Fandagi yangiliklar, fanni o‘qitishning dolzarb masalalari


 3-4-sinfda musiqa o‘qitish metodikasi va mazmuni


Download 64.86 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/4
Sana21.06.2023
Hajmi64.86 Kb.
#1644687
1   2   3   4
Bog'liq
rO8BozwZy9Je6flWvzMxbWlf4mObTLX7dvU7q7ia

3. 3-4-sinfda musiqa o‘qitish metodikasi va mazmuni 
3-4 sinf o‘quvchilarining psixologik, musiqiy xususiyatlari 
3-4-sinf o‘quvchilari o‘zlarining pedagogik-psixologik xarakteriga ko‘ra 
quyi sinflardan ancha farq qiladilar. Ularning diqqat-e’tibori turg‘un, xotirasi 
kuchli, nutqi ravon, hayotiy tajribasi ko‘lami ancha keng, fanlarga qiziqishlari 
yuqori bo‘ladi. Jiddiy bo‘lgan masalalar ustida fikrlash, hajm jihatidan kattaroq 
bo‘lgan musiqani hal etishga, izlanish, mustaqil mushohada etishga qodir 
bo‘ladilar. Bu yoshdagi bolalarda bosh miya anotomik tuzilishining yanada 
faolroq shakllanishi kuzatiladi. O‘qish uning funktsiyalari rivojlanishiga kuchli 
omil sifatida ta’sir qiladi. Jumladan, predmet-obrazli tafakkurdan sekin-asta 
mavhum, izohli-mantiqiy tafakkur sari o‘tish uchun sharoit tug‘iladi. Lekin, 
baribir o‘qituvchi yosh o‘quvchi hamma narsadan o‘zining shaxsiy hissiy 
tajribasiga, xususiy taassurotlariga, bilimlariga, hayotga yaqinrok tayanch 
izlashini unutmaslik kerak. Shu sababdan, bolaning fikrini narsalar va 
hodisalarning qonuniyatli tarzda bog‘liqligini idrok etishga yo‘naltirish 
maqsadida bevosita ta’sir qiladigan ob’ektlarni tanlish juda muhimdir. 
Bu yoshdagi o‘quvchilarda, ular uchun qiziqarli bo‘lmagan ishdan hali 
charchaydi, bevosita ta’sir jozibasi bo‘lmagan materialga diqqat qilishi kiyin 
bo‘ladi. Bu holni hisobga olgan holda butun ta’limni birgina qiziqish asosida
yoqib qolganligi vajidagina olib borib bo‘lmaydi. O‘quvchilar o‘qishning jiddiy 
iroda kuchini talab qiladigan mehnat ekanligini qanchalik tez tushunib olsalar va 
his etsalar, ularda diqqat-e’tiborning barqarorligi, o‘quv faoliyatida harakatlarni 
yo‘naltirishi va erkin tarzda uyushtirish qobiliyati shunchalik erta paydo bo‘ladi.


Bola kuzatuvchanligi haqida gapiradigan bo‘lsak, bu sinflardagi bolalar 
allaqachon ixtiyoriy diqqatga ega bo‘lgan bo‘ladilar. Ixtiyoriy diqqat yoki 
diqqatni u yo bu masalaga maqsadli yo‘naltirish – bu yoshdagi o‘quvchilarning 
muhim yutuqlaridandir. Xuddi boshqa psixologik jarayonlar kabi bolalar 
emotsiyasining umumiy xususiyatlari ham o‘zgarib boradi. Bu davrda bolalarda 
jamoachilikka intilish, jamoa ichida o‘zini bemalol tuta olish malakalari paydo 
bo‘la boshlaydi. 
3-4-sinf 
o‘quvchilarida ovoz apparatlari shakllangan, vokal-xor 
malakalariga ega, musiqa haqida bilimga ega bo‘ladilar. Ovoz apparati 
mexanizmi tuzilishi murakkablashadi. Xiqildoqda muhim paylardan – ovoz 
paylari rivojlana boshlaydi. Bu yoshdagi bolalarning ovozi ancha kuchli va 
jarangdor eshitiladi. Ovoz tarangligi kuchayadi va qo‘shiqchilik ovozi shakllana 
boshlaydi. Muayyan tembrdagi ohangning paydo bo‘lishi o‘g‘il bolalar ovozining 
diskant va altga bo‘linishiga sabab bo‘ladi. Diskantlar o‘zining yengilligi, 
jarangdorligi, yorqinligi bilan ajralib tursa, altlar esa o‘zining kuchsizligi, xiraligi, 
jarangsizligi bilan ajralib turadi. SHuning uchun bu yoshda o‘quvchilarda ko‘p 
ovozli kuylash malakalari rivojlantirish uchun qulay davr hisoblanadi.
Rus pedagoglari I.Ponamorev, A.Karasev, N.Kovin, D.Zarin, A.Maslovlar 
o‘zlarining ilmiy izlanishlarida ovoz yo‘nalishlari parallel tovushlarda yozilgan 
ikki ovozli qo‘shiqlarni kuylash maqsadga muvofiq deb hisoblaganlar. Z.Koday 
ham bu haqida shunday degan: "Ko‘povozlik nafaqat polifonik eshituvni 
rivojlantiradi, balki bir ovozli kuylashda ham muhim o‘rin egallaydi". SHuni 
e’tiborga olish kerakki, sof intonatsiya bilan kuylash uchun avvalam bor, musiqiy 
asarni tinglay olish kerak. 
3-4-sinf o‘quvchilarining musiqa tinglash malakalarini 
rivojlantirish metodlari 
Musiqa idroki - musiqa mazmunini eshita bilim va hissiy kechinmalari 
asosida o‘zlashtirishdir. musiqiy idrok - murakkab psixologik jarayon bo‘lib, uning 
asosida real borlikning obrazlar orqali musiqiy tovushlarda aks etishini eshita olish 
va undan ta’sirlanish qobiliyati yotadi. Idrok masalalari, xususan, musiqa 


vositasida uni rivojlantirish muammolari bilan ish olib borgan musiqashunoslar, 
psixologlar, pedagog olimlarning izlanishlari asosini tashkil etadi. 
Musiqashunos B.Yavorskiy "musiqani idrok qilish asosida fikrlash, 
musiqani «ma’noga ega nutq" sifatida qabul qilish malakasi yotadi", - deb 
ta’kidlaydi. O‘quvchilarda musiqiy idrokni rivojlantirishda ularda musiqiy hissiy 
ta’sirchanlik, qiziqishni o‘stirish, musiqiy ijodiy qobiliyatlar, didni 
rivojlantirishga qaratilgan ko‘nikma va malaka shakllantirish talab etiladi. 
O‘quvchilarda, ayniqsa, 3-4-sinflarda, musiqa idrokini rivojlantirish murakkab 
vazifadir. O‘quvchi musiqani butunligicha umumiy xarakter, kayfiyat sifatida 
idrok etadi. 
Ular "g‘amgin-quvnoq", "chaqqon-sekin", "pastu-baland", marsh, qo‘shiq, 
raqs kabi kontrast obrazlarni yengil farqlaydilar, ammo shu bilan bir qatorda 
asarni doimo ham boshidan oxirigacha xayollarini buzmasdan tinglay olmaydilar. 
Ko‘pincha, asarning boshlang‘ich taktlarinigina tinglab, davomini eshitmaydilar. 
SHuning uchun asarni boshidan oxirigacha tinglash va idrok etishga o‘rgatish 
o‘qituvchining asosiy vazifalaridan biridir. "Musiqada har daqiqada o‘zgarish 
sodir bo‘ladi, tovushlar qaytariladi, o‘zgaradi, tovushlar turli kayfiyatlarni 
birlashtiradi", degan fikrni bolalarga yaxshilab tushuntirish kerak. Bunda musiqa 
ifoda vositalarining bolalar tomonidan o‘zlashtirilishi katta yordam beradi: 
asarning qanday yangrayotganligi, bu kayfiyat qanday vositalar orqali berilgan? - 
degan savollarga javob berish uchun, o‘quvchilar kuyning harakati, harakteri, 
ritmik ko‘rinishi, tempi, dinamikasiga, keyinchalik ladiga ham quloq tutishlari 
lozim. 3-4-sinflarda o‘quvchilar asosan xalq musiqasining ommaviy janrlariga 
kiruvchi ko‘plab asarlarni yakkanavoz, cholg‘u dastalari va orkestr, xor jamoasi 
ijrosidagi variantlarda tinglaydilar. 

Download 64.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling