Yosh o’quvchilarning aqliy tarbiyasi dilnoza Nazirqulova
Download 417.1 Kb. Pdf ko'rish
|
yosh-o-quvchilarning-aqliy-tarbiyasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch so’zlar: aql
SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 3 ǀ ISSUE 3 ǀ 2022 ISSN: 2181-1601 Uzbekistan www.scientificprogress.uz Page 956 YOSH O’QUVCHILARNING AQLIY TARBIYASI Dilnoza Nazirqulova Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o’zbek tili va adabiyoti universiteti, Tarjima nazariyasi va amaliyoti fakulteti 203-guruh talabasi ANNOTATSIYA Ushbu maqolada o’quvchilarning aqliy tarbiyasi va bu tarbiyaning ahamiyatlari, uning muhimligi va hayotda tutadigan o’rni haqida yoritib berilgan. Tayanch so’zlar: aql, tarbiya, dunyoqarash, e'tiqod, aqliy rivojlanish, aqliy tarbiya va uning vazifalari. Aql - kishining o'z idroki, qalbi va fikri asosida dunyoviy, hayotiy haqiqatlarni anglash va ularga o'z faoliyatida ma’naviy-insoniy nuqtai nazardan amal qilish imkonini beruvchi ne’matdir. Aql - inson kamolotining harakatlantiruvchi kuchi bo'lib, uning yordamida odam hayotda o wz o'rni va nufuziga ega bo'ladi. Aqlning dalili bu fikrdir. Tarbiya bu jamiyatdagi shaxslarga, ya’ni insonlarga qaratilgan bo’lib, ularni ham jismoniy, ham ruhiy, ham madaniy shakillatiradigan amaliy pedagogik jarayon hisoblanadi. Tarbiyasiz jamiyatni ham insoniyatni ham shakllantirib bo’lmaydi. Chunki odam va jamiyatning mavjudligini ta’minlaydigan qadriyalar tarbiya orqali vujudga keladi. Tarbiyani har bir odam turlicha talqin qiladi. Masalan, kimdir uchun tarbiya o’zini tarbiyali tutish, kattalarga salom berish bo’lsa, kimdir uchun ovqatlanish estetikasi, kiyinish madaniyati tarbiyani aks ettiradi. Tarbiya har bir inson uchun, u na katta va na kichkina yoshli bo’lsin, hamma hamma uchun zarur va muhimdir. Tarbiya rivojlanmagan oiladan tarbiytasiz jamiyat kelib chiqadi, tarbiyasiz jamiyatdan esa tarbiyasiz davlat (ya’ni tarbiyasiz, ma’naviyati past insonlardan tashkil topgan davlat). Bunday davlat esa turg’unlik va inqirozga mahkumdir. Tarbiya bu ta'lim olishga tayanch ham bo'lishi mumkin yoki to'siq ham bo'lishi mumkin. Masalan, agar o'quvchi tarbiyiyali bo'lsa, uning bilim olish imkoniyatlari kengroq bo'ladi. Ya'ni dars davomida mavzuni tinchlikda eshitadi va u yuzasidan ma'lum fikrga ega bo'ladi. Tarbiyasiz bolada esa aksincha, uning tarbiyasizligi( dars davomida gaplashib o'tirishi, boshqa o'quvchilarga halaqot berishi yoki o'qituvchiga nisbatan hurmatsizlik qilishi) uning ta'lim olishiga kuchli ta'sir ko'rsatadi. Bunday o'quvchilarda sekin astalik bilan ham jismoniy, ham aqliy tarbiya darajasi pasayib boraveradi. Dunyoqarash haqida gapiradigan bo’lsak, dunyoqarash bu tabiat, ijtimoiy jamiyat, tafakkur hamda shaxs faoliyati mazmunining rivojlanib borishini belgilab beruvchi dialektik qarashlar va e’tiqodlar tizimidir. Muayyan dunyoqarashga ega bo’lish shaxsda atrof-muhit, ijtimoiy munosabatlar, mehnat faoliyati va ishlab chiqarish SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 3 ǀ ISSUE 3 ǀ 2022 ISSN: 2181-1601 Uzbekistan Download 417.1 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling