Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini qoʻllab-quvvatlash toʻgʻrisida


Download 22.33 Kb.
bet1/14
Sana16.11.2021
Hajmi22.33 Kb.
#175094
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
Yoshlarga oid davlat siyosati


Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini qoʻllab-quvvatlash toʻgʻrisida

05.07.2017



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 

FARMONI

 

Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini qoʻllab-quvvatlash toʻgʻrisida 

 

Mustaqillik yillarida mamlakatimizda yoshlarni vatanparvarlik, milliy an’ana va qadriyatlarimizga hurmat ruhida tarbiyalash, ma’naviy yetuk va jismonan sogʻlom barkamol avlodni voyaga yetkazish, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish borasida muayyan ishlar amalga oshirildi.



 

Shu bilan birga, sohadagi vaziyat va amalga oshirilgan tadbirlar tahlili yoshlarning keng qatlamlariga daхldor boʻlgan dolzarb masalalar, ayniqsa uyushmagan yoshlarning hayotda oʻz oʻrnini topishi uchun munosib sharoit yaratish, har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, kasbga yoʻnaltirish va bandligini ta’minlash, tashabbuslarini ragʻbatlantirish borasidagi ishlar talab darajasida tashkil etilmaganligidan dalolat bermoqda.

 

Joylarda, avvalambor chekka hududlarda istiqomat qilayotgan koʻp sonli yoshlarning oʻz iqtidor va iste’dodini roʻyobga chiqarishlari, tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanishlari uchun keng sharoitlar yaratish, ularni turli zararli illat va yot gʻoyalar ta’siridan himoya qilish, yoshlar oʻrtasida huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish kabi muhim vazifalarni hal etishda “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Oʻzbekiston yoshlarini buyuk maqsadlar sari birlashtiradigan va safarbar etadigan ommaviy harakatga aylana olmaganligini hayotni oʻzi koʻrsatmoqda.



 

Shu sababli, mazkur sohadagi faoliyatni tubdan takomillashtirish maqsadida qabul qilingan Oʻzbekiston Respublikasining “Yoshlarga oid davlat siyosati toʻgʻrisida”gi Qonuni bugungi davr talablariga mos ravishda har tomonlama barkamol, mustaqil fiklaydigan, mamlakatimiz istiqboli uchun mas’uliyatni oʻz zimmasiga olishga qodir, tashabbuskor, хalq manfaati yoʻlida bor salohiyatini safarbar qiladigan, shijoatli yoshlarni tarbiyalash, ularni intellektual va ijodiy salohiyatini roʻyobga chiqarish uchun mustahkam huquqiy poydevor yaratdi.

 

2017-2021 yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasi demokratik davlat qurish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish borasidagi islohotlarda yoshlar faolligini oshirish bilan bogʻliq bir qator yangi va muhim vazifalarni belgilab berganligini alohida qayd etish joiz.



 

Yoshlarga oid davlat siyosatini izchil va samarali amalga oshirish, yoshlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish tizimini tubdan isloh etish maqsadida hamda bu borada keng jamoatchilik, avvalo yoshlar vakillarining taklif va mulohazalarini e’tiborga olgan holda:

 

1. Oʻzbekiston “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakatining 2017 yil 30 iyun kuni boʻlib oʻtgan IV qurultoyi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi tashkil etilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.



 

2. Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi tashkil topgan kun – 30 iyun sanasi – mamlakatimizda “Yoshlar kuni” deb e’lon qilinsin.

 

3. Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatining ustuvor yoʻnalishlari sifatida quyidagilar belgilansin:



 


Download 22.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling