Yoshlar ittifoqi sardori vazifasi: Texnikum guruhlarida boshlang‘ich tashkilot faoliyatining samarali tashkil
etilishini muvofiqlashtirish, guruhlardagi Yoshlar ittifoqi sardorlari faoliyatiga rahbarlik qilish, ularning taklif-tashabbuslarini yoshlar yetakchisiga olib chiqish kabi vazifalarni bajarish va o‘z yo‘nalishi
faoliyatiga sardorlik qilish
“
Ta`lim” yo`nalishi sardori vazifasi: O‘quvchilar o‘rtasida mustaqil olimpiadalar tashkil etish,
shuningdek, ta’lim muassasasida tashkil etilayotgan an’anaviy fan olimpiadalarining targ‘ibotchisi bo‘lish, tengdosh-tengdoshga tamoyili asosida tashviqot ishlarini tashkil etish
“Madaniyat” yo`nalishi sardori vazifasi: Tengdoshlari o‘rtasida madaniy tadbir va tanlovlar tashkil etish, milliy urf-odat, an’ana va qadriyatlarni asrab-avaylashga qaratilgan targ‘ibotlarni amalga oshirish
“
Imkon” yo`nalishi sardori vazifasi: Imkoniyati cheklangan tengdoshlari holidan xabar olish, mehr-saxovatni targ‘ib etishga qaratilgan turli xil aksiya va loyihalar o‘tkazish
“Ekologiya” yo`nalishi sardori vazifasi: Ekologiyani asrash va salomatlikni targ‘ib etishga qaratilgan aksiyalarni tashkil etish, tengdoshlari o‘rtasida atrof-muhit va salomatlikni asrashga oid tanlov va loyihalar o‘tkazish
“
Sport” yo`nalishi sardori vazifasi: Turli sport o‘yinlari va sport festivallari tashkil etish bo‘yicha tashabbuskorlik qilish, milliy xalq o‘yinlarining targ‘iboti bilan shug‘illanish, o‘quvchilar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish
“Matbuot va media” yo`nalishi sardori vazifasi: Texnikum hayoti, boshlang‘ich tashkilot hamda Sardorlar Kengashi faoliyatini yoritib borish, ta’lim muassasasi matbuot xizmati faoliyatini yo‘lga qo‘yish hamda yuritish, bolalar jurnalistikasini ommalashtirish, gazeta, jurnal hamda saytlarda maqolalar chop etish, ta’lim muassasasi burchaklarini tashkil etishda tashabbuslar ko‘rsatish