Avtoritarizm
|
Авторитаризм
|
Authoritarian
|
buyruq asosidagi talablarga o‘ylamasdan ko‘r-ko‘rona bo‘ysunish.
|
Akseleratsiya
|
Акцелеряция
|
Accretion
|
bolalar va o‘smirlarda oldingi avlodga nisbatan bo‘y nisbati va jinsiy taraqqiyotning tezlanishi, jadallashishi.
|
Andragogika
|
Андрагогика
|
Andragogy
|
kattalar ta’limini tashkil etish masalalari bilan shug‘ullanadi.
|
Asab tizimi
|
Нервная система
|
Nervous System
|
hayvon va odam organizmining barcha funksiyalarini o‘zaro hamda tashqi muhit bilan to‘g‘irlab, uyg‘unlashtirib turuvchi a’zolar tizimi. U organizmning ichki muhitida ro‘y beradigan o‘zgarishlar va tashqi muhit ta’sirida qo‘zg‘alib, turli a’zolarga ta’sir etgan holda ularning faoliyatini kuchaytirib yoki susaytirib turadi.
|
Axloq
|
Нравственност
|
Moral
|
shaxsning jamiyatga va boshqa kishilarga nisbatan burchini belgilab beruvchi me’yorlar tizimi, ma’naviy hulq qoidalari.
|
Bilish
|
Умения
|
Skill
|
psixik aks ettirish jarayoni, bilimlarni egallash va uni o‘zgartirishni ta’minlaydi.
|
Bine – Simon testi
|
Тест Бинэ Симона
|
Test Binet Simon
|
bolalar aqliy rivojlanish usuli. Fransuz psixologlari Bine va Simon tomonidan ishlab chiqilgan. Ular ilk bor eksperimental psixologiyaga asos solishgan.
|
Biografik metod
|
Биографический метод
|
Biographical method
|
odamni uning tarjimai holi bilan bog‘liq bo‘lgan hujjatlar orqali o‘rganish usuli.
|
Birinchi signal tizimi
|
Первая сигналная система
|
First signal system
|
narsa va hodisalarning sezgi a’zolariga bevosita ta’sir etishi natijasida bosh miya yarim sharlari qobig‘ida hosil bo‘ladigan shartli muvaqqat nerv bog‘lanishlari. U sezgi va idrok turlarida namoyon bo‘ladi.
|
Borliq
|
Действителност
|
Activities
|
ob’ektiv olamning ongdan holi bo‘lgan holda mavjudligini bildiruvchi falsafiy tushuncha.
|
Bosh miya
|
Мозг
|
Brain
|
markaziy nerv tizimining old qismi bo‘lib, u bosh miya qobig‘ida joylashgan oliy nerv tizimining moddiy asosi. Bosh miyaning o‘rtacha og‘irligi 1470 g.
|
|