Fandagi yangiliklar, fanni o‘qitishning dolzarb masalalari


Download 64.86 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/4
Sana21.06.2023
Hajmi64.86 Kb.
#1644687
  1   2   3   4
Bog'liq
rO8BozwZy9Je6flWvzMxbWlf4mObTLX7dvU7q7ia



A.AVLONIY NOMIDAGI XALQ TA’LIMI MUAMMOLARINI 
O‘RGANISH VA ISTIQBOLLARINI BELGILASH ILMIY-TADQIQOT 
INSTITUTI 
 
 
 
 
“Uzluksiz kasbiy rivojlantirish – 2022” loyihasi 
 
 
 
Fandagi yangiliklar, fanni o‘qitishning dolzarb masalalari  
moduli bo‘yicha 
 
 

MUSIQA MADANIYATI FANI MASHG‘ULOTLARIDA O‘QUVCHI 
IJODKORLIK QOBILIYATINI RIVOJLANTIRISH

 
 
 
o‘quv kursining
 
Boshlang‘ich sinflarda musiqa madaniyati darslarini to‘g‘ri tashkil etish” 
mavzusidan ma’ruza matni 
 
 
 
 
 
 
 
Ma’ruzasi: Sam.VXTXQTMOM
katta o‘qituvchisi Z.T.Nazarova
Toshkent 2022 
 


1-mavzu: 
Boshlang‘ich sinflarda musiqa madaniyati darslarini to‘g‘ri tashkil 
etish
 
Reja: 
1. 1-sinfda musiqa o‘qitish metodikasi va mazmuni 
2. 2-sinfda musiqa o‘qitish metodikasi va mazmuni 
3. 3-4 sinfda musiqa o‘qitish metodikasi va mazmuni 
1. Birinchi sinf o‘quvchilarining musiqiy xususiyatlari
Birinchi sinf o‘quvchilariga xos xususiyatlar quyidagilar: 
Ovoz to‘liq shakllanmaganlik, organizmining nozikligi; bir xil holatda 
turish, bir xil faoliyat bajarish jarayonida, o‘qituvchining ohangsiz nutqi, 
darslarning bir qolipda o‘tilishidan tez charchab qolishlari; diqqatlarining 
tarqoqligi; aqliy faoliyat jarayonida yo‘naltirilganlik, tizimlilik malakalarining 
yetishmasligi; yorqin xotira erkin diqqatlarining kulami torligi (shuning uchun 
dars jarayonida tez-tez faoliyatlarni o‘zgartirib turish kerak); Aniq va yorqin 
obrazli tasavvurga ega bo‘lishlari; o‘yinga moyillik: eng murakkab materiallar 
ham o‘yin orqali yengil o‘zlashtiriladi. O‘yin o‘quvchilarning tasavvurlari, 
diqqati, xotirasi hamda ijodiy qobiliyatlarini rivojlanishini faollashtiradi. 
Kuzatishlarimizga ko‘ra, birinchi sinf o‘quvchilarining bilimdarajalari bir tekis 
bo‘lmaydi. Ayrim bolalar bemalol musiqani boshidan oxirigacha tinglay oladi
qo‘shiqlarni sof intonatsiyada kuylaydi, ayrim bolalar esa aksincha tignlash va 
to‘g‘ri kuylash haqida tasavvurga ham ega bo‘lmaydilar. Ayrim bolalar maktabga 
kelgunlariga qadar, musiqa to‘garaklariga qatnashgan va maktabgacha ta’lim 
muassasalarida musiqiy tarbiya olgan bo‘ladilar. Ayrim bolalar musiqiy muhitda 
tarbiyalangan bo‘lsalar, ba’zilari umuman musiqadan bexabar bo‘ladilar. SHu 
nuqtai nazardan qaraydigan bo‘lsak, birinchi sinf o‘quvchilari har xil 
xususiyatlarga ega bo‘ladilar. Shunga qaramay, biz ularning ayrim umumiy 
qiyofalarini sanab o‘tamiz: 
1. Musiqani idrok etish borasida ular qo‘shiq, marsh va raqs janrlarini 
idrok eta oladilar. Birinchi sinf o‘quvchilari tinglaydigankuy va qo‘shiqlar hajmi 
jihatidan kichik va yorqin bo‘lmog‘i hamda tinglashdan avval o‘qituvchi uning 


ifodaviyligi, musiqiy obrazlari, ma’no va mazmuni haqida tushunchalar berishi 
kerak. 
2. Kuylash borasida, birinchi sinf o‘quvchilari avvalgi ( maktabgacha 
bo‘lgan davrga) musiqiy tayyorgarliklariga bog‘liq. Tayyorgarligi bo‘lmagan 
bolalarning ovoz diapazoni 2-3 tovushdan, tayyorgarligi bor bolalarda bir 
oktavagacha ovoz diapazoni rivojlangan bo‘lishi mumkin. O‘qituvchi kuylash 
jarayonida bolalarning ovoz apparati to‘liq shakllanmagan, nozik, ovoz paychalari 
ingichka bo‘ladi. SHuning uchun kuylashda baqirmasdan yumshok ovozda 
kuylash kerak. Bu davrda bolalalarning (7 yoshli) ovoz diapazoni re-lya birinchi 
oktavagacha bo‘lgan tovushlarni qamrab boradi. Lekin dars jarayonida bu 
diapazon ayrim hollarda birinchi oktavaning si va ikkinchi oktavaning do va re 
tovushlarigacha ko‘tarilishi mumkin. Biroq o‘quvchilar birinchi oktava do tovushi 
va undan quyiroq tovushlarni kuylay olmaydilar. CHunki ularning ovozlari 
tabiatdan jarangdor va yorqindir. 
3. Ijodiy yondashish borasida birinchi sinf o‘quvchilarining imkoniyatlari 
kengdir. Ular bemalol har xil ijodiy topshiriqlarni bajara oladilar. Ular biror 
so‘zga melodik va ritmik badihalar qilishlari mumkin. Ular musiqiy cholg‘u 
asboblarida yoki sahnaviy ko‘rinishlarda, tanish bo‘lgan qo‘shiqlarni harakatlar 
va pantomimalar bilan ko‘rsatib bera oladilar. 

Download 64.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling