga amaliyotni o‘tashda bevosita ”Ish beruvchi” bilan hamkorlikda, ishlab chiqarishda tashkil etish.
2.1.2. Talaba taqsimot bo‘yicha ishga bormagan taqdirda egallagan mutaxassisligi to‘g‘risidagi xujjat o‘rniga ma’lumotnoma berish to‘g‘risidagi masalani maxsus komissiyada ko‘rib chiqish.
2.2. ”Ish beruvchi”:
2.2.1. Namangan muhandislik-qurilish institutining ishchi o‘quv rejasi va dasturlari bilan tanishish hamda ularni ishlab chiqarish talablariga muvofiqlashtirish yuzasidan o‘z takliflarini berish.
2.2.2. Yakuniy davlat attestasiyasida attestasiya komissiyasi a’zosi sifatida qatnashish.
2.3. “Bitiruvchi”:
2.3.1. O‘qish faoliyati davrida belgilangan amaliyotlarni ”Ish beruvchi” korxonasida o‘tash.
2.3.2. Namangan muhandislik-qurilish institutini bitirgandan so‘ng ega bo‘lgan mutaxassisligi doirasida ish bilan ta’minlashni talab qilish.
2.3.3. Taqsimot bo‘yicha ish joyida belgilangan imtiyozlarni o‘z vaqtida berilmagan taqdirda qonunchilikda o‘rnatilgan tartibda undirib olish.


3. TOMONLARNING MAJBURIYATLARI:

3.1. Namangan muhandislik-qurilish instituti:


3.1.1. “Bitiruvchi”ni O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” qonunlari asosida ishlab chiqilgan me’yoriy hujjatlar talablariga javob beradigan mutaxassis etib tayyorlash.
3.1.2. ”Ish beruvchi”ga “Bitiruvchi” to‘g‘risida tegishli tavsiyanomalar berish hamda “Bitiruvchi”ning korxonadagi mehnat faoliyati monitoringini olib borish
3.1.3. “Bitiruvchi” ishga joylashgandan keyin uch yil davomida unga zaruriy uslubiy yordam ko‘rsatish.
3.1.4. Shuningdek, tomonlarning roziligiga asosan quyidagi shartlarni bajarish majburiyatini ham oladi:
a)____________________________________________________________________________________
b)____________________________________________________________________________________
v)____________________________________________________________________________________
3.2. “Ish beruvchi”:
3.2.1. O‘z mutaxassisligi bo‘yicha malaka tavsifnomasida nazarda tutilgan, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari klassifikatoriga muvofiq ish bilan ta’minlash.
3.2.2. “Bitiruvchi”ga mehnat faoliyati davomida uslubiy yordamlar ko‘rsatish.
3.2.3. Quyidagi ijtimoiy yordam ko‘rsatish va imtiyozlar berish:
a)____________________________________________________________________________________
b)____________________________________________________________________________________
v)____________________________________________________________________________________
3.3. “Bitiruvchi”:
3.3.1.“Ish beruvchi” korxonasiga ta’lim muassasasini bitirgandan so‘ng yo‘llanmada ko‘rsatilgan muddatda yetib kelishi.
3.3.2. Taqsimot bo‘yicha ishga yuborilgan joydagi mehnat faoliyati davrida malaka oshirish va ilmiy-tadqiqot faoliyati uchun NamMQI imkoniyatlaridan beg‘araz shaklda foydalanish.
3.3.3.NamMQIning ishga taqsimlash Komissiyasi qarori bo‘yicha yuborilgan joyda belgilangan muddatni (uch yil) to‘liq ishlab berish.


4. SHARTNOMANING AMAL QILISH MUDDATI VA
UNI BEKOR QILISH TARTIBI
4.1. Taraflardan birining talabi bilan shartnoma quyidagi hollarda qonunda belgilangan tartibda bekor qilinishi mumkin:
4.1.1. “Bitiruvchi”ning malakasi, bilimi ushbu mutaxassis uchun amalda o‘rnatilgan Davlat ta’lim standartlari talablariga javob bermasa;
4.1.2 . “Ish beruvchi” tomonidan shartnoma majburiyatlari bajarilmagan taqdirda.
4.2. Ushbu shartnoma tomonlarning barchasi imzolaganidan so‘ng kuchga kiradi hamda shartnoma to‘liq bajarilgunga qadar amalda bo‘ladi.


TOMONLARNING REKVIZITLARI:





Download 28.31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling