Yoshlar psixologiyasi


Kompulsiv mijozlar bilan konsultatsiya


Download 0.75 Mb.
bet17/41
Sana20.10.2023
Hajmi0.75 Mb.
#1712153
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   41
Bog'liq
yangi psixologik konsultatsiya (1)

Kompulsiv mijozlar bilan konsultatsiya

Osonroq aytganda istalmagan fikrlar yoki harakatlardir. Bunday odamlar odatda eshikni qulflagani, chiroqni o’chirgani haqida shubha qiladi, har doim nimanidir tekshirdi, yog’ochni taqillatadi, irimlarga ishonadi, kanalizatsion lyuk qopg’og’ini bosishdan qo’rqadi. Odamlarga yoki xo’jalik buyumlariga teginishdan haddan ziyod qo’rqish holatlari ko’p uchrab turadi. Bunday fikrlar (obsessive) xavotir paydo qiladi, takrorlanaveradi va reallikday qabul qilinishni boshlaydi.


Odamning hayoti qo’rqinchi tushga aylanadi. Masalan, bir patsient tushlik vaqtigacha infeksiyanmaslik uchun 60marta qo’lini yuvishi, lekin baribir qo’rqib ovqatlanmasligi mumkin. Ushbu toifadagi mijozlar o’zlari ixtiyor etmagan holda turli o’y-fikrlarga bog’lanib qolishadi. E’tibor qaratish lozim bo’lgan jihati shuki, ular bu fikrlardan iroda kuchi sarflab mustaqil ravishda qutula olamydilar. Kompulsiv mijozlarni quyidagiga o’xshash holatlar bezovta qiladi:
Nohush tuyg’ularga berilib qolishi natijasida ortiqcha diskomfort kelib chiqadi.
Hech qanday amaliy ehtiyojlarga bog’liq bo’lmagan holdagi vaziyatlarga nisbatan bog’lanib qolish yuzaga keladi;



  1. Nohush fikr hamda xatti-harakatlar natijasida inson organizmida somatic buzilishlar paydo bo’ladi.

Xorijiy psixologlarlardan Nayl kompulsiv shaxslarga xos bo’lgan bir qator xususiyatlarni keltiradi:





  1. Kognitiv rigidlik. Ya’ni kompulsiv mijozlar hayotni real idrok etishda qiyinchilikka duch keladilar shuning uchun ham olam haqidagi qarashlarida dogmatik xarakter mavjud bo’ladi.




  1. Dam olish, xotirjamlikka erisishlari mushkul bo’ladi. har doim o’zlarini ortiqcha zo’riqishlar qurshovida his etadilar;




  1. Doimiy ravishda ish bilan band bo’lishga intilishadi. Chunki bandlik ularga nohush o’y-xayollardan qochish imkonini beradi;




  1. Qaror qabul qilishda ishonch hissi yetishmaydi;




  1. Ko’p holatlarda asosiy voqelikdan yanglishadilar.

Psixolog konsultant shu toifadagi shaxslar bilan ishlayotganda, 2 asosiy jihatga alohida e’tibor qaratishi lozim:



  1. Mijozning kechinmalarini to’liq ifoda etishiga ko’mak berishi;

  2. Psixolog aynan mijoz uchun tajriba sinov vazifasini o’tovchi subyekt bo’lishi talab etiladi.




Download 0.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling