Yoshlarning innovatsion g’oya va start-ap loyihalari tanlovi va qo’llab-quvvatlash dasturida ishtirok etish uchun ariza shakli


Download 36.59 Kb.
Sana10.08.2020
Hajmi36.59 Kb.
#125852
Bog'liq
2 5258235908242539025


Yoshlarning innovatsion g’oya va start-ap

loyihalari tanlovi va qo’llab-quvvatlash dasturida ishtirok etish uchun

ARIZA SHAKLI

O’zbek tilida

Ushbu shaklning asosiy vazifalaridan biri - Sizga yaxshi, sifatli va mulohazali innovatsion g’oya va start-ap loyiha tayyorlashga yordam berishdir.

Agar Siz o'z startap g'oyangizni tasvirlashda biror bir narsani tushunmasangiz yoki Sizda savollar paydo bo‘lsa – bizga qo‘ng‘iroq qiling yoki yozma murojaat qiling. Biz har doim Sizga yordam berishga tayyormiz. Omad!

Bizning aloqa ma’lumotlarimiz:

Mas’ul xodim: Usmon Rahimjanov

e-mail: u.rahimjanov@chamber.uz

tel.: (+998 71) 150-12-61



«Jamoa» bo‘limi 

Bu bo‘limda biz Sizga investorning nuqtai nazarida jamoa qanday bo‘lishi kerakligini tushunishga yordam beramiz va loyiha jamoasi bilan tanishishib olamiz.



Jamoasi yetakchisining ismi va sharifi

Tug‘ilgan kuni va yili

E-mail manzili

Bog'lanish uchun telefon raqami (kodi bilan)

Uy manzili


O‘qish joyi 

- Toshkent shaxridagi xalqaro Vestminster universiteti

- Toshkent davlat agrar universiteti

Va hokazo (ja’mi 78 OO’M)

- Talabgorni javobi ­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­_______________________


Oliy o‘quv yurtidagi o’quv yo’lanishi va o’qish bosqichini ko‘rsating 

Ish joyi

Tashkilot nomini ko’rsating



  • Yakka tartibdagi tadbirkor

  • Xizmat ko’rsatadigan yoki ishlab chiqarish bilan shug’ullanadigan xususiy korxona

  • Fermer yoki dehqon xo’jaligi

  • Frilanser

  • Mustaqil izlanuvchi

  • Talabgorni javobi ­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­_______________________

Faoliyat sohangizni ko’rsating

Loyiha jamoasi a’zolari ta’rifi 

Loyihaning har bir ishtirokchisi (muassislari) uchun quyidagilarni keltiring: Ismi sharifi, yoshi, oliy o‘quv yurti va mutaxassisligi/ ish joyi, shaxsiy e-mail, telefon raqami va loyihada bajaradigan vazifalari (loyihaning har bir ishtirokchisining vazifasi nimadan iborat).



«Loyiha» bo‘limi

Qisqacha qilib loyihaning mohiyatini ochib bering. Loyihaning mohiyatini bir necha gaplarda shakllantirishga harakat qiling.



Loyihaning nomi va qisqacha ta’rifi (ko‘pi bilan 300 belgi)

Loyiha texnologiyasining yo'nalishi

Loyihani qaysi yo'nalishda yaratmoqchiligingiz yoki yaratayotganligingizni ko'rsating. Quyidagi javoblardan birini yoki bir-nechtasini belgilang.



      1. Davlat xizmatlari va korxonalarni avtovatlashtirish (ERM/ERP);

      2. Energiyatejamkorlik va energiyani saqlash;

      3. Avtonom va robotlashtirilgan tizimlar;

      4. Big data / Katta ma’lumotlarni tahlillash;

      5. Sun’iy intellect / mashina o’rganishi;

      6. E-commerce / M-commerce;

      7. Fintech / moliya xizmatlari;

      8. Blokcheyn / tarqoq reyestr tizimalari;

      9. Kiberhavfsizlik;

      10. Virtual va to’ldirilgan reallik;

      11. Media, ko’ngilochar va o’yin hizmatlari;

      12. Qo’shma iste’mol / foydalanish;

      13. Buyumlar interneti (aqlli yechimlar);

      14. Boshqa (iltimos, ko’rsating): __________________________

Texnologiyani qo’llash soha va tarmoqlari

Loyiha doirasida yaratilayotgan texnologiyani qaysi soha va tarmoqlarda qo’llashni rejalashtirayotganingizni ko’rsating. Bir yoki bir-necha javob turlarini tanlang.


      1. Qishloq ho’jaligi

      2. Qurilish va uy-joy kommunal xizmatlari

      3. Transport va logistika xizmatlari

      4. Tibbiyot va biotexnologiyalar

      5. Turizm va mehmondorchilik xizmatlari

      6. Tekstil va yengil sanoat

      7. Neftgaz va kimyo texnologiyalari va materiallari

      8. Tog’-kon mettalurgiyasi texnologiyalari

      9. Mashinasozlik va yangi texnologiyalar

      10. Restoran va oziq-ovqat sanoati

      11. Ijtimo’iy texnologiyalar (ekologiya, sport, ta’lim)

      12. Boshqa (iltimos, korsating): __________________________




Loyihaning biznes modeli

Endi esa loyihangiz kimga moʽjallanganligi, qanday sxema asosida ish yuritishi haqida ma’lumot bering. Bir yoki bir nechta variantlarni belgilang.

1. “Business to Business” (B2B) – loyiha xoʽjalik yurituvchi sub’yektlarga moʽljallangan, yakuniy, oddiy iste’molchi (jismoniy shaxs) ga emas

2. “Business to Сonsumer” (B2C) – loyiha yakuniy, oddiy iste’molchi (jismoniy shaxs) ga moʽljallangan

3. “Consumer to Consumer” (C2C) – yakuniy iste’molchining yakuniy iste’molchi bilan oʽzaro hamkorlik qilishiga moʽljallangan xizmat

4. “Business to Business to Consumer” (B2B2C) – ushbu model yakuniy iste’molchilar ishlatadigan mahsulotni yaratish uchun kompaniyalarning bir-biri bilan hamkorlik qilishi natijasida B2B va B2C modellarini birlashtiradi

5. “Business to Government” (B2G) – davlat tuzilmalari uchun xizmatlarni yaratuvchi kompaniyalar

6. “Government to Business” (G2B) va “Government to Citizens” (G2C) – kompaniyalar (xoʽjalik yurituvchi sub’yektlar) va yakuniy iste’molchi (fuqarolar) uchun xizmatlarni yaratuvchi davlat tuzilmasi

Boshqa (iltimos, koʽrsating)


Sizning loyihangizning mohiyati va innovatsionligi nimada?

Ko‘pi bilan 500 belgi.



Sizning loyihangiz yechadigan muammoning mohiyati nimada?

Sizning loyihangiz iste’molchilar uchun yechib beradigan muammoning mohiyatini yoriting. Nima uchun iste’molchi Sizga pul toʽlashi lozim (yoki toʽlamoqda)?



Loyihangizning istiqboldagi iste’molchilari kimlar?

Loyihangizning maqsadli iste’molchilarini tasvirlab bering, va loyihangiz taklif qiladigan mahsulot yoki hizmatdan mijozlaringiz aynan qanday foydalanadilar?



Sizning loyihangiz hozirda rivojlanishning qaysi bosqichida?

Loyihani rivojlantirish uchun nima ishlar amalga oshirilgan: Sizda loyihaning faqat g‘oyasigina bormi yoki iste’molchilar allaqachon to‘lashga tayyor bo‘lgan va sotishni boshlasa bo‘ladigan eng kichik ishchi modeli (MVP) yaratilganmi?

- Menda faqat loyihaning g‘oyasi bor holos

- Loyiha prototip bosqichida

- MVP tayyor, birinchi sotuvlarni amalga oshirsa bo‘ladi

- Boshqa (iltimos, koʽrsating)



Loyihaning web-sayti, videoroliki yoki ijtimoiy tarmoqdagi sahifasiga havolani qo’shing

Loyiha qanday amalga oshiriladi, uni amalga oshirish mexanizmi, buning uchun jamoa a’zolari kerakli bilim va ko’nikmalarga egami?

Loyihani qanday amalga oshirishingizni tariflab bering, tayyor mahsulot yoki xizmat qanday ko’rinishda bo’ladi, va buni bajarish uchun qanday bilim va ko’nikmalarga egasiz? (Ko‘pi bilan 500 belgi)



Nima amalga oshirib boʽlingan va nima ishlayapti?

Hozirda nima ishlar amalga oshirilishi lozim va nima ishlar bajarilganligi toʽgʽrisida ma’lumot bering. (Ko‘pi bilan 500 belgi)



Sizning loyihangizning xizmati yoki mahsulotiga talabni o‘rganganmisiz?

Foydalanuvchilar bilan qandaydir shaklda ishni boshladingizmi, sizda birinchi sotuvlar bormi?



Loyihangizning hozirgi bosqichida talab bor-yo‘qligi tasdiqlanganmi?

- Yo‘q, faqatgina faraz bor xolos, talab tekshirilmagan

- Ha, talab sinovdan oʽtkazilgan, ammo sotuv hali amalga oshirilmagan

- Ha, sotuv amalga oshirilgan

- Boshqa (iltimos, koʽrsating)


«Raqobatchilar» bo‘limi

Ushbu bo‘limda biz bozorda Sizning bevosita va bilvosita raqobatchilaringizni aniqlashga harakat qilamiz.

Sizning loyihangiz mavjud emas deb tasavvur qiling. Yuqorida keltirib o‘tilgan muammoni Sizning ko’zlangan foydalanuvchilaringiz hozirda qaysi usullar bilan yechishmoqda yoki hal qilishlari mumkin? (Bir nechta gaplar bilan bayon qilishga harakat qiling, ko‘pi bilan 500 belgi)


Sizning raqobatchilaringiz kim, izohlab bering

Endi bir nechta bevosita raqobatchilaringizni batafsil tasvirlab bering. Bu iste’molchi muammolarini Siznikiga oʽxshash usul bilan hal qilayotgan kompaniyalardir.



Har bir raqobatchida Siz qanday kuchli jihatlarni ko‘ryapsiz?

Ikkita asosiy kuchli jihatlarini izohlab bering.



Raqobatchilaringizning kamchiliklari va zaif tomonlari nimada?

Raqobatchilaringizning ikkita asosiy kamchiliklari va zaif tomonlarini izohlab bering



Sizning raqobatchilardan koʽra afzalliklaringiz nimada?

Loyihangizning raqobatchilar oldida ajralib turadigan bir nechta eng asosiy afzalliklarini keltirib oʽting.



Bilvosita raqobatchilaringiz toʽgʽrisida ma’lumot bering

Bilvosita raqobatchilar - foydalanuvchining ma’lum bir ehtiyojini qondiradigan Sizniki kabi mahsulotlar yoki muammo yechimlarini taklif qiladilar, ammo buni o‘zgacha usul bilan amalga oshiradilar. Bunda eng keng tarqalgan variantlarni izohlab berishingiz lozim.



«Moliyalashtirish va bozor» boʽlimi

Bu boʽlimda biz Sizning daromad koʽrish (monetizatsiyalash) ning qaysi modellaridan foydalanishingiz, mablagʽni hisoblashingiz hamda loyihaning qaysi koʽrsatgichlarini kuzatib borishingizni aniqlaymiz.



Daromad toppish (monetizatsiyalash) modelini tanlang

Siz foydalanishni rejalashtirayotgan bir yoki bir necha modellarni tanlang. Qanday daromad topish modellari mavjud ekanligini va Sizga mos keladigan modelni tushunish va toʽgʽri tanlash uchun quyidagi havolada keltirilgan bir-necha misollarga qarang: goo.gl/4rkyE8

- Reklama

- Obuna


- Freemium

- Lead yaratish

- Tranzaktsiya (xizmat uchun toʽlov)

- Savdodan tushadigan komissiya

- Litsenziyalar savdosi

- Boshqa (iltimos, koʽrsating)



O’zingizning daromad topish modeli uslubingizni tasvirlab bering

Qaysi uslub bilan siz daromad olmoqchisiz va Sizga kim to’laydi?



Siz yuqorida belgilagan modelni sinovdan oʽtkazishingiz uchun nima yetmayapti?

Agar Siz sinovni hali boshlamagan boʽlsangiz, unda asosiy sabablarni izohlab bering.



Hozirda loyihani kim moliyalashtirmoqda?

Loyiha va loyiha jamoasi hozirda nimani hisobidan moliyalashtirilmoqda? Agar bu asoschilarning shaxsiy mablagʽidan yoki birinchi savdolardan amalga oshirilayotgan boʽlsa, shunday deb bayon eting. Agar bu qandaydir grantlar, sarmoyalar, subsidiyalar yoki kreditlar evaziga boʽlsa, aynan qaysilari ekanligini izohlab bering.



Maqsadli segmentning nomini koʽrsating

Bunda loyiha bilan oʽzaro munosabatda boʽladigan maqsadli iste’molchilarning barcha segmentlarini ajratib koʽrsatish lozim. Segmentlarni toʽgʽri belgilashni tushunish uchun bir nechta namunalarnin koʽrib chiqing.



Namuna: Mama-market – Bolalar tovarlari va maktabgacha yoshdagi bolalar uchun xizmatlar savdo rastasi.

  • Bolalar tovarlarini onlayn tarzda sotib oluvchi farzand kutayotgan oilalar.

  • Bolalar tovarlarini onlayn tarzda sotib oluvchi, katta shaharda bola bilan vaqtni maroqli oʽtkazishni istaydigan 6 yoshgacha boʽlgan farzandlari bor ota-onalar.

  • Oʽz dugonalarining tugʽilgan farzandlari uchun tovarlarni sovgʽa qilish istagidagi 25 yoshdan 35 yoshgacha boʽlgan qizlar.

  • Milliy va import ishlab chiqaruvchilarning bolalar uchun tovarlarini Internet orqali sotadigan yuridik shaxslar.

  • 6 yoshgacha boʽlgan bolalar bilan ishlaydigan bolalar klublari va markazlari.

Mazkur segmentda qancha iste’molchi bor?

Bunda oʽxshash yechimlar uchun hozirda toʽlayotgan yoki toʽlashga tayyor boʽlganlarni keltirib oʽtishingiz lozim. Hisoblash uchun asos boʽladigan statistikani yoki tadqiqot ma’lumotlarini topishga harakat qiling. Hozir esa ushbu segmentdagi istiqbolli iste’molchilar sonini keltiring.



Baholash nimaga asoslangan?

Ushbu segmentdagi istiqbolli iste’molchilar soni nimaga asoslanganligini izohlab bering. Oʽz tahminlaringiz mantigʽini ta’riflab bering. Bu raqamni qayerdan olganligingizni bayon eting. Birlamchi ma’lumotlarni qayerdan olganligingiz, nimani nimaga koʽpaytirganligiz yoki boʽlganligingiz, qanday tahmin yoki gipoteza qilganligingiz toʽgʽrisida qisqacha hisob-kitob qilib bering.



Iste’molchi mahsulot yoki xizmat uchun qancha toʽlashga tayyor (yoki toʽlaydi)?

Sizning mahsulot yoki xizmatingiz uchun iste’molchi bir oyda oʽrtacha qancha toʽlaydi yoki toʽlashga tayyorligini bayon eting. Agar Siz mahsulot yoki xizmat yaratuvchi kompaniya boʽlmasangiz, aksincha vositachi sifatida ish yuritayotgan boʽlsangiz, unda faqat oladigan komissiya miqdorini belgilashingiz kerak.



Baholash nimaga asoslangan?

Oʽz tahlillaringizni mantigʽini ta’riflab bering.



Bozorning qancha ulushini egallashni rejalashtirmoqdasiz?

Ma’lumotlarni foizda koʽrsating.



Fikringizni asoslab bering

Qaysi asoslarga tayanib Siz oʽz mahsulotingizni bozorda aniq bir foizdagi ulushini egallashiga qodir deb hisoblaysiz?



Siz loyiha va biznesingizni miqyosini qay yoʽsinda kengaytirishni rejalashtirmoqdasiz?

Bir nechta jumla bilan bayon qilishga harakat qiling.



Biznes miqyosini kengaytirishni boshlash uchun nima yetishmayapty?

Kengaytirishni boshlash uchun nima yetishmayotganini sanab oʽting. Buni qay formatda bajarish lozimligini tushunish uchun bir nechta namunalarni ushbu havola orqali bilib olishingiz mumkin: goo.gl/YA7Nn9



Foydalanuvchilar (iste’molchilar)ni qay tarzda jalb qilmoqchisiz?

Umumiy gaplarni yozmasdan, aniq kanallarni keltirib oʽtishingiz lozim. Masalan, “Internet-targʽiboti” deb koʽrsatishning oʽzigina kifoya qilmaydi, ushbu jumlani bir nechta kanalga boʽlib bayon etish toʽgʽri boʽladi: kontekstli reklama, bannerli, ijtimoiy tarmoqlardagi maqsadli reklamalar, SEO, kontent-marketing va hokazo.



«Dasturda qatnashishdan maqsad» boʽlimi

Ushbu boʽlimda biz Sizning loyihangiz rivojlanishi uchun qanday qilib koʽmaklashishimiz mumkinligini koʽrib chiqamiz.



«Startap tashabbuslari» dasturidan Siz qanday koʽmak olishni istaysiz?

Qanday qilib Sizga koʽmaklashishimiz mumkinligi toʽgʽrisida qisqacha izoh bering, koʽpi bilan 300 belgi.



Dasturda qatnashishdan Siz kutalayotgan natijalar

Oʽzingiz kutayotgan natijalarni bayon eting, koʽpi bilan 500 belgi.



URA! Siz ariza shaklini toʽldirishni deyarli yakunladingiz.

Bitta yakuniy qadam qoldi xolos.



«Startap tashabbuslari» tanlovi va qoʽllab-quvvatlash dasturi toʽgʽrisida Siz qayerdan bildingiz?

  • Tanlov va qoʽllab-quvvatlash dasturi tashkilotchilarining rasmiy sayti orqali

  • OTM ning rasmiy sayti orqali

  • «Startap tashabbuslari» tanlovi va qoʽllab-quvvatlash dasturining Facebook ijtimoiy tarmogʽidagi sahifasi orqali

  • OAV orqali

  • Doʽstlar orqali

  • Reklama peshtahta orqali

  • Boshqa (iltimos, koʽrsating)

Ma’lumotni tasdiqlash

  • Men arizada koʽrsatilgan ma’lumotlarni tanlov va qoʽllab-quvvatlash dasturi komissiyasi tomonidan qayta ishlanishiga roziman.

Download 36.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling