Yosh olimlar ilmiy-amaliy konferensiyasi
Download 371.65 Kb. Pdf ko'rish
|
Yosh olimlar 0321
- Bu sahifa navigatsiya:
- O‘zbek tili va adabiyoti yo‘nalishi 2-bosqich talabasi Muratova Nafisa Baxtiyarovna
- Tayanch so‘zlar
- YOSH OLIMLAR ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
YOSH OLIMLAR ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/yo 75 MUQIMIY ASARLARINING TIL XUSUSIYATI Juraboyeva Maxliyo Aʼzamjon qizi Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika universiteti Gumanitar fanlar fakulteti O‘zbek tili va adabiyoti yo‘nalishi 2-bosqich talabasi Muratova Nafisa Baxtiyarovna Ilmiy rahbar: O‘zbek tilshunosligi kafedrasi o‘qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.7944537 Annotatsiya: Ushbu maqola XIX asrning ikkinchi yarmi va XX asrning boshlaridagi ijodkorlar , xususan, Muqimiy va Furqat asarlari tilining hozirgi o‘zbek adabiy tiliga solishtirma tahlili to‘g‘risida. Maqolada Muqimiy va Furqatning eski o‘zbek adabiy tilidan va rus tilidan kirib kelgan so‘zlardan qanday foydalangani haqida ham bilib olasiz. Tayanch so‘zlar: soʻzlashuv uslubi, badiiy uslub, folklor uslubi, fonetik hodisalar, hozirgi o‘zbek adabiy tili, eski o‘zbek adabiy tili, ruscha so‘zlar, rus tili leksikasi unsurlari. XIX asrning ikkinchi yarmi ijtimoiy va siyosiy voqealarga boy bo‘lib oʻzbek xalqining tarixida, oʻzbek adabiy tilining taraqqiyotida muhim oʻrin egallaydi. Masalan, oʻsha davrda ijtimoiy- siyosiy, ilmiy, texnikaviy, kasb-hunar va boshqa sohalarga oid atamalar, turmushga zarur boʻlgan jihozlar,ust-bosh kiyimlarining nomi oʻzbek tiliga qabul qilindi. Demokrat shoirlar uslubida ham yangiliklar vujudga keldi. Ilgʻor maʼrifatparvarlar adabiy tilni yangi grammatik shakllar va rus tilining leksik unsurlari bilan boyitdilar. Jumladan, oʻzbek demokratik adabiyotining rivojlanishiga katta hissa qoʻshgan mashhur shoirlardan biri Muhammad Aminxoʻja Muqimiy oʻzbek adabiy tilini boyitishda ham faxrli oʻrinlarni egallaydi. Maʼlumki, oʻzbek adabiy tili koʻp asrlik anʼanaga ega boʻlib, u Alisher Navoiy tomonidan shakllantirilgan va rivojlantirilgan. Biroq zamonlar oʻtishi bilan Navoiy tilidagi ayrim shakllar oʻzgarib, eskira boshladi. Muqimiy tili Alisher Navoiy tilining – eski oʻzbek adabiy tilining davomi hisoblansa-da, undan koʻp jihatdan farq qiladi. Chunki Muqimiy asarlari tilida soʻzlashuv nutqiga xos xususiyatlar, mumtoz adabiyotga xos badiiy uslub va grammatik shakllar hamda rus tiliga xos leksik unsurlar uchraydi. Muqimiyning oʻzbek adabiy tiliga qoʻshgan hissasi uning xalqchilligida namoyon boʻladi. U xalqqa tushunarli tilda yozishni oʻz uslubining ajralmas qismi deb biladi va oldingi asrlardagi ijodkorlardan birmuncha ildamlab ketdi. Muqimiy asarlari tili xalq va folklor tili hisobiga boyidi va rivojlandi. Masalan, uning “Tanobchilar”, “Toʻy”, “Moskovchi boy taʼrifida” kabi asarlari folklor uslubi bilan boshlanadi. Bundan tashqari u xalq tiliga xos boʻlgan erkalash, kichraytirish qoʻshimchalaridan ham foydalangan. Masalan: Zulf-u kokilchalari yuzginasiga tushgan, Anga oʻxsharki, tutar oyginani holigina. Muqimiy asarlarini koʻzdan kechirarkanmiz baʼzi hollarda fonetik hodisalar (matateza, anakopa) mavjudligini uchratamiz. Bu ham soʻzlashuv uslubiga xosdir. Muqimiyning hajviy sheʼrlarida, sheʼriy va nasriy yoʻl bilan bitilgan maktublarida rus tilidan kirib kelgan soʻzlar uchraydi. Maʼlumki, ruscha soʻzlar ogʻzaki tarzda kirib kelgan. Chunki oʻsha davrda chet soʻzlar uchun orfografik qonunlar belgilanmagan edi. Shunga muvofiq Muqimiy asarlarida quyidagicha soʻzlar uchraydi: Oʻrus (рус), kantur (контора),zovut (завод), kupes (купец), uyez (уезд), poliska (полиция), kalaska (коляска), pritup (пристав), ка ла ска (коляска), pritup (пристав), moshin YOSH OLIMLAR ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/yo 76 (машина), doʻxtur (доктор), bulus (волость), ishtirop (штраф), zakun (закон), zakolat (заклад) va boshqalar. Muqimiy bu soʻzlarni baʼzi oʻrinlarda maʼnosini toraytirib, baʼzi oʻrinlarda esa kengaytirib qoʻllagan. Bundan tashqari u asarlarida maʼlum uslubiy maqsad taqozosi bilan xususiy til yaratishda ruscha soʻzlardan foydalangan. Masalan: Topib mardikorini – “Сейчас yuring, Пожалуйста,– der erdi, – emdi turing”. Xulosa qilib aytganda Muqimiy oʻz gʻoyalari, yuksak orzu-istaklarini badiiy-estetik jihatdan taʼsirchan va xalqqa tushunarli boʻlishi uchun soʻzlashuv uslubi hamda rus tili leksik unsurlaridan foydalangan. U rus tilidagi soʻzlarni birinchi boʻlib oʻzbek adabiy tiliga olib kirgan va uning taraqqiyotiga munosib hissa qoʻshgan. References: 1. U.Tursunov, B.O‘rinboyev, A.Aliyev “O‘zbek adabiy tili tarixi” darslik. Toshkent: “O‘qituvchi”, 1995. 2. uz.m.wikipedia.org sayti. 3. www.ziyouz.com internet kutubxonasi 4. А,Shomahsudov materiallari 5. Muqimiy “Moskovchi boy taʼrifida” 6. R.Sayfullayeva, B.Mengliyev, G.Boqiyeva, M.Qurbonova, Z.Yunusova, M.abuzalova “Hozirgi o‘zbek adabiy tili” darslik. Toshkent: “Fan va texnologiya”, 2010 Download 371.65 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling