Yoshdagi bolalar shaxsini shakllantirish omillarining pedagogik xususiyatlari


Download 118.5 Kb.
bet1/5
Sana30.04.2023
Hajmi118.5 Kb.
#1413375
  1   2   3   4   5
Bog'liq
OILA MUSTAHKAMLIGI


OILA MUSTAHKAMLIGI YO’LIDA MAKTABGACHA
YOSHDAGI BOLALAR SHAXSINI SHAKLLANTIRISH
OMILLARINING PEDAGOGIK XUSUSIYATLARI


MUNDARIJA:
KIRISH.....................................................................................................................3
I BOB. OILA MUSTAHKAMLIGI MUQADDAS TUSHUNCHA....................5
1.1. Oila haqida tushuncha…………………………………………………………5
1.2. Oila mustahkamligi yo’lida bolalar tarbiyasi…………………….………..…..9
II BOB. SHAXSNI SHAKLLANTIRISHDA PEDAGOGIK OMILLAR.......15
2.1. Maktab muhitida bolalar ta’lim-tarbiyasi.........................................................15
2.2. Bola tarbiyasida pedagogik omillar..................................................................21
XULOSA................................................................................................................31
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YHATI.........................................34


KIRISH
Mavzuning dolzarbligi: Prezidentimiz I.A,Karimov: « Ta’limning yangi modeli jamiyatda mustaqil fikrlovchi erkin shaxsning shakllanishiga olib keladi. O’zining qadr-qimmatini anglaydigan, irodasi baquvvat, iymoni butun, hayotda aniq maqsadga ega bo’lgan insonlarni tarbiyalash imkoniga ega bo’lamiz» deb ta’kidlaganlaridek «Ta’lim to’g’risida» gi Qonun va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» bugungi kunda shaxs tarbiyasiga jiddiy e’tiborni qaratmokda.
Xulq-atvor va odatni shakllantirish - ma’lumki, odam ongining yuksak belgilaridan biri - uning o’zini anglashidir. Odamning o’zini anglashi uz navbatida shaxsning muhim belgisi hisoblanadi. Odam o’z tevarak-atrofidagi olamni biluvchi va shu olamga ta’sir etuvchi sub’ektdir. Odamning idrok etadigan, tasavvur qiladigan narsalari uning uchun ob’ektdir. Ana shu nuktai-nazardan olganda, odamning o’zini anglashi sub’ektiv ravishda o’zini «men» deb xis qilishida ifodalanadi.
Odam ijtimoiy zot bo’lganligidan unga o’zligiii anglash qobiliyati xosdir. Faqat ijtimoiy hayotda, o’zga kishilar bilan qiladigan har turli munosabatlarda odamning o’zini anglashi, o’zini “men” deb bilishi vujudga keladi va taraqqiy etadi. Odam o’zini alohida shaxs sifatida kim deb bilishi, o’zining o’tmishi va kelajagini anglashi, o’z huquq va burchini anglashi va nihoyat o’zining fazilat hamda kamchiliklarini anglashi o’zini anglashiga kiradi.
Insonning tabiatini o’zgartiradigan, uning shaxsini tarkib topishiga ta’sir qiladigan kuch ijtimoiy omillar yoki boshqa qilib aytganda, jamiyat ishlab chiqarish kuchlari xdmda ishlab chiqarish munosabatlarining o’sishi va o’zgarishidir. Bundan tashqari yana inson shaxsining tarkib topishiga ta’sir qiluvchi kuchli omil -inson ortgargan tajribalarning tarbiya vositasi orqali bolalarga berilishidir.
O’zbek oilasida tarbiya mohiyati, mazmuni tarbiyaning kundalik va istiqlol rejasi, bolalarga ta’sir o’tkazish vositasini tanlash va undan unumli foydalanish o’ziga xos xususiyatga ega, chunki uning asosida xalq an’analari yotadi.
O’zbek xalqining etnopsixologii xususiyatlaridan unumli foydalanish har tomonlama taraqqiy etgan inson shaxsini tarkib toptirihda muhim rol o’ynaydi. Abdulla Avloniy aytganidek: « Tarbiya biz uchun yo hayot, yo mamot; yo najot, yo halokat; v saodat - yo falokat masalasidir»
Oila shaxs tarbiyasida muhim o’rin tutadi. Oila - kishilarning nikoh yoki qon-qarindoshlik rishtalari, umumiy turmush tarzi, axloqiy mas’uliyat hamda o’zaro yordamga asoslanuvchi kichik guruhi. “Jamiyat” va “oila” tushimchalari bir-biri bilan chambarchas bog’liq.
Oilaning ijtimoiy maqomi uning jamiyatdagi moslashuvchanlik darajasini belgilaydi

Download 118.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling