Yoshlar psixologiyasi


-MAVZU. KONSULTATIV YORDAM TAMOYILLARI


Download 0.75 Mb.
bet8/41
Sana20.10.2023
Hajmi0.75 Mb.
#1712153
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   41
Bog'liq
yangi psixologik konsultatsiya (1)

3-MAVZU. KONSULTATIV YORDAM TAMOYILLARI
Reja:



  1. Psixologik maslahatning asosiy maqsadi




  1. Konsultativ yordam tamoyillari tasnifi




  1. Psixologik maslahatda kasbiy-etikaviy tamoyillar



Tayanch tushunchalar: maslahat bermaslik, mahfiylik, psixoterapiya, supervizor, qadriyatlar, beg’araz munosabat, psixologik yordam.
1. Psixologik maslahatning asosiy maqsadi – psixologik yordamni koʼrsatish, yaʼni psixologning kishi bilan suhbati mijoz muammolarini hal qilishi va shaxslararo munosabatlarini bir maromga solishi lozim.
Biroq, bu yordam qanday shaklda, qay koʼrinishda amalga oshirilishi xususidagi savolga javob berish uchun psixolog konsultant faoliyati jarayonida amal qilishi lozim bo’lgan tamoyillarni yaxshi o’zlashtirgan hamda amaliyotda qo’llay olishi muhimdir.

Psixologik maslahat muvaffaqiyati koʼpincha psixolog mijozni qanday eshitganligi va uning oʼz hamda ayni paytdagi holati toʼgʼrisidagi tasavvurlarini qay darajada oʼzgartirganli-giga bogʼliq boʼladi. Kuzatishlarimizga qaraganda, psixolog mutaxassisga yordam uchun murojaat qilayotgan koʼpchilik insonlarning asosiy muammosi shundaki, ular biror kishi bilan oʼzlarini qiynayotgan muammolar borasida ochiqdan-ochiq gaplasha olmaydilar. Shuning uchun psixolog konsultantning uni diqqat bilan eshitishi va tushunishga tayyorligining oʼziyoq kishi uchun katta ahamiyatga ega hamda bu muayyan ijobiy oʼzgarishlarni yuzaga keltiradi. Maslahat jarayonida eʼtibor qaratilishi lozim boʼlgan yana bir muhim holat bor. Bu mijozning unda sodir boʼlayotgan barcha oʼzgarishlar uchun masʼuliyatni oʼz zimmasiga olishidir.


Maslahat jarayonida mijozning shikoyatlari asta-sekin boshqalardan oʼziga qaratilishiga erishish kerak. Buni amalga oshirmasdan turib, boshqa biror muhim natijani oʼylamasa ham boʼladi. Inson atrofida boʼlayotgan voqea-hodisalarda oʼz ishtiroki va aybini his qilgan holdagina vaziyatni oʼzgartirishga harakat qilishi mumkin, aks holda u koʼmakni boshqalardan, chetdan kutib qolaveradi.


Koʼpchilik kasblarning mutaxassislar albatta rioya etishlari shart boʼlgan tamoyil va shartlari mavjud. Misol uchun koʼpchilik mamlakatlarda professional mutaxassislar faoliyatini belgilash
maqsadida psixologning axloqiy kodeksi (Ethical Principles of Psychologists, 1981) amal qilib kelmoqda. Kishilarga psixologik taʼsir koʼrsatish sohasida faoliyat olib boruvchi mutaxassislar uchun bu talablar yanada jiddiy boʼlib, mazkur meʼyorlar amaliyotchi psixologlar zimmasiga anchagina masʼuliyat yuklaydi (Specialitu Guidelines for the Delivery of Services by Counseling Psychologists, 1981). Psixologik amaliyot mobaynida yuzaga kelishi mumkin boʼlgan maʼnaviy va axloqiy muammolar, savollarga doim bir xil qolipda javob berishning imkoni yoʼq. Psixologik maslahat va psixoterapiyaning axloqiy tamoyillari toʼgʼrisida koʼp va xoʼb yozilgan, tom-tom kitoblar nashr qilingan boʼlib, ularda muayyan vaziyatlarda mutaxassis, psixolog oʼzini qanday tutishi lozimligi borasida aniq tavsiyalar keltirilgan. Kasbiy tamoyillar va talablarga rioya qilmaslik ayrim mamlakatlar (masalan АQSh)da psixologning diplomidan ayrilishi, mutaxassis sifatida faoliyat koʼrsatish, psixologik amaliyot bilan shugʼullanish, oʼz xizmatlarini taklif qilish huquqlaridan batamom mahrum boʼlishiga olib keladi.

Download 0.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling