Yoshlar psixologiyasi


Download 0.75 Mb.
bet15/41
Sana20.10.2023
Hajmi0.75 Mb.
#1712153
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   41
Bog'liq
yangi psixologik konsultatsiya (1)

Noverbal

Iliq




Sovuq

Munosabatlar

























Ovoz toni




Muloyim




Qattiq
















Yuz ifodasi




Tabassum,




Xo’mraygan,







qiziquvchanlik




befarqlik, shijoatsizlik
















O’zini

tutish

Tananing

mijozga

O’zini olib qochishlik,

(poza)




(psixologga)
egilganligi,

zo’riqishning







gavdaning

vazmin

mavjudligi







holatda turganli



















Ko’z kontaktlari

Ko’zlarning

to’g’ri

Ko’zni olib qochish







yo’nalganligi
















Imo-ishoralar

Ochiqlik, xayrixohlik

Yopiqlik,













himoyalanish
















Masofa




Uzoq




Yaqin
















Malakali konsultant psixolog shu kabi noverbal signallar orqali patsientning yashirin hissiyotlarini, psixologik maslahat jarayoniga nisbatan reaksiyasini bilib olishi mumkin.


Quyida patsient haqida qo’shimcha ma’lumotlar beruvchi noverbal signallarga qisqacha to’xtalib o’tamiz.


Mijozni qo’lni orqa belga chalishtirib turishi bu uning qat’iy hamda irodali inson ekanidan dalolat beradi. Gavda o’tirgan holda oldinga egilgan bo’lsa, konsultatsiya jarayoniga qiziqishni bildiradi. Oyoqlarni chalishtirib, ustidan qo’lni qo’yib o’tirish patsientning reaksiya tezligi yuqoriligidan, qolaversa, bahslarda biror fikrga ishontirish qiyinligidan xabar beradi. Agar mijoz suhbat jarayonida boshni tik tutsa, unda konsultatsiyaga nisbatan befarqlik munosabati borligini anglash mumkin. Qo’llar ko’krakda chalishtirilgan holda tursa, himoya reaksiyasi, qolaversa, suhbatga nisbatan tanqidiy munosabatdan dalolat beradi. Agar mijoz konsultatsiya jarayonida iyakni siypalasa, bu ayni damda unda xulosa hamda qaror qabul qilish jarayonlari kechayotganini anglatadi. Patsient otirgan o’rindig’ini ko’p bora orqa tomonga egsa, bu tushkun kayfiyat belgisi sifatida tahlil etiladi.


Konsultatsiya jarayonida psixologning o’zi ham verbal hamda novrebal muloqotdan samarali foydalanishi patsientda psixologga nisbatan ishonch hissini oshiradi.


Karl Rodjers gumanistik psixologiyaning vakillaridan mashhuri psixologik yordam ko’rsatish jarayonida psixolog bir qator faoliyatini amalga oshirishga ko’maklashuvchi tafakkur predmetiga ega bo’lishi kerak. Ular quyidagilar:


1.E’tibor qaratish.


O’tmish – hozir - kelajak

Ya’ni psixolog konsultant mijoz muammosi qachonga qaratilganiga e’tibor qaratishi lozim ekan. O’tmishgami, bugungi kungami yoki mijoz kelajakda yuzlashishi mumkin bo’lgan masalalarni o’ylab g’am chekayotganini tahlil qila olishi kerak. Psixologik muammoning qay zamonga qaratilganini aniqlash uni hal qilish jarayonini osonlashtiradi.


1. Strukturalashganlik.


Bunda psixolog konsultatsiya jarayonida barqarorlik hamda o’zaro uyg’unlikka eriasha olishi muhim. Ya’ni psixologik masalahat chog’ida mijoz boshqa mavzularga o’tib ketmasligi hamda psixolog bilan o’zaro uyg’unlikda ish olib borilishini ta’moinlay olishi darkor.





  1. Barqaror ( uyg’unlik)




  1. Refleksivlik (tasdiqlash)

Psixologik maslahatning eng muhim hamda mas’uliyatli shartlaridan sanaladi. Bunda psixolog konsultatnt mijoz muammosini mustaqil anglashi hamda o’zi hal qila olish darajasiga olib chiqa olishiga erishishi talab etiladi.


Psixologik maslahat jarayonining muvaffaqiyati ko’p jihatdan konsulatativ ta’sir etish texnologiyalariga ham bog’liqdir. Psixologning mijoz tomonidan berilayotgan verbal hamda noverbal signallar mohiyatini tahlil qila olishi patsient bilan to’g’ri yondashuv hosil qilinishiga ko’mak beradi. Shunday ekan, amaliy psixologlar doimo o’z ustida ishlashi hmada konsultativ ta’sir texnologiyalarni muntazam o’rganib, amaliyotda qo’llashi maqsadga muvofiqdir.


Nazorat savollari:



  1. Konsultativ ta’sir texnoligiyalarini tadqiq qilgan psixolog olimlar haqida ularning izlanishlari mohiyati haqida so’zlab bering.




  1. Psixologik maslahat jarayonida verbal hamda noverbal ta’sirning roli




  1. Konsultatsiya jarayoniga salbiy ta’sir ko’rsatishi mumkin bo’lgan texnologik xatoliklarni aytib bering.




  1. Karl Rodjersning konsultativ ta’sir texnologiyasida psixolog nimalarga ahamiyat qaratishi lozim deb hisoblagan?




  1. Mijozda kuzatilishi mumkin bo’lgan noverbal signallar ko’rinishi hamda ularning mohiyatini yoritib bering.




  1. Patsient bilan konsultatsiya jarayonida kuzatiladigan verbal signallarga nimalarni kiritish mumkin?




  1. Konsultativ ta’sir texnologiyalari deganda nimani tushunasiz?



Amaliy topshiriq:

Guruhlarga bo’linib, rolli o’yinlar asosida shaxslilik bilan bog’liq psixologik muammolar bilan kelgan mijozlar bilan psixologik maslahatni tashkil eting psixolog konsultantning yutuq hamda kamchiliklarini guruhiy tarzda klaster metodi asosida tahlil eting.


TAVSIYA ETILAYOTGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI



  1. Абрамова, Г.С. Практикум по психологическому консультированию / Г.С. Абрамова. - М.: Академия,

1996.




  1. Allan Pease. Body language. Sheldon press London. 1981.



9-MAVZU. PSIXOLOGIK KONSULTASIYANING MAXSUS MUAMMOLARI
Reja:

  1. Yig’loqi hamda isterik mijoz bilan konsultatsiya o’tkazish texnikalari

  2. Kompulsiv hamda yo’qotishni boshidan kechirgan mijozlar bilan konsultatsiya

  3. Fobiyasi mavjud mijozlarga psixologik yordam ko’rsatish usullari

Tayanch tushunchalar: isterik shaxs, kompulsiv mijoz, fobiya, yig’loqi mijoz, tizimli desensibilizatsiya, sotsiofobiya, ruhiy zo’riqish.
Psixologik maslahat murakkab jarayon bo’lib, psixologdan o’ziga yarashat tajriba, malaka hamda ko’nikmalar talab etadi. Psixolog amaliy faoliyati jarayonida turli tipdagi mijozlar bilan ishlashiga to’g’ri keladi. Psixologik maslahatni samarali tashkil etishda psixolog mijoz tiplari hamda ularning o’ziga xos psixologik xususiyatlarini bilgan holda ish olib borishi ayni muddaodir. Quyida turli tipdagi mijozlar hamda ularning o’ziga xos xususiyatlarini ko’rib chiqamiz.

1.Yig’loqi mijoz bilan konsultatsiya o’tkazish texnikalari

Konsultant- psixolog faoliyatida turli toifadagi mijozlar bilan konsultatsiya olib borishiga to’g’ri keladi. Konsultatsiyaning muvaffaqiyatli kechishida psixoolog patsientning psixologik holatini hisobga olishi hamda shunga muvofiq munosabatda bo’lishi lozim. quyida biz turli toifaga mansub mijozlarning o’ziga xos xususiyatlari


hamda ular bilan konsultatsiya jarayoni samarali bo’lish uchun e’tibor qaratilishi lozim bo’lgan xususiyatlar haqida ma’lumotlar beramiz.



Download 0.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling