Bu sindrom inson maqsadga erishish yo’lini bilgan vaqtda paydo bo’ladi. Mana shunday paytda u orzu qilishni tanlaydi. Misol uchun, “ Ajoyib g’oya tug’ildi. Kelajakda u millionlab daromad keltirishi mumkin. Endi uni amalga oshirish kerak. Bizga buni hayotga tatbiq etish uchun mutaxassislar kerak. Ularni yonlash uchun esa pul kerak.
Ko’pchilik man shu yerda to’xtaydi va orzu qilishda davom etadi. Ba’zi bir odamlargina oxirigacha kurashib, omadga erishadilar.
Ho’sh, nima uchun ko’pchilik odamlar orzu qilishni afzal ko’radilar? Buning sabablari ko’p: kimdir qo’rqadi, kimdurning erinchoqligi tutib qoladi. Yana kimdir esa shunchalik omadga erishishga ishonmaydi. Maqsadga erishish uchun esa barcha to’siqlarni yengib o’tib, oxirigacha kurashish kerak. Negaki buni siz uchun hech kim qilmaydi.
Omadning 5 siri.
Omadga erishishingizda sizni oyog’ingizdan tortadigan holatlarni ko’rib chiqdik. Endi keling o’ylagan maqsadimizga erishishimiz uchun nimalar qilishimiz kerakligini ko’rib chiqamiz.
Oldingizga aniq maqsad qo’ying. Bu maqsad hozirda sizga qiziq bo’lishi, sizni harakat qilishga undashi kerak, orzu qilishga emas. “Men buni o’rganishim kerak, uni o’rganishim kerak” deb o’zingizga kamroq gapiring. Maqsadga erishish uchun aniq reja tuzing.
Re’jalaringizni sir saqlang.
E’tibor berganmisiz? Qanchalik ko’p o’z rejalaringiz haqida atrofdagilarga gapirsangiz, shunchalik ko’p bu re’jalaringizni o’girlab olishadi. Nega shunday? Barchasi shundaki, inson ongida paydo bo’lgan g’oya bu uning o’ziniki, siz g’oyangizni birovlarga aytsangiz bu 100 % sizniki bo’lmay qoladi. Bir odamga aytdingizmi g’oyangizni 10 % ini yo’qotdingiz. U yana 2 kishiga aytdi, siz 30% yo’qotdingiz…
Agarda siz ishlarga ulgurishni istasangiz, barcha halal beradigan narsalarni tashlang va barcha kuch – quvvatni g’oyangizni amalga oshirishga qarating.
Nolish uchun sabab qoldiring.
Ko’pchilik odamlar o’zlarining omadsizliklari haqida eslashni yoqtirishadi: “Men bunga erisha olmadim, o’sha paytda mana bunday qilganimda… “, “Men uni e’tiborini qozona olmadim, o’sha paytda o’zimni boshqacharoq tutganimda… ”, Yana bir bor xatoga yo’l qo’ymaslik uchun bunday xotiralar kerak. Ammo bunday vaziyatlarni doimiy eslab siqilish yuragimizni ezadi va yangi marralarga erishish uchun harakat qilishimizga to’sqinlik qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |