Yoshlar ittifoqi
“Zukko kitobxon” intellektual o‘yini
Download 340.89 Kb.
|
koonsepsia
- Bu sahifa navigatsiya:
- “ Kamalak” yulduzlari” Respublika bolalar ijodiyoti festivali
“Zukko kitobxon” intellektual o‘yini.Intellektual o‘yin mamlakatimizda yoshlarni Vatanimiz, xalqimiz, milliy qadriyatlarimiz, tarixiy-ma’naviy merosimizga hurmat va sadoqatli qilib tarbiyalash, dunyoqarashi va fikrlash doirasini kengaytirish, ijodiy salohiyatini oshirish, ma’naviy barkamol shaxs bo‘lib voyaga yetishlarida ko‘maklashish, iqtidorli, ijodkor yoshlarni rag‘batlantirish, ularning o‘z aql-zakovatini namoyon etishiga ko‘maklashish, kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishlarini yanada oshirish hamda o‘zbek va jahon adabiyotining sara asarlariga mehr uyg‘otishdan iborat. “Kamalak” yulduzlari” Respublika bolalar ijodiyoti festivaliO‘zbekiston Respublikasida istiqomat qilayotgan millati, dini, ijtimoiy kelib chiqishi va tilidan qat’iy nazar 6 yoshdan 15 yoshgacha (nomzod 15 yoshga to‘lmagan bo‘lishi kerak) bo‘lgan ijodkor bolalar yakka yoki jamoaviy tarzda festivalda ishtirok etadilar. Mazkur festival har yili an’anaviy tarzda o‘tkaziladi Festivalning maqsadi: Iqtidorli bolalarning ijodi hamda tashabbuslarini keng ommaga namoyish qilish, ayniqsa, bolalar orasida targ‘ib etish, yosh havaskor va professional ijodkorlarning faoliyatini rag‘batlantirishdan iborat. O‘ZBEKISTON YOSHLAR ITTIFOQINING FAOL A’ZOLARIGA OLIY TA’LIM MUASSASALARIGA KIRISHDA IMTIYOZLAR BERISH TO‘G‘RISIDA O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini takomillashtirishga doir kompleks chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2017-yil 18-iyuldagi PQ-3138-son qarori ijrosini ta’minlash hamda O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tizimida ko‘p yillik mehnat stajiga ega bo‘lgan fidoyi, tabiiy yetakchilik qobiliyatini namoyon etgan, vatanparvar, yurt kelajagiga daxldorlikni his qiladigan, mehnatsevar va boshqa insoniy fazilatlar egasi bo‘lgan yoshlarni qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Quyidagilar: O‘zbekiston yoshlar ittifoqining faol a’zolariga oliy ta’lim muassasalariga imtiyozli qabul qilish bo‘yicha tavsiyanomalar (keyingi o‘rinlarda tavsiyanomalar deb ataladi) berish tartibi to‘g‘risida nizom 1-ilovaga muvofiq; O‘zbekiston yoshlar ittifoqining faol a’zolarini oliy ta’lim muassasalariga imtiyozli qabul qilish uchun tavsiyanomalar berish masalalarini ko‘rib chiquvchi respublika komissiyasi (keyingi o‘rinlarda respublika komissiyasi deb ataladi) tarkibi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 3. Belgilab qo‘yilsinki: tavsiyanomalar O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tizimidagi sardorlarga, boshlang‘ich tashkilotlardagi yo‘nalish yetakchilariga, ikki yillik mehnat stajiga ega bo‘lgan fidoyi yoshlarga beriladi; tavsiyanomalarga ega bo‘lgan yoshlar O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha davlat komissiyasi qaroriga asosan doimiy yashash joyidagi oliy ta’lim muassasalarining pedagogika ta’lim yo‘nalishlariga tanlovdan tashqari test sinovlarisiz va kasbiy (ijodiy) imtihonlarsiz davlat grantlari asosida qabul qilinadi; tavsiyanomalar Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining bir nafardan (jami 14 nafar) yoshlariga taqdim etiladi; tanlovlarni to‘g‘ri va adolatli o‘tkazishga tegishli tuman (shahar), hududiy hamda respublika komissiyalari mas’uldir. 4. Respublika komissiyasi bir oy muddatda: Respublika komissiya va uning hududiy hamda tuman (shahar) komissiyalarining reglamentini; nomzodlarni baholash tartibini ishlab chiqsin va tasdiqlasin. 5. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 20-iyundagi 393-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2017-y., 25-son, 545-modda) bilan tasdiqlangan Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga talabalarni o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risida nizomga 3-ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin. 6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri I.U. Madjidov, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi Q.Q. Quranbayev zimmasiga va Vazirlar Mahkamasining Ta’lim, ilm-fan va yoshlar siyosati masalalari axborot-tahlil departamentiga yuklansin. Download 340.89 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling