Fandagi yangiliklar, fanni o‘qitishning dolzarb masalalari
-sinfda musiqa o‘qitish metodikasi va mazmuni
Download 64.86 Kb. Pdf ko'rish
|
rO8BozwZy9Je6flWvzMxbWlf4mObTLX7dvU7q7ia
2.2-sinfda musiqa o‘qitish metodikasi va mazmuni
Ikkinchi sinf o‘quvchilarining psixologik-fiziologik, musiqiylik xususiyatlari 1-2-sinf o‘quvchilarining ko‘pgina umumiy jihatlari - idroki, fantaziyasi, xotirasi, qiziqishlari bo‘lishiga qaramay, ular o‘rtasida sezilarli farq bor. Birinchidan, 2-sinf o‘quvchisi 1-sinf o‘quvchisiga nisbatan, darsda o‘zini qanday tutish, dars tartib-intizomi, kun tartibiga moslashganlik jihatidan ancha tajribaliroq bo‘ladi. 2-sinf o‘quvchisida iroda yetarlicha shakllangan bulmasada, 1-sinf o‘quvchilariga nisbatan ular birmuncha qiyinchiliklarni yenga oladi. 2-sinf o‘quvchisi o‘qish va yozish malakalarini egallagan bo‘ladi. Bu esa o‘z navbatida musiqiy bilimlarni ham kulamini kengaytirishga yordam beradi. Bularning barchasi o‘quvchilarning ijodiy rivojlanishi ularning 1-sinfda olgan bilimlariga asoslanadi. Tashkillashtirilgan, maqsadga yo‘naltirilgan, qiziqarli darslar o‘quvchilarni birgalikda musiqa tinglashga, o‘z taassurotlari bilan o‘rtoqlashishga, jamoa bo‘lib kuylashga, bir-birini tinglashga urgatgan buldai. Odatda 2-sinf o‘quvchilari xuddi 1-sinf o‘quvchilaridek, o‘ta qiziquvchan bo‘lmaydilar. Biroq, o‘qituvchi ularning qiziqishlarini O‘qish jarayonida o‘qituvchi darsdagi vazifalarni osondan murakkabga, kuyidan yuqoriga qarab olib borishi kerak. Boshlang‘ich sinflardagi musiqa darslari umumiy ta’lim maktablarida o‘quvchilarga badiiy ta’lim va estetik tarbiya berish tizimining ajralmas bir qismi hisoblanadi. Birinchi va ikkinichi sinflarning orasida unchalik farq bo‘lmasada, lekin ikkinchi sinf bolalari tajribali o‘quvchi, maktab koidalariga ko‘nikma hosil bo‘lgan, diqqati mustahkamlashgan o‘quvchi hisoblanadi. Musiqa madaniyat darslarida dars faoliyatlarini tez-tez almashtirib turish, ularni musiqaga qiziqishlarini yanada oshiradi. Ikkinchi sinfda ovoz apparatining nozikligi, mo‘rtligi va ovoz pardalari to‘la shakllanmaganligi sababli ovozlari (nosoz) faltset ko‘rinishida yangraydi. Ovoz diapazoni do1-re2 gacha bo‘ladi. o‘quvchilarda birinchi sinfda olgan bilimlari ikkinchi sinfda yanada mustahkamlanib, chuqurlashib boradi. Ular marsh musiqalari, tantanavor xarakterdagi musiqalar haqida ta’savurga ega bo‘lib, bu musiqalarni janri, turlari haqida bilimga ega bo‘ladilar. SHu tarzda qo‘shiq va raqs janri ham o‘rgatiladi. 2-sinf bolalari ovoz apparatining fizilogik xususiyatlari, ya’ni nozikligi, mo‘rtligi ovoz pardalarining to‘la shakllanmaganligi bilan ham birinchi sinf bolalaridan kam farq qiladilar. 2-sinf o‘quvchilarining musiqiy qobiliyatlarining rivojlanishi birinchi sinfda berilgan darslaring sifat va mohiyatiga bog‘liq. 1- sinfda o‘quvchilar bilan o‘tilgan samarali, qiziqarli tashkillashtirilgan darslar o‘quvchilarda musiqa tinglash, qo‘shiq haqida o‘zinig taassurotlarini ifodalash, xor jamoasi bilan qo‘shiq kuylash malakalarini oshiradi. Musiqa tinglash musiqa faoliyatining yetakchi turi hisoblanadi. Zeroki, darsda qo‘llanadigan barcha musiqa materiallari asosan eshitib o‘zlashtirish orqali amaliy faoliyat (kuylash, chalish, raqsga tushish, qadam tashlash)ga kuchadi. Xususan bolalar musiqaning uch asosiy janri (Qo‘shiq, marsh va raqs) ni: har bir janrning o‘ziga xos turlanishi, uch janrning yirik asarlarida mujassamlashuvi va ularing qo‘shiqona, raqsona va marshona xarakterga ega bo‘lishini bilib oladilar. Mazkur janrlar vositasida musiqa nima haqida «So‘zlashi» va uni qanday ifodalashini anglaydilar. Bu mavzular asosida olingan bilim va ko‘nikmalar esa to‘rt chorakda umumlashadi . Musiqa pedagogikasi sohasidagi mutaxassislar tajribalari ikkinchi sinf o‘quvchilarini psixologik fizilogik hamda musiqiy malakalariga musiqaga bo‘lgan qiziqishlariga asoslanib ularni musiqa darslariga qatnashishiga tayyor ekanliklarini ko‘rsatadi. Bu yoshdagi o‘quvchilar musiqa sa’nati bilan birinchi sinfda, oilada, radio va televidenie orqali beriladigan eshitirishlar, ko‘rsatuvlar orqali tanish bo‘ladilar. Darsda bolalarning quvnoq kuy va qo‘shiqlarni tinglash, kuylash raqs elementlarini bajarish hamda chapak va cholg‘u asboblarini chalish ishtiyoqlari oshib boradi. Chunki bu yoshdagi bolalarning diqqatlari hali uncha turg‘un bo‘lmaydi, ular ko‘proq serharakat va o‘yinga moyil bo‘ladilar. Bunga esa darsdagi musiqa faoliyatini turlarini maqsadga muvofiq almashib turishi yordam beradi. SHu bilan birga musiqa haqida yangi tushunchalar paydo bo‘lib musiqani ongli o‘rganishga qiziqish kuchayib boradi. Buning natijasida kuylashda va boshqa amaliy faoliyatlarni bajarishda faollik ifodalilik xususiyatlari namoyon bo‘ladi. Ammo bu yoshda bolalar ko‘proq shirin so‘zga moyil bo‘ladilar. SHunga ko‘ra, bolalarni musiqa madaniyati darslariga tobora qiziqtirishga, butun dars davomida quvnoq qayfiyatni saqlashga erishish lozim. 1-sinfda kullanilgan musiqa o‘qitish metodikasi 2-sinfda ham deyarli o‘zgarmaydi. Bu davrda musiqaga qiziqish va muhabbat o‘yg‘otish, musiqiy qobiliyatlarni rivojlantirish davom etadi. Barcha bilim, ko‘nikma va malakalar chuqurlashtiriladi. SHuningdek, musiqani to‘laqonli idrok etish, uning estetik kechinmalar va sifatli ijro nuqtai-nazaridan mukammal bo‘lishi ta’minlanadi. Ikkinchi sinf o‘quvchilari psixologik fiziologik xarakterga ko‘ra birinchi sinfga o‘xshash bo‘ladi. 2-sinf o‘quvchilari o‘z diqqat e’tiborini o‘zoq vaqt bir narsaga qaratib turolmaydilar, juda tez charchab qoladilar. SHuning uchun ham musiqa madaniyati darslarida musiqiy ijroga ahamiyat berib borish chapak chalish, qadam tashlash kabi xilma-xil harakatlardan foydalanish zarur. Ayniqsa, bolalar musiqiy cholg‘u asboblari (Doyra, bubenga, rumba) da jo‘r bo‘lish va ritmik raqs harakatlarini bajarish bolalarni faollashtiradi va dars qiziqarli mazmunli o‘tadi. 2-sinfda bolalar musiqaning xarakteri, obrazlar orqali olgan bilimlari nisbiy bo‘lib, keyingi sinflarda aniq tushunchalarga aylanadi. Musiqiy faoliyatlarning birinchi turlariga doir vazifalar ish mazmunini tashkil etadi. Mazkur faoliyatlar qo‘shiq kuylash, musiqa tinglash, musiqa savodi, raqs elementlarini bajarish, qadam tashlash musiqa madaniyatini tarkib toptirishda muhim rol o‘ynaydi. 2-sinfda qo‘shiq kuylash-jamoa faoliyati sifatida o‘quvchilarni bevosita ishtiroki bilan amalga oshiriladi. Qo‘shiq kuylash murakkab psixologik va fiziologik jarayondir. Bunda bosh miyadagi asab xujayralari faol qatnashadi, o‘quvchilarda ijobiy his-tuyg‘ularni faollashini ta’minlaydi, ko‘krak qismi tovush hosil kiluvchi azolarni artikulyatsiya va nafas organlarini faollashtiradi, hamda o‘quvchilarni samaralikuylashga sharoit yaratadi. 2-sinfda o‘quvchilarni ovoz diapazonini kengaytirishga alohida e’tibor berish lozim. Qo‘shiqlarni o‘quvchilarni musiqiy qobiliyati, o‘quvi, xotirasi, talaffuziga ahamiyat berib tanlash maqsadga muvofiqdir. Dars samaradorligini oshirishda dars mazmuni bilan bo‘lgan ko‘rgazmali qurollar, musiqa obrazlarini ifodal vchi badiiy suratlar, texnika vositalari, didaktik o‘yinlardan foydalanish yaxshi natija beradi. Bu yoshdagi o‘quvchilarni ovozi o‘zlariga xos juda mayin va yoqimli tembrga ega bo‘ladi. O‘tirib va turib kuylaganda gavdani to‘g‘ri tutish, nafasni so‘z o‘rtasida olmaslik uchun rejaga solish, unli va undosh tovushlarni to‘g‘ri talaffuz qilish, sof intonatsiya ustida muntazam ish olib borish lozim. Ovoz sozlashni prima tovushlardan (mi1,fa1, sol1) boshlab, yelkani ko‘tarmasdan nafas olishga ahamiyat berish, qo‘shiq kuylash samaradorligini oshiradi 2-sinf o‘quvchilarining psixologik, fiziologik va musiqiylik xususiyatlarini rivojlantirishda darsning har bir faoliyati bir-biri bilan o‘zlik bog‘liq holda olib borilishi lozim. Darsning chorak, yil mavzulari bir-biri bilan izchil bog‘lanib bir- birini to‘ldirish kerak. Download 64.86 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling