Yoshlar psixologiyasi


Download 0.75 Mb.
bet37/41
Sana20.10.2023
Hajmi0.75 Mb.
#1712153
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   41
Bog'liq
yangi psixologik konsultatsiya (1)

Agressivlikshaxsning tashqi olam, haayvonlar va odamlar bilan munosabati chog’ida namoyon bo’ladigan xarakter xususiyati bo’lib, obyektiv sabablarsiz jazavaga tushish, tajavuzkorlik bilan xarakterlidir.
Amaliy psixologiya – ijtimoiy amaliyotning turli sohalaridagi amaliy vazifalarni hal qilishda foydalaniladigan amaliy bilimlar va texnologiyalar majmuasidir. Amaliy psixologiyaning muhim xususiyati shundaki, u yoki bu vazifalar ularning manfaatlari uchun hal etilayotgan iste’molchi yoki buyurtmachini hamisha ko’rsatish mumkin.
Anglash - psixik mazmunni ongsizlikdan aktiv belgi shakliga ko’chirishdan iborat psixik jarayon bo’lib, bu mazmunni boshqa kishilarga yetkazib berish imkonini beradi.
Anglamaganlik – Z.Freyd ishlatgan atama bo’lib, psixikaning keng tizimini o’zida qamrab oladi. Unga anglanmagan birlamchi mayllar, instinktlar, istaklar, fikrlar kiradi.
Antipatiya – shaxsga nisbatan yaqqol namoyon bo’ladigan salbiy munosabat.
Apatiya – shaxsga xos psixik holat bo’lib, insonning o’z-o’ziga, atrof-muhitga, boshqa odamlarga bo’lgan befarq munosabatidir. Salbiy emotsiyalar ko’payib ketganda yuzaga keladi.
Attraksiya– (lotincha so’z – attrahere –yoqtirish, o’ziga jalb etish) – bu bir insonning boshqa bir insonga ijobiy munosabati asosida yoqishi va yoqtirish, o’zaro mobillikni tushuntiruvchi emotsional hisdir.
Befarqlik – insonlarga nisbatan sovuqqonlik. Obyektga nisbatan salbiy yoki ijobiy reaksiyaning yo’qolishi.
Depressiya – insondagi psixologik bosim holati bo’lib, faolliik, hayotiy tonusning pasayib ketishi, salbiy emotsiyalarning oshib ketishi bilan xarakterlanadi.
Guruhiy psixoterapiya – amaliy psixologiyaning tarmog’i bo’lib, mijozga guruhiy psixologik yordam ko’rsatuvchi psixokorreksion metodikalar jamlanmasi.
Impulsivlik – insonni voqealikka nisbatan juda tez, o’ylamay ko’rsatadigan reaksiyasi.
Individuallik - insonning individ, faoliyat sub’ekti va shaxs sifatidagi betakror xususiyatlari tizimidir. Individuallikning mavjud bo’lishi insonning ta’lim, tarbiya, u bilan faol munosabatidagi individual yondashuvining asosi hisoblanadi. «Har bir kishigacha yetib borish» - bunday yondashuvning idealidir.

Download 0.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling