Yosh o'Qİtuvchilar kasbiy mahoratiNİ takomillashtiRİsh reja


Chizma. O‘qituvchining kasbiy refleksiyasi asosida pedagogik


Download 153.5 Kb.
bet4/8
Sana08.11.2023
Hajmi153.5 Kb.
#1756293
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
17. yosh o\'qituvchilar kasbiy mahoratini takomillashtirish

Chizma. O‘qituvchining kasbiy refleksiyasi asosida pedagogik
mahoratining rivojlanishi.


O‘z–o‘zini bilish jarayoni o‘qituvchining pedagogik mahorati doirasida ma’lumotlarni qayd qilish darajasida kechadi, bunda refleksiyaning passiv shakli ustuvorlik qiladi. O‘qituvchi pedagogik faoliyatida yuzaga kelayotgan turli qiyinchiliklar va muammolarning sabablarini, erishilayotgan yutuqlar va natijalarni shunchaki qayd qilib boradi.
O‘z – o‘zini anglash jarayoni o‘qituvchining o‘z faoliyati va unda o‘ziga nisbatan «metapozitsiya» (noaniq pozitsiyada)da turib, o‘ziga tashqaridan qarash, o‘zini kuzatish malakasini ko‘zda tutadi. Bunda, interiorizatsiya (tashqi omillarning ichki omillarga o‘tishi) hodisasi amalga oshadi, kasbiy qiyinchiliklarning kelib chiqish sabablari rasmiylashtiriladi; faoliyatdan ko‘zlanadigan asosiy maqsad aniqlanadi, refleksiv – «MEN» shakllanadi. Bu o‘qituvchining dolzarb rivojlanish zonasi bilan bog‘liq.
O‘z – o‘zini belgilash jarayonida boshlang‘ich daraja kasbiy ehtiyojlarni hisobga olib belgilanadi va jadal imkoniyatlar asosida faoliyat rejalashtiriladi. Strategik, taktik va tezkor vazifalar shakllantiriladi. Haqiqiy «MEN» va ideal «MEN» nisbatlanadi6. Bu o‘qituvchining eng yaqin rivojlanish darajasi7 bilan bog‘liq.
O‘z – o‘zini rivojlantirish jarayonida o‘qituvchining kasbiy faoliyati davomida takomillashtirilgan pedagogik mahorati, refleksiyalangan (ya’ni avval foydalanilgan va ularning samaradorligini baholash natijasida tobora optimal bo‘lib chiqqan metodlar) harakat usullari va metodlarining o‘sishi sodir bo‘ladi.
O‘z – o‘zini nazorat qilish o‘qituvchi pedagogik faoliyati jarayonida nazariy va amaliy tajribalar asosida, o‘z – o‘zini kasbiy jihatdan nazorat qilib, pedagogik mahoratini yanada takomillashtirib borishning ikkinchi shakli boshlanishini nazarda tutadi.
Yuqorida ta’kidlanganidek, refleksiya muammosi nafaqat pedagogika, psixologiya, falsafa, mantiq kabi fanlarda, balki boshqa fanlarda ham o‘rganiladi. Bu tushuncha talqiniga biz ta’lim rivojlanishining falsafiy konsepsiyasi (V.V.Kraevskiy, B.T. Lixachyov, Ya.S.Turbovskiy va boshqalar.) g‘oyalari nuqtai nazaridan yondashamiz. Bu holatda kishining dunyo, jamiyat, o‘zining bu dunyodagi o‘rni haqidagi tobora umumiy, keng tushunchalarining pedagogik voqelik bilan aloqasi refleksiya predmeti sanaladi. Ta’kidlash joizki, dastlab ongda bilimlarning falsafiy refleksiya oqimidagi tahlili kechadi, keyin u pedagogik nazariya tarkibiga kiradi va uning bir qismiga aylanadi, so‘ngra faoliyatni nazariy jihatdan anglashning boshlang‘ich nuqtasi bo‘lib qoladi. Shu tariqa inson o‘z ongini, faoliyatini rivojlantirish mexanizmlarini egallash va ularni maqsadli boщqarish imkoniyatini qo‘lga kiritadi.
B.G.Ananev, inson xarakterining shakllanish jarayonini tahlil qilib, refleksiv xossalar shaxsning boshqa sifatlariga qaraganda ancha kech shakllanishini aytadi. Uning fikricha: «inson hayoti davomida o‘zaro munosabatlarning ko‘plab ob’ektlari orqali o‘tadi, natijada uning ongi o‘z-o‘zini anglash ob’ektiga aylanadi. O‘zining xulq–atvor sub’ekti sifatida ko‘p marotaba anglash tajribasini to‘plash va unga munosabatlar, biz refleksiya deb ataydigan xarakterga aylanishi uchun, xulq–atvorda uni muntazam qo‘llash talab qilinadi».
Ushbu fikr kasbiy refleksiyaning rivojlanishi, buning natijasi o‘laroq, shaxsning faoliyat xususiyatlari bilan balgilangan refleksiv qirralari shakllanishini ta’minlaydigan ma’lum sharoitlar, vaziyatlarni yaratish zaruriyati haqida xulosa qilish imkoniyatini beradi.
Shunday qilib, olimlarning tadqiqotlariga tayanib, ta’kidlash mumkinki, o‘qituvchining kasbiy pedagogik mahoratini rivojlantirish muammosini faqat uning kasbiy refleksiyasini takomillashtirish asosida hal qilish mumkin. Kasbiy pedagogik refleksiya nafaqat kasbiy faoliyat, balki, bilim, ko‘nikma va malakalarning o‘sishini ta’minlaydi hamda ushbu faoliyatni takomillashtirish asosi ham sanaladi.
Har qanday o‘qituvchi o‘z–o‘zini tarbiyalash va o‘z–o‘zini rivojlantirishga hatto juda kuchli intilishi bo‘lsa ham, o‘zining shaxsiy rivojlanish dasturini maxsus malakalarsiz belgilay olmaydi, bu pedagogik faoliyatdagi muvaffaqiyatga erishish, o‘qituvchining o‘z ustida ishlashga tayyorgarligi, uning o‘z–o‘zini tahlil qila olishi, o‘z–o‘zini tashhislash qobiliyatining qanchalik shakllanganligi bilan bog‘liq.

Download 153.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling