Yoshlarning ma’naviy-axloqiy kompetentligini rivojlantirish komponentlari
Download 0.68 Mb.
|
малака иши
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3-rasm. Oliy ta’lim muassasalari talabalari ma’naviy-axloqiy kompetentligini rivojlantirishning mantiqiy-tuzilmaviy modeli.
Ta’lim metodlaridan foydalanish. O‘tkazilgan ilmiy-tadqiqot ishlari tahlillariga tayangan holda oliy ta’lim muassasalari talaba-yoshlarida ma’naviy-axloqiy sifatlarni rivojlantirish bosqichlarini quyidagi ko‘rinishda izohlash lozim topildi (2-rasmga qarang).
2-rasm. Yoshlarda ma’naviy-axloqiy kompetentligini rivojlantirish bosqichlari Yoshlarda ma’naviy-axloqiy kompetentligini rivojlantirish o‘ziga xos bosqichlarda amalga oshirilishi maqsadga muvofiq. Bunda, avvalo, ma’naviy-axloqiy tarbiyaning maqsad hamda vazifalarini to‘g‘ri yo‘lga qo‘ya bilish, ish mazmunini aniqlash, maqsadga erishish uchun tizimli yondashuvni tashkil etish zarur . Ma’naviy-axloqiy tarbiyaning maqsadi quyidagicha belgilandi: ta’lim muassasalarida izchillik asosida olib boriladigan ta’lim-tarbiya natijasida ma’naviy-axloqiy sifatlarga ega bo‘lgan kasbiy kompetentli mutaxassis tayyorlash. Yoshlarning ma’naviy-axloqiy kompetentligini rivojlantirishda quyidagi vazifalar nazarda tutiladi: 3-rasm. Oliy ta’lim muassasalari talabalari ma’naviy-axloqiy kompetentligini rivojlantirishning mantiqiy-tuzilmaviy modeli. – uzluksiz ta’lim-tarbiyaning har bir bo‘g‘inida ma’naviy-axloqiy tarbiya maqsadiga erishish yo‘llarini izlab topish; – ta’lim-tarbiya jarayonida turli ta’sir vositalari orqali yoshlarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalash; – ma’naviy-axloqiy tarbiyada shaxsga yo‘naltirilgan metod va vositalar, zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish; – yoshlarning ma’naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalanganlik darajasini aniqlash maqsadida anketa so‘rovlarini o‘tkazib, natijalarini qayd etib borish; – ma’naviy-axloqiy sifatlarga ega bo‘lgan, yoshlarni kompetentli ijtimoiy faol mutaxassis sifatida tayyorlashga erishish. Ijtimoiy-pedagogik faoliyatni, yoshlarda tashabbuskorlikni, faollikni tashkil etish uchun ta’lim muassasalarida o‘qitiladigan tarbiyaga xos fanlarni o‘qitish jarayonida shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim-tarbiya texnologiyalari hamda hamkorlik ta’limini amalga oshirish muhim sanaladi. Mazkur ta’lim-tarbiya texnologiyalari orqali talaba shaxsini ijtimoiylashtirishga erishish imkoniyati yaratiladi. Xulosa. Demak, yoshlarda aynan ijtimoiy munosabatlarga kirishish uchun lozim bo‘lgan ma’naviy-axloqiy kategoriyalar, normalar, qadriyatlar tizimi haqida bilim hosil qilish hamda ulardan amaliy faoliyatda foydalanish ko‘nikmalari takomillashtirilishi muhim o‘rin tutadi. Bu o‘rinda o‘qitiladigan tarbiyaga oid fanlarda ijtimoiy ongni shakllantirish metodlari (suhbat, bahs-munozara, muammoli ta’lim)dan unumli foydalanish maqsadga muvofiq. Ta’lim muassasalari talaba-yoshllarida ma’naviy-axloqiy tarbiyaviy sifatlarning rivojlanganligini baholash namunali, yaxshi, qoniqarli mezonlar orqali aniqlab boriladi. Past ko‘rsatkich aniqlansa, korreksiyalash ishlari amalga oshiriladi, buning uchun yoshlar bilan individual-psixologik ishlar olib boriladi hamda natijaga erishish uchun harakat qilinadi. Bu esa, o‘z navbatida, ta’lim muassasalari yoshlari ma’naviy-axloqiy kompetentligini rivojlantirishning mantiqiy-tuzilmaviy modelini yaratishga imkon beradi (3-rasm). Bunday zamonaviy ta’lim modeli yoshlarni kasbiy faoliyatga tayyorlashda ma’naviy-axloqiy kompetensiyaviy yondashuv asosida ta’lim-tarbiya jarayonini amalga oshirish muhim hisoblanadi. Chunki yoshlarda zarur kompetensiyalarni shakllantirish uchun, avvalo, pedagogning o‘zida kompenentlilik rivojlangan bo‘lishi lozim. Tayanch kompetensiyalar – inson kim va qanday kasb egasi bo‘lishidan qat’iy nazar, shaxs hayotida, kasbiy faoliyatida, ijtimoiy munosabatlarda muvaffaqiyatli bo‘lishi uchun egallashi lozim bo‘lgan layoqatlar, qobiliyatlar va hayotiy ko‘nikma va malakalar majmuyidan iborat. Bunda har bir shaxs kommunikativ bo‘lishi, axborot bilan ishlay olishi, shaxs sifatida o‘zini rivojlantirishi, ijtimoiy faol fuqaro bo‘lishi, umummadaniy xislatlarga ega va fan-texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lishi nazarda tutiladi. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Mirziyoyev Sh.M. Milliy taraqqiyot yo‘limizni qat’iyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga ko‘taramiz (1-jild). – Toshkent: O‘zbekiston, 2017. – 592 b. 2. Mirziyoyev Sh.M. Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta’minlash yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi. – Toshkent: O‘zbekiston, 2017. – 48 b. 3. Mirziyoyev Sh.M. Erkin va farovon, demokratik O‘zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. – Toshkent: O‘zbekiston, 2016. – 56 b. 4. Mirziyoyev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va oliyjanob xalqimiz bilan birga quramiz. – Toshkent: O‘zbekiston, 2017. – 488 b. 5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 14-avgustdagi “Yoshlarni ma’naviy-axloqiy va jismoniy barkamol etib tarbiyalash, ularga ta’lim-tarbiya berish tizimini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3907 qarori // https://lex.uz/docs/-3864155. 6. Farsaxonova D.R. Pedagogika oliy ta’lim muassasalari talabalarini ma’naviy-axloqiy tarbiyalash metodikasi // Ta’lim, fan va innovatsiya. 2019, – №1. – B. 77-81. 7. Azarov Yu.P. Tarbiyaviy ishlar metodikasi. – Toshkent: O‘qituvchi, 1991. – 67 b. 8. Azimova N.E. Bo‘lajak kasb ta’limi o‘qituvchisini ma’naviy-axloqiy tarbiyalash texnologiyasi (Pedagogik yo‘nalishdagi fanlarni o‘qitish misolida). Ped. fan. fal. dokt. (PhD). … dis. – Toshkent, 2012. – 178 b. 9. Ismoilova Z.Q. Ma’naviy-axloqiy tarbiyaning nazariy va eksperimental-metodik asoslari (Milliy istiqlol g‘oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar). Ped. fan. dokt. …dis. avtoref. – Toshkent: O‘zPFITI, 2006. – 46 b. 10. Musurmonova O. Yuqori sinf o‘quvchilari ma’naviy madaniyatini shakllantirishning pedagogik asoslari: Ped. fan. dokt. …dis. – Toshkent, 1993. – 364 b. 11. Olimov Sh.Sh. Kasb-hunar kollejlari o‘quvchilarini ma’naviy-axloqiy tarbiyalash nazariyasi va amaliyoti. Ped. fan. dokt. …dis. – Buxoro, 2012. – 286 b. 12. Quronov M. Milliy tarbiya. – Toshkent: Ma’naviyat, 2007. – 240 b. 13. Karabayevna I. Z., Riskulova K., Ubaydullayevich A. M., Turaevna I. Y., & Ravshanovna P. N. (2020). The role of electronic pedagogical tools in higher education. Journal of Critical Reviews. Innovare Academics Sciences Pvt. Ltd. // https://doi.org/10.31838/jcr.07.05.80 14. Ismailova Z. & Ergashev B. (2019). New information and communication technologies in education system. In E3S Web of Conferences (Vol.135). EDP Sciences // https://doi.org/10.1051/e3sconf/201913504077 15. Karabayevna Z. & Raximovich B. (2019). The use of innovation technologies in the formation of students’ professional competences. International Journal of Engineering and Advanced Technology, 9(1), 6898–6902 // https://doi.org/10.35940/ijeat.A2996.109119 16. Karabayevna Z., Musurmanova A. & Xamroyevich R. (2019). Improving the competence of future vocational education teachers based on modular-rating education. International Journal of Engineering and Advanced Technology, 9(1), 6903–6906 // https://doi.org/10.35940/ijeat.A2997.109119 17. Ismailova Z. va boshqalar. Pedagogika. – Toshkent: Chinor fayzi baland, 2021. – 334 bet. Download 0.68 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling