Yoshlar psixologiyasi
Download 0.75 Mb.
|
yangi psixologik konsultatsiya (1)
a)yig’loqi mijoz
Ushbu toifadagi mijozlarga quyidagi xususiyatlar xos: • Hayotiy muammolarni bartaraf etishga nisbatan ojizlik • Ruhiy zo’riqishlarni yig’lash bilan ifoda etishga moyillik • Muammolari sababining tub mohiyatini anglamay emotsiyalarga beriluvchanlik Tabiiyki, yig’loq mijozlarda mavjud yuqorida sanab o’tilgan kamchililar konsultantga ular bilan ishlashda bir qator qiyinchiliklarnin keltirib chiqaradi. Ko’z yosh konsultatsiya jarayonida muloqotni tashkil etishga halaqit berishi mumkin; Mijoz emotsiyalari natijasida psixolog o’zini aybdordek his qilib qolishi mumkin; Ba’zan esa konsultatsiya oxiriga yetmay qolishi mumkin. shu kabi holatlarni oldini olish uchun psixolog mijozga ortiqcha tasalli berib yubormasligi , shu bilan birga mijoz o’ziga kelib olguncha kutib turishini aytishi lozim. bundan tashqari psixolog yig’I asosan qanday holatda kuzatilayotganiga e’tibor qaratishi mijozga kerakli psixologik yordamni berishda qo’l keladi. b) isterik shaxslar bilan konsultatsiya Isterik shaxslarga xos xususiyatlar insonda ilk bolalik davridan namoyon bo’ladi. bunday xususiyatlarga quyidagilarni kiritish mumkin: • Psixolog ko’z o’ngida yoqimtoy, qiziqarli ko’rinishga intilishga intiluvchanlik • Psixolog-konsultant sifatida qarama qarshi jins vakilini tanlashlik; • Psixolog ko’z o’ngida kuchsiz, qaram inson qiyofasida gavdalanishga urinish; • Atrofdagi insonlarga yoqishni uddasidan chiqac olmagan taqdirda, bor kuchi bilan turli rollarning o’ynashga qodirligi yoxud istalgan niqobni taqishga moyillik; • Psixolog bilan mumoloqatda ham erotik xarakterdagi gaplarni gapirishlik Umuman isterik shaxs bolishning ilk ildizlari ularni bolalikdagi tarbiyaning xatolariga borib taqaladi. Isterik shaxslar go’dak paytida mehr, e’tibor yetishmasligi sabab diqqatni tortish uchun bor kuchlari bilan intilganlar. Ushbu intilish bolalikdagi harhasha, yig’i, baqir-chaqirda o’z aksini topgan. Ularga e’tibor qatilmagani sari bu harhashalar yana ham balandlashgan. Natijada isterik shaxsiga xos xususiyatlar shakllana borgan. Shunday ekan, psixolog isteriklar bilan samarali konsultatsiya olib borishi uchun uzoq vaqt talab etiladi. Download 0.75 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling