Yoshlar psixologiyasi


Mijozga nisbatan xayrixoh va begʼaraz munosabat


Download 0.75 Mb.
bet9/41
Sana20.10.2023
Hajmi0.75 Mb.
#1712153
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   41
Bog'liq
yangi psixologik konsultatsiya (1)

Mijozga nisbatan xayrixoh va begʼaraz munosabat

Mazkur taʼrifda mijoz oʼzini qabul vaqtida erkin va qulay sezishi uchun mutaxassis amalga oshirishi, namoyon etishi zarur boʼlgan kasbiy, professional xulq-atvor xususida soʼz bormoqda. Mijozga xayrixoh munosabatda boʼlish umumqabul qilingan xulq-atvor qoidalariga rioya qilishnigina emas, balki diqqat bilan eshita olish, zaruriy psixologik yordam koʼrsatishni ham nazarda tutadi. Shu bilan birga psixolog maslahat, yordam soʼrab kelgan kishini muhokama qilish emas, tushunish, unga koʼmaklashishga harakat qilishi lozim.




Mijoz qadriyatlari va meʼyorlarini hisobga olish

Ushbu tamoyil psixologning jamiyat tomonidan qabul qilingan emas, balki mijoz tomonidan oʼzlashtirilgan xulq-atvor meʼyorlari, ideallariga, dunyoqarashi, qadriyatlariga eʼtibor qaratishi zarurligini bildiradi. Samarali psixologik taʼsir mutaxassisning mijoz qadriyatlarini hisobga olgan, tushungan vaziyatdagina amalga oshirilishi mumkin; ularga nisbatan tanqidiy munosabat qabulga kelgan kishining oʼzini oʼngʼaysiz sezishiga, “qobigʼi” dan chiqmasligi, ochiq va samimiy boʼlmasligiga, shu tariqa psixologik maslahat jarayoni natijasining barbod etilishiga sabab boʼladi. Qayd etish kerakki, mijoz qadriyatlari kishining risoladagi shaxs sifatida faoliyat yuritishiga xalal berayotgan paytdagina psixolog ularga alohida eʼtibor qaratishi va hurmat bilan munosabatda boʼlgan holda mijozga taʼsir oʼtkazishda foydalanishi mumkin.


Maslahat bermaslik
Mijozlarga (garchi jarayon koʼpincha psixologik maslahat, maslahat deb atalsa-da) maslahat berish tavsiya etilmaydi. Bunga asos va sabablarni doimo yetarlicha topish mumkin. Eng avvalo, psixologning yoshi va hayotiy tajribasi qay darajada boʼlishidan qatʼi nazar, birovlarga natijasi kafolatlangan maslahat berishning iloji yoʼq: har bir insonning hayoti oʼziga xos va uni oldindan bilib boʼlmaydi. Boz ustiga, maslahat berayotib, psixolog barcha masʼuliyatni oʼz zimmasiga olgan boʼlib chiqadi, bu esa mijozning shaxs sifatidagi rivoji va atrofdagi hamda boʼlib oʼtayotgan voqea-hodisalarga nisbatan adekvat munosabatda boʼlishiga toʼsqinlik qiladi. Mazkur vaziyatda psixolog
oʼzini rahnamo sifatida tutadi, bu mijozning oʼz hayotini tahlil qilish va uni oʼzgartirishga intilishidan koʼra, voqea-hodisalarga sust va yuzaki munosabatda boʼlishiga olib keladi. Shu bilan birga maslahatga amal qilingandagi har qanday muvaffaqiyatsizlik odatda psixolog chekiga yoziladi, natijada bu mijozning sodir boʼlayotgan voqealardagi oʼz rolini tushunmasligiga olib keladi.

Download 0.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling