Yoshlar ma'naviyatini yuksaltirish va ularning bo`sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo`yicha 5 ta muhim tashabbus


MUHIM TASHABBUSNI JORIY ETISH YO‘LIDA


Download 133.75 Kb.
bet2/6
Sana27.02.2023
Hajmi133.75 Kb.
#1234673
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Yoshlar ma\'naviyatini yuksaltirish va ularning bo`sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo`yicha 5 ta muhim tashabbus

5 MUHIM TASHABBUSNI JORIY ETISH YO‘LIDA
Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbusni keng joriy etish yo‘nalishida amalga oshirilishi rejalashtirilgan ishlar 

1-tashabbus. Yoshlarning musiqa, rassomlik, adabiyot, teatr va san’atning boshqa turlariga qiziqishlarini oshirish, iste’dodini yuzaga chiqarish bo‘yicha:

Universitet talaba-yoshlarini tajribali professor-o‘qituvchilar tomonidan o‘zbek, sharq va g‘arb adabiyotiga, milliy san’atning turli yo‘nalishlariga keng jalb etish, Universitetda rassomlik, musiqa, xorijiy til va adabiyot to‘garaklarini tashkil qilish, ularning faoliyati uchun to‘garaklar o‘tkaziladigan xonalarni jihozlash va inventarlar bilan ta’minlash.

Ma’rifatli yoshlar – yurt ko‘zgusi” shiori ostida “Talabalar festivali”ni tashkil etish.

Universitetda “Yil talabasi” “Talabalar teatr tudiyasi”,”Quvnoqlar va zukkolar” tanlovlarini o‘tkazish.

Talabalarning iqtidor va qobiliyatlarini yuzaga chiqarish maqsadida “World skils International”tizimi bo‘yicha kasblarning yosh vakillari milliy chempionatini o‘tkazish.

Aktyorlik va boshlovchilik mahoratiga ega talabalardan iborat sharqshunos-talabalarning “Sharq yulduzi” teatr-studiyasi ishini yo‘lga qo‘yish

Qo‘shiq va soz chaluvchi hamda raqsga qiziquvchi talabalardan iborat sharqshunos-talabalarning “Sanduvoch” ansamblini tashkil etish.

Universitetda mutaxassis tayorlanadigan sharq mamlakatlari kesimida har bir mamlakatga tegishli dunyo tan olgan moddiy, madaniy, yozma yodgorliklarga bag‘ishlangan “Sharq durdonalari” festivalini o‘tkazish.

Sharq xalqlarining og‘zaki ijodi, milliy kiyimlari, urf-odatlariga yo‘naltirilgan “Sharq xalqlari folklori” festivalini o‘tkazish.

Talaba-yoshlarda kasbiy etika va nutq odobi ko‘nikmalarini tarbiyalashga yo‘naltirilgan “Men notiqman” ko‘rik-tanlovini o‘tkazish,

Yurtimiz tarixi va milliy qadriyatlarga hurmat tuyg‘ulari bilan yo‘g‘rilgan “Ulug‘lar izidan” mavzuidagi ma’rifiy suhbatlar va shu nomdagi videoroliklar tanlovini o‘tkazish.



Download 133.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling