Yoshlar psixologiyasi
-MAVZU. PSIXOKORREKSION DASTUR TUZILISHIGA QO‘YILADIGAN TALABLAR VA ULARNING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI
Download 0.75 Mb.
|
yangi psixologik konsultatsiya (1)
14-MAVZU. PSIXOKORREKSION DASTUR TUZILISHIGA QO‘YILADIGAN TALABLAR VA ULARNING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI
Reja: Psixokorreksion dasturlar tuzishning asosiy mezonlari. Standartlashtirilgan va erkin korreksion dasturlar. Psixokorreksion dasturlar tuzishga qo‘yiladigan talablar. Mеhnatni ko`p talab etadigan psixologning tuzatish ishi – ota-onalar, o`qituvchilar, tarbiyachilar va bolalar guruhi yoki individual bir bola bilan hamkorlikda olib boriladi. Ishning ana shu turi ancha mеhnat, vaqt, ko`p mеtod va mеtodikalarni qo`llashni talab etsa ham ancha natijali hisoblanadi.Psixokorrеksion dasturlarni tuzishda quyidagi holatlarni hisobga olish zarur: Korrеksion ishning aniq maqsadini bеlgilash. Korrеksion ishning konkrеt maqsadini aniqlovchi vazifalarni aniqlash. Ishning formasini aniqlash (individual, guruhiy yoki aralash). Mеtodika va tеxnikani ishlab chiqish. Korrеksion ishga kеtadigan umumiy vaqtni aniqlash. Uchrashuv kunlarini bеlgilab olish. Vaqtini aniqlash (boshida 10-15 minut, oxirida 1,5-2 soat) Korrеksion dasturni ishlab chiqish va mazmun mohiyatini bеlgilab olish. Korrеksion ishda yaqin qarindoshlarining qatnashuvini bеlgilash. Korrеksion dasturni boshlashda dinamika va o`zgartirishlar bo`lishi yoki bo`lmasligini bеlgilash. Psixologik korreksiya dasturlarini tuzishda kuyidagi asosiy prinsiplarga tayanish zarur: Korreksiya profilaktika va rivojlantiruvchi vazifalarning birligi prinsipi Korreksiya va psixologik diagnostikaning birligi prinsipi Korreksiyaning faoliyatliligi prinsipi Shaxsni yosh psixologik va individual xususiyatlarini inobatga olish prinsipi Psixologik taʼsir ko‘rsatish metodlarining kompleksliligi prinsipi Korreksiyaga mijozning ijtimoiy muhitidagi yaqin kishilarini jalb etish prinsipi Psixik jarayonlarni turli bosqichlariga tayanish prinsipi Taʼlimni dasturlariga tayanish prinsipi Murakkablilikni o‘sishi prinsipi Berilayotgan materialni hajmi va murakkablilik darajasini hisobga olish prinsipi Materialning emotsional og‘irliligi prinsipi. Bu prinsip korreksion ishlarda 3 ta tur yechimidan foydalanish kerakligini taʼkidlaydi, yaʼni 1)korreksion, 2)profilaktik 3)rivojlantiruvchi. Bunda bola shaxsining har tomonlama rivojlanishda bog‘liqlik va notekislik borligini anglatadi. Tushunarliroq aytadigan bo‘lsak har bir bola rivojlanishning har xil bosqichida bo‘ladi, yaʼni: juda yuqori pog‘onada rivojlanish normada, past pog‘ona – yaʼni rivojlanishda psixik qiyinchiliklar borligini anglatadi. Bunda notekis rivojlanish qonuniyati kelib chiqadi. Rivojlanishning orqada qolishi va shaxs rivojlanish qonuniyatining buzilishi hollari bola intellektining rivojlanishining orqada qolishi yoki boshqa qiyinchiliklarini keltirib chiqaradi. Masalan: bilish va o‘rganish motivining rivojlanmasligi sababli bola nutqining rivojlanishi operatsiyasining orqada qolishga olib keladi. Shuning uchun korreksion rivojlantiruvchi programmalarning masala va maqsadini aniqlaganda hozirgi kundagi aktual problemalar bilan chegaralanmay rivojlanishning yaqin prognozlaridan foydalanish ham kerak. Bolaga o‘tkaziladigan har qanday psixologik taʼsir faqatgina orqada qolgan bosqichni korreksiya qilishgagina qaratilgan bo‘lmay orqada qolishini oldini olishga uyg‘un rivojlanishga yo‘l ochishga qaratilgan bo‘lishi lozim. Xulosa qilib aytganda korreksion rivojlantiruvchi dastur 3 ta vazifani bajarishi lozim: • korreksion buzilish va orqada qolishni tuzatish. • profilaktik – buzilish va orqada qolishning oldindan aniqlash. rivojlantiruvchi – rivojlanishda aniq maqsadlilik, optimizm, bo‘shatib borishga qaratilganlik. Shu 3 ta dasturlarning birgalikda olib borishi kutilgan yaxshi natija berishi mumkin. 2.Bu prinsip amaliy psixolog ishida mijozning rivojlanishi va psixologik yordam berishni bir butun deb talqin etadi. 3.Bu prinsipni nazariy talqini bola psixik rivojlanishi haqidagi A.N. Leontyev, D.B.Elkonin mehnatlarida psixik rivojlanishi markazida ko‘rsatilgan. 4.Mijozning psixologik va individual xususiyatlarini hisobga olish prinsipini mijozning psixik va shaxs rivojlanishining normativ taraqqiyotiga ijobiy taʼsir etadi. Shuni alohida taʼkidlash kerakki mijozning xususiyatlarini hisobga olish har bir mijozni konkret, individual xususiyatlari uni o‘z yo‘lini o‘zi belgilashiga yo‘l ochadi. 5.Metodlarning kompleksliligi prinsipi korreksion taʼsir etish programmalarining turli metodlari va texnikalaridan amaliyotchi psixolog foydalanishi lozimligini yaqqol ko‘rsatadi. Ko‘pgina chet elpsixologlari tomonidan tadbiq etilgan metodlar psixoanalizning nazariy negizini ochib beradi. Lekin hech qaysi metodika va texnika shaxsan bir nazariyaga bog‘langan emas. Bu metodlar mijozning muammosini hal etishda yirik qurol bo‘lib xizmat qiladi. 6.Bu prinsipda mijozning psixik taraqqiyotida uning atrofidagilarning roli aniqlanadi. Bolaning yonidagi kattalar bilan aloqasi, birgalikdagi faoliyati, o‘rganilgan hamda uning taraqqiyotiga baho beriladi. Bola tevarak atrofdagilardan ajratilgan holda emas ular bilan birgalikda rivojlanadi. 7.korreksion dasturlar tuzilganda ko‘proq taraqqiy etgan psixik protsesslarga suyanish va ularni aktivlashtiruvchi metodlardan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Insonning taraqqiyoti alohida protsess emas, shuning uchun bolalikdan shakllanishning har xil formalaridagi ko‘rinishini o‘rganishi kerak. 8.Bu prinsipda oldin psixolog ko‘rsatib beruvchi keyin mijoz tomonidan bajariluvchi dastur malaka ko‘nikma hosil bo‘lishida yaxshi samara beradi. 9.Bu prinsipda oldin oddiydan so‘ng qiyinroq bosqichga o‘tish nazarda tutiladi. Bunda mijoz o‘zi bajarayotgan ishdan zavq olishga va korreksion ishga qiziqishni orttirishga yordam beradi. 10.korreksion ishning vaqtida egallash yangisiga o‘tishda qiyinchilik tug‘dirmaydi. 11.Bu prinsipda o‘tkazilayotgan mashg‘ulot, berilayotgan material mijozda ijobiy emotsiyalarni uyg‘otishi kerak. Psixologning korreksion dasturi psixologik ishlangan bo‘lishi kerak. korreksion ishlarning diagnostik tekshiruvi to‘g‘ri amalga oshirilishi kerak. korreksion dasturlarning turlari. korreksion taʼsir etishdan avval aniq korreksion taʼsir etish modelini to‘zish lozim: umumiy, tipovoy, individual. Korreksiyaning umumiy modeli – bu har bir shaxs taraqqiyoti bir butun olingan shartlari tarmog‘idir. U insonning tevarak-atrof uni o‘rab turuvchi dunyo haqidagi farazlarni chuqurroq, haqqoniy, kengroq bo‘lishiga, insonlar haqida ular orasidagi munosabat, jamiyatdagi o‘zgarishlar, ularning faoliyatlari haqida analiz qila olishga, kuzata olishiga sharoit yaratadi. Korreksiyaning bu modelida mijozning sog‘lig‘i mashg‘ulotning vaqti aniq belgilab olinadi. Korreksiyaning tipologik modeli – bu model amaliy harakatlarning tayyorgarligi va o‘tmishdan iborat. Har xil komponentlardan foydalangan holda bosqichma-bosqich o‘tkazilishidir. Korreksiyaning individual formasi – bunda mijozning o‘ziga xos bo‘lgan individual tomonlari hisobga olinadi – uning qiziqishlari, psixik taraqqiyoti, o‘rgana olish qobiliyati, muammo va faoliyatidagi aniq ko‘rinishi aniqlanadi. Standartlashtirilgan va erkin korreksion dasturlar mavjud: 1) Standartlashtirilgan dasturda korreksiyaning har bir bosqichi aniq belgilangan bo‘ladi. Materiallar, talablar qatnashuvchiga qo‘yiladi. korreksion ishni boshlashdan avval psixolog material berilishida mijozning kuchi va idrokini hisobga olgan bo‘lishi kerak. Erkin dastur – bunda psixolog dasturni o‘zi to‘zadi. Maqsad va vazifalarining bosqichlarini, bir bosqichdan ikkinchi bosqichga o‘tishini o‘zi belgilaydi. Markazlashtirilgan taʼsir kompleks psixokorreksion bloklardan o‘tadi. Har bir blok aniq metod va usullardan iborat. Bular: Diagnostik blok Belgilovchi blok korreksion blok korreksion taʼsirning effektivliligini baholovchi blok. Maqsadi: shaxs rivojlanishining alohidalilik diagnostikasi, xavfli faktorlarni aniqlash, psixokorreksion dasturlarning umumiy shakllanishi. Maqsad: o‘ziga bo‘lgan ishonchni uyg‘otish, muloqotga kirishishga qiziqish uyg‘otish, qo‘rquvni kamaytirish psixolog bilan muloqotga kirishini va hayotiga o‘zgarishlar kiritishga xohish uyg‘otish. Maqsad: mijoz taraqqiyotini optimallashtirish va garmonizatsiyalash, salbiy taraqqiyot fazasidan ijobiysiga o‘tish, o‘zi va dunyo bilan hamohang faoliyat o‘rnata olishga o‘rganish. 4) Maqsad: reaksiyalarning dinamikasi va psixologik mazmuniga baho bera olish o‘z-o‘ziga baho berishning stabillashuvi. psixokorreksion dasturlar tuzishga qo‘yiladigan talablar: psixokorreksion dasturlarni tuzishda quyidagi holatlarni hisobga olish zarur: korreksion ishning aniq maqsadini belgilash. korreksion ishning konkret maqsadini aniqlovchi vazifalarni aniqlash. Ishning formasini aniqlash (individual, guruhiy yoki aralash) Metodika va texnikani ishlab chiqish. korreksion ishga ketadigan umumiy vaqtni aniqlash. Uchrashuv kunlarini belgilab olish. Vaqtini aniqlash (boshida 10-15 minut, oxirida 1,5-2 soat) korreksion dasturni ishlab chiqish va mazmun mohiyatini belgilab olish. korreksion ishda yaqin qarindoshlarining qatnashuvini belgilash. korreksion dasturni boshlashda dinamika va o‘zgartirishlar bo‘lishi yoki bo‘lmasligini belgilash. korreksion tadbir so‘ngida korreksion dasturning samaraliligi, maqsad va vazifalarining bajarilganligiga baho beruvchi xulosa hisobot tayyorlanadi. Psixokorreksion tadbirlarning samaraliligini baholash quyidagicha mezonda aniqlanadi:
Psixokorrеksiya samaraliligini aniqlovchi omillar quyidagilardan iborat: Psixokorrеksiyaning samarasi konkrеt mеtod va ta'sir etuvchi xususiyatdan aniqlanadi. Download 0.75 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling